🤝 Iordaniya universiteti va Buxoro davlat tibbiyot universiteti o‘rtasida akademik, ta’limiy va talabalar almashinuvi sohasida hamkorlik kutilmoqda
01.10.2025 2025-10-04 8:42🤝 Iordaniya universiteti va Buxoro davlat tibbiyot universiteti o‘rtasida akademik, ta’limiy va talabalar almashinuvi sohasida hamkorlik kutilmoqda
🤝 Iordaniya universiteti va Buxoro davlat tibbiyot universiteti o‘rtasida akademik, ta’limiy va talabalar almashinuvi sohasida hamkorlik kutilmoqda
Fadiya al-Utaybi — Bugun Iordaniya universitetining xalqaro akkreditatsiya, global reytinglar va barqarorlik bo‘yicha prorektori doktor Falih as-Suvoyir o‘z kabinetida O‘zbekistonning Buxoro davlat tibbiyot universiteti xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori doktor Lazizjon Niyozovni qabul qildi. Uni universitetning arab davlatlari bo‘yicha vakili Abdulloh ar-Ravojifa hamroh qildi. Ushbu tashrif ikki oliygoh o‘rtasida akademik va ilmiy hamkorlik istiqbollarini hamda tajriba almashuvini muhokama qilish maqsadida tashkil etildi.
Uchrashuvda, Iordaniya universiteti tibbiyot fakulteti sifat, aloqalar va global reytinglar bo‘yicha dekan o‘rinbosari doktor Huna Taha, Xalqaro aloqalar bo‘limi direktori doktor Samih az-Zubaydi ham ishtirok etdi. Ular ta’lim va tayyorgarlik, talabalar almashinuvi, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilarning ilmiy tashriflari, shuningdek, o‘zaro qiziqish uyg‘otadigan ilmiy loyihalarni amalga oshirish kabi akademik, xususan tibbiy sohadagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Uchrashuv davomida doktor as-Suvoyir tashrif buyurgan mehmonni samimiy kutib olib, universitetning dunyoning nufuzli oliygohlari bilan xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga intilayotganini ta’kidladi. Bu esa oliy ta’lim darajasini oshirishga, bilim va amaliy tajribalarni almashishga xizmat qiladi. Shuningdek, u Buxoro davlat tibbiyot universitetining Iordaniya universiteti bilan ta’lim, ilmiy izlanish va tadqiqotlarda faol hamkorlikka intilayotganini olqishladi.
O‘z navbatida doktor Niyozov Buxoro davlat tibbiyot universitetining 1990-yilda tashkil etilgani, bugungi kunda mahalliy va xalqaro miqyosda tan olingan nufuzli davlat oliygohlaridan biri sifatida faoliyat olib borayotgani haqida batafsil ma’lumot berdi. U universitetda o‘quv jarayonlari o‘zbek tilidan tashqari rus, turk va ingliz tillarida ham olib borilishini qayd etdi. Shuningdek, Niyozov Iordaniya universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga bo‘lgan katta qiziqishini bildirdi.
Ta’kidlanishicha, ushbu tashrif ikki tomonlama imzolangan anglashuv memorandumi doirasida kelishilgan hamkorlikni amalda tatbiq etish uchun tashkillashtirilgan.