Milliy liboslar – ma’naviyat ko‘zgusi
21.04.2022 2022-04-21 14:00Milliy liboslar – ma’naviyat ko‘zgusi
O‘zbekona kiyinish madaniyatini targ‘ib qilish, zamonaviy kiyinishda o‘zbekona sharm-hayo me’yorlariga amal qilish, milliy an’analarimizni keng targ‘ib qilish orqali urf-odat va qadriyatlarimizga xos bo‘lmagan kiyinish uslublariga taqlidning oldini olish, yoshlarda milliy kiyinish madaniyatini shakllantirish, oliy ta’lim muassasasida kiyinish odobi va me’yorlariga rioya qilish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari doirasida 4.11.2021 yil sanasida Buxoro davlat tibbiyot institutida Pediatriya fakulteti dekani D.N.Achilova, yoshlar masalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini M.M.Yuldasheva hamda tyutor G.S.Fayzulloevalar 1-bosqich talaba qizlari ishtirokida o‘zbekona kiyinish madaniyatini targ‘ib qilish, zamonaviy kiyinishda o‘zbekona sharm-hayo me’yorlariga amal qilish, milliy an’analarimizni keng targ‘ib qilish orqali urf-odat va qadriyatlarimizga xos bo‘lmagan kiyinish uslublariga taqlidning oldini olish, yoshlarda milliy kiyinish madaniyatini shakllantirish, oliy ta’lim muassasasida kiyinish odobi va me’yorlariga rioya qilish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari doirasida “Milliy liboslar – ma’naviyat ko‘zgusi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Suhbatdan so‘ng talaba qizlar milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat, milliy urf-odat va an’analarimizga sadoqat, milliy liboslarning go‘zalligi va zamonaviy talqinini liboslar taqdimotlari orqali namoyish qildilar. Ushbu davra suhbati talabalarda katta taassurot qoldirdi.