Axborot va murabbiylik soatlari dekan o’rinbosari tomonidan o’tildi
21.04.2022 2022-04-21 15:43Axborot va murabbiylik soatlari dekan o’rinbosari tomonidan o’tildi

Axborot va murabbiylik soatlari dekan o’rinbosari tomonidan o’tildi
30.12.2021 yil sanasida Pediatriya fakulteti yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari M.M. Yuldasheva va tyutor N.S.Xodjaevlar tomonidan 231, 232-guruh talabalari ishtirokida “Ikkinchi Renessans hodisasining yirik namoyandasi Sharafiddin Ali Yazdiyning hayoti va faoliyati” mavzusida Аxborot va murabbiylik soati o’tkazildi.
Unda talabalarga ijarada turadigan uylarini toza-ozoda tutish kerakligi, odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari, bugungi kunda ommalashib borayotgan 1XBET o’yinining yomon oqibatlarga olib kelishi haqida aytib o’tildi va ogohlantirildi, har bir talabaning telefoni tekshirildi.
9-dekabr- O’zbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari orasida “Yoshlar korrupsiyaga qarshi” konkurs e’lon qilinganligi aytildi.
Konkurs:
1) Videoroliklar tanlovi
2) Maqolalar tanlovi
3) Rasmlar tanlovi
4) Insholar tanlovi
5) Fleshmob kabi yo’nalishlarida olib boriladi. Konkurs g’oliblariga mukofot borligi ta’kidlab aytildi va talabalarga bu borada topshiriqlar berildi.


