«Yashil mаkon» umummilliy loyihаsi doirаsidа koʼchаt ekish аksiyasi dаvom etmoqdа
21.04.2022 2022-04-21 15:36«Yashil mаkon» umummilliy loyihаsi doirаsidа koʼchаt ekish аksiyasi dаvom etmoqdа
«Yashil mаkon» umummilliy loyihаsi doirаsidа koʼchаt ekish аksiyasi dаvom etmoqdа
Xalqimizda azaldan koʼchat ekib, bogʼ yaratgan insonlar ulugʼlangan. Har bir kishi bir tup koʼchat oʼtqazsa, undan nafaqat insonlar, balki hayvonlar va qushlar ham manfaat koʼradi. Muborak hadisda aytilishicha, ekilgan har bir daraxtning aytayotgan tasbehi, oʼsha daraxtni ekkan kishining nomai aʼmoliga yoziladi hamda uning mevasidan boshqalar yesa yoki soyasida oʼtirsa, ekkan kishining amal daftariga sadaqa savobi yozib qoʼyiladi.
Inson oʼz uyiga qanday eʼtibor bersa, atrofga ham shunday munosabatda boʼlishi shart. Chunki butun Yer yuzi insonlar uchun maskandir.
Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida 2 noyabr kuni aholini uy-joy bilan taʼminlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʼilishi oʼtkazilgan edi. Yigʼilishda “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari ham koʼrib chiqilib, 10 dekabrga qadar daraxt ekish boʼyicha “Dolzarb 40 kunlik” eʼlon qilingan edi.
Ushbu savobli ishda har bir tashkilot, har bir fuqaro oʼz oʼrnini topishi kerakligi taʼkidlandi. Shunga koʼra 22.11.2021 yil sanasida Pediatriya fakulteti 3-bosqich talabalari ham shaharni obodonlashtirish maqsadida daraxt o’tqazish tadbirida faol ishtirok etdilar.