Madaniy-ma’rifiy faoliyat Madaniy-ma’rifiy tadbirlar

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Dolzarb 40 kunlik» aksiyasi

культура18

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Dolzarb 40 kunlik» aksiyasi

Ko‘chat ekib, bog‘ yaratish – xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri. Zero, o‘zimiz yashab turgan joyni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tufayli ko‘nglimiz shodlikka to‘ladi, turmushimiz fayzli va farovon bo‘ladi. Ayni chog‘da bog‘lar, ko‘chalar va yo‘l yoqalarida yashnab turgan daraxtlar tevarak-atrofga ko‘rk berishi barobarida, havo musaffoligini ta’minlab, dasturxonimizni shirin-sharbat mevalar bilan to‘ldiradi.

Shu kunlarda yurtimizdagi barcha tashkilot, muassasa va korxonalar xodimlari tomonidan hududlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, ko‘chat ekish ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.  Bunday sa’y-harakatlardan ko‘zlangan asosiy maqsad,  xalqimizga xos ezgu fazilatlarni qadrlash, ezgulikni yoshlar qalbiga singdirish, qishloq va shaharlar, mahallalarni ko‘rkam ko‘rinishga keltirishdan iborat.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev raisligida 2 noyabr kuni aholini uy-joy bilan ta’minlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash borasida 11.11.20021 yilda Pediatriya fakulteti professor-o‘qituvchilari va talaba yoshlari ham “Yurtimizni obod va yashil xududga aylantiramiz!” shiori ostida Buxoro davlat tibbiyot institutining yangi binosi hududida daraxt ekish  “Dolzarb 40 kunlik” aksiyasida o‘z hissalarini qo‘shdilar.