Madaniy-ma’rifiy faoliyat Madaniy-ma’rifiy tadbirlar

“Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida mahallalarda targ‘ibot tadbirlari

культура11

“Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida mahallalarda targ‘ibot tadbirlari

Yurtimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning davlatimiz siyosati darajasiga ko‘tarilgani bejiz emas. Chunki Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir”. Yangi O‘zbekistonni barpo etishda esa bu borada bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot hamda ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyatga tayanamiz. Davlatimiz rahbari har doim loqaydlik va beparvolik eng katta xavf ekanini, bugun uchrayotgan ijtimoiy muammolarni kamaytirish uchun nuroniylar tarbiyasi, jamoatchilik nazorati yetishmayotganini, shuningdek, mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratib, ma’naviy-ma’rifiy ishlardagi uzviylikni ayni joylarda boshlash zarurligini qayd etadilar.

Ma’naviyat – ko‘zgu, shu haqiqatni chuqur anglasakkina, atrofimizdagilarga singdira olsakkina, davlatimiz rahbari ta’kidlagan vazifalarni bajarishga sidqidildan yondashgan bo‘lamiz.

11.11.2021 yil sanasida Buxoro davlat tibbiyot instituti Pediatriya fakulteti dekani D.N.Achilova, yoshlar masalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini M.M.Yuldasheva, o’quv ishlari bo‘yicha dekan muovini hamda tyutor  N.S.Xadjayevlar “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida mahallalarda targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish maqsadida  Buxoro shahrida joylashgan “Furqat” mahallasiga tashrif  buyurdilar va ularga  biriktiriladigan ziyoli professor o’qituvchilar bilan qanday ish tashkil qilish, ularga qanday ko‘mak berish, ulardan qanday yordam olish, ularning mahalla nufuzini ko‘tarishda qay darajada faol bo‘lishlari masalalarini muhokama qildilar.

 Suhbatdan so’ng Buxoro davlat tibbiyot instituti ziyolilari  “Yurtimizni obod va yashil hududga aylantiramiz!” shiori ostida daraxt ekish  “Dolzarb 40 kunlik” aksiyasi doirasida mahallaning binosi hududiga  sosna va chinni gujum daraxtlari nihollarini o’tqazib, mahallani obodonlashnirish ishlariga  o‘z hissalarini qo‘shdilar.