Milliy liboslarimiz – millatimiz g’ururi
21.04.2022 2022-04-21 14:20Milliy liboslarimiz – millatimiz g’ururi
Insonlar orasida shunday gap yuradi: “Kishining tashqi ko‘rinishi muhim emas, qalbi pok, iymonli bo‘lsa bas”. Albatta bu fikr mutlaqo to‘g‘ri. Bu fikrdan tushunamizki, insonning libosi eski yoki yangi, qimmatbaho yoki arzonligida emas, balki qalbining pokligi, ko‘nglining ma’nan boyligidadir.
Buyuk mutafakkir Аlisher Navoiy bobomiz oʼzining taʼlim-tarbiya, odob-axloqqa doir “Hayrat ul abror” asarida ham kishilarni zebu ziynatlar, molu dunyo emas, balki aql-idrok, sharmu hayo bezaydi, deb bejiz keng qamrovli fikr yuritmagan. Zero, har bir millat oʼziga xos kiyinish madaniyatiga, milliy urf-odati va qadriyatlariga ega. Bizni ruhlantiradigan oʼziga xos qadru qiymat ham mana shunda. Chunki dunyoning qaysi mintaqasida boʼlmasin, oʼzbek milliy liboslari sharqona nafisligi, rangin jilodorligi, betakror milliy xususiyatlari bilan alohida ajralib turadi.
29.10.2021 yil sanasida Pediatriya fakulteti talaba yoshlari bilan “Milliy liboslarimiz-millatimiz g’ururi” mavzusida bo’lib o’tgan davra suhbatida talaba qizlarga kiyinish madaniyati, libos odoblari jamiyatdagi dolzarb muammo ekani hech kimga sir emasligi, kimdir bu muammoga beparvo bo‘lsa, yana kimdir unga echim izlayotgayotgani aytib o’tildi. Bu muammoga avvalo ota-ona, o‘qituvchi, mahalla, ommaviy axborot vositalari va hatto davlat miqiyosida qarshi kurashilmasa, oxir-oqibat davlatimiz, jamiyatimiz va millatimizga katta zarar bo‘ladi. Bu zarar ham moddiy ham ma’naviy bo‘lishi mumkin. Bu zararlarning oldini olish uchun barcha barobar harakat qilmog‘i zarur. Insonning kiyinishi uning ichki dunyosining qanday ekanidan dalolat beradi, chunki libos ma’naviyat ko‘zgusidir.
Mazkur davra suhbatida milliy liboslarimizning ana shu jihatlari koʼp bor eʼtirof etildi. Yoshlarimiz bunga katta eʼtibor berishi kerakligi taʼkidlanib, bu borada oʼzaro fikr almashildi. Talabalarimiz milliy liboslar namoyishi bilan birgalikda liboslar tarixi va qulayliklari to‘g‘risida ma’lumotlar ham berdilar. Tadbir qatnashchilariga yanada a’lo kayfiyat ulashish maqsadida milliy kuy-qo‘shiqlar va laparlar ijro etildi.