Madaniy-ma’rifiy faoliyat Talabalar hayoti

«Bir million daraxt » акциясиda talaba yoshlarimizning jonbozligi tahsinga loyiqdir

культура28

«Bir million daraxt » акциясиda talaba yoshlarimizning jonbozligi tahsinga loyiqdir

Tabiatni muhofaza qilish bugungi kunning eng dolzarb muammolardan biriga aylandi. Fan-texnika taraqqiyoti, turli demografik jarayonlar, global iqlim oʻzgarishi kabi bir qator ekologik muammolar bugun jahon hamjamiyatini asosli ravishda tashvishga solmoqda.

Bu borada mamlakatimizda ham keng koʻlamdagi islohotlar amalga oshirilib, yerosti va yer usti boyliklari, oʻsimlik va hayvonot dunyosi Konstitutsiyamizning alohida bandi, shuningdek bir qator tegishli qonunlar bilan davlat muhofazasiga olinib, ulardan oqilona foydalanish, asrab-avaylab kelgusi avlodlarga ham yetkazish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Mavjud daraxtzorlarning kamayib borishi hamda iqlim oʻzgarishi oqibatlariga qarshi kurashish, odamlarni ixtiyoriy ravishda ommaviy birlashtirish orqali qulay atrof-muhitni yaratish, Oʻzbekistonda daraxtlarni saqlash, tiklash hamda koʻpaytirish muammolariga jamoatchilikning eʼtiborini qaratish ushbu aksiyaning asosiy maqsadi qilib olindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish bo‘yicha “Dolzarb 40 kunlik” e’lon qilingan edi.  

Loyiha doirasida viloyatimizning barcha hududlarida daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ishlari jadal sur’atlarda tashkil etildi.

2021 yilning 26-noyabr kuni Abu Ali ibn Sino  nomidagi favvoralar maydonida Buxoro davlat tibbiyot instituti Pediatriya fakultetining  3-bosqich talabalari viloyat Yoshlar bilan ishlash agentligi raisi ishtirokida  “Yuksalish” umummilliy harakati daraxtlar sonini oshirishga qaratilgan bu kabi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlagan holda Buxoro shahrida “Bir million daraxt” aksiyasini davom ettirish maqsadida  koʻchat o’tqazdilar va  O’zbekistonda daraxtlar sonini oshirishga qaratilgan bu kabi faollik va yashil tashabbuslarni, turli tashkilotlarning yurtimizda yashillikni kengaytirish va saqlab qolish, obod atrof-muhitni shakllantirish borasidagi hissalarini qo’llab-quvvatladilar.