Madaniy-ma’rifiy faoliyat Talabalar hayoti

Talabalar turar joylariga fakultet dekani va muovinining tashrii

культура23

Talabalar turar joylariga fakultet dekani va muovinining tashrii

Talabalar turar joylarida talabalarga fakultet dekani, muovinlari, professor-oʼqituvchilari maʼsul etib belgilangan. Bundan tashqari talabalar bilan ishlash uchun har bir turar joyda tarbiyachi – murabbiylar faoliyati yoʼlga qoʼyilgan. Turar joylarda tungi vaqtlarda institut professor-oʼqituvchilaridan iborat navbatchilik tashkil etilgan.

Talabalar turar joyi hududiga kirish qismida turar joylar hududiga begona shaxslar kirishining oldini olish, xavfsizlikni taʼminlash maqsadida turniket oʼrnatilgan. Talabalarni TTJ hududiga turniket orqali kirib chiqishi nazoratga olingan. Talabalar turar joylariga shahar IIB tomonidan alohida hudud nozirlari ajratilgan.

2021 yil oktyabr sanasida Pediatriya fakulteti dekani D.N.Аchilova, yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar buyicha dekan o’rinbosari M.M.Yuldasheva va tyutor G.S.Fayzulloevalar talaba qizlarning yashash sharoiti, bilim olishi, darsdan boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazishish uchun barcha shart-sharoitlar bilan tanishish maqsadida1- talabalar turar joyiga tashrif buyurdilar.