Institutda koreys tili markazi ish boshladi
04.07.2024 2024-07-05 15:57Institutda koreys tili markazi ish boshladi
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Janubiy Koreyaning qator universitet va nufuzli tibbiyot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini olib bormoqda.
Jumladan, institut Janubiy Koreyaning Daegu hanny universiteti bilan ikki tomonlama hamkorlik memorandumini imzolangan edi. Mazkur davlatdan nufuzli mehmonlar Buxoro davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi. Daegu hanny universiteti rektori Byun Chang Hoon hamrohligidagi mehmonlar institut klinikasi, o‘quv bazasi hamda axborot-resurs markazi faoliyatiga yuqori baho berdi. Xalq tabobatini rivojlantirish loyihalarini kuchaytirish maqsadida ikki tomonlama hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Shuningdek, Buxoro davlat tibbiyot institutida Qirol Sejong nomidagi koreys tili markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Endi institut talaba va professor-o‘qituvchilari mazkur markazda koreys tilini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Batafsil xabarni ko’rish uchun ushbu havolaga o’ting : https://uza.uz/uz/posts/institutda-koreys-tili-markazi-ish-boshladi_613148