Oftalmologiya kafedrasi

Oftalmologiya kafedrasi

Odilova Guljamol Rustamovna

Kafedra mudiri

Bo'lim xodimlari

Yanchenko Sergey Vladimirovich
Boboyeva Ra’no Rahimovna
katta o`qituvchi , phd
Jo’raeva Gulruh Bafoevna
assistent
Xuddiyeva Nargiza Yuldashevna
assistent
Murodullayeva Nargiza Oripovna
assistent
Ramazonova Shohibonu Shoyim qizi
assistent
Bekmurodova Orzigul Kamol qizi
assistent

Kafedra tarixi

Oftalmologiya (yunoncha “ko‘z haqidagi ta’limot” dan) – ko‘zning tuzilishi va fiziologiyasini, uning kasalliklarini, ularning oldini olish va davolash usullarini o‘rganadigan tibbiyot sohasi. Oftalmologiya tibbiyot fanida muhim o‘rin tutadi.

Ko‘z kasalliklari kafedrasi 14.01.1993 yil rektoratning ilmiy kengashi  qaroriga asosan tashkil topgan va Buxoro viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasida joylashgan. Kafedra o‘z faoliyatini 1.04.1993 yildan 4.5 hissa pedagogik va 1.0 hissa kichik laborantdan ish boshlagan.

“Otorinolaringologiya” kafedrasi 2005-yilda oftalmologiya kafedrasi bilan birgalikda faoliyat ko`rsatdi. 2014-2016 yillarda rektor buyrug`i bilan kafedra “LOR,  stomotologiya va onkologiya”, 2016-2018-yillarda esa “LOR, onkologiya va oftalmologiya” kafedrasi sifatida faoliyat yuritdi. 2019 yildan boshlab “Otorinolaringologiya va oftalmologiya” kafedrasi bo`lib, o`z faoliyatini davom ettirmoqda. 2023 yildan boshlab ”Oftalmologiya” kafedrasi alohida bo‘lib o‘zfaoliyatini boshladi.

Birinchi kafedra mudiri t.f.n dots.Sharapava A.X, assistentlar Yakubov R.M, Isxakov V.D, Jumayev E.E faoliyat olib borgan.

2022 yilning sentabr oyidan institut Rektorining buyrug‘iga asosan “OFTALMOLOGIYA” kafedrasiga kafedra mudirligiga  DSc., dosent G.R.Odilova tayinlandi.

Hozirgi kunda kafedrada 2 ta doktorant, 3 mustaqil izlanuvchi va magistratura rezidentlari, hamda klinik ordinatorlar faoliyat olib bormoqda. Hozirgi kunda kafedrada quyidagi professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritishadi: kafedra mudiri DSc., dosenti G.R.Odilova (1996 yildan), kafedra dosenti, PhD Boboyeva Ra`no Raximovna (2009 yildan), kafedra dosenti, PhD J.O.Safarov kafedra assistenti (2017 yildan), Jo’raeva Gulrux Bafoevna (2021 yildan),  kafedra assistenti  Xuddiyeva Nargiza Yuldashevna (2020 yildan), ilmiy ishlarga mas’ul t.f.n., dotsenti  – Yanchenko Sergey Vladimirovich (2023 yildan), kafedra assistenti Odilov Mirshod Yusupovich (2023 yildan) kafedra assistenti  Ramazonova Shoxibonu Shoyim qizi   (2023 yildan), kafedra assistenti Bekmurodova Orzigul Kamol qizi (2023 yildan),  kafedra assistenti  Ikromova Sofiya Baxtiyorovna (2024 yildan).

Oftalmologiya kafedrasida “yosh oftalmolog” to‘garagi mavjud bo‘lib, unda institutning bakalavrlari, magistrlari va klinik ordinatorlari ishtirok yetadilar.

Bizning maqsadimiz talabalarga turli xil ko‘z kasalliklarini tan olishni ushbu kasallikning oldini olishga, ko‘z patologiyasini tananing umumiy kasalliklari bilan, mehnat sharoitlari, kundalik hayot, kasalliklarning oldini olish va davolash usullarini belgilashga imkon beradigan kasb bilan bog‘lashga o‘rgatishdir.

Oxirgi  yillarda kafedra xodimlari tomonidan  2 ta darslik, 10 ta o‘quv qo‘llanma, 6 ta monografiya, 50 dan ortiq xorijiy ilmiy maqolalar, 50 dan ortiq respublika miqyosidagi jurnallarga ilmiy maqolalar,  60 dan ortiq ilmiy tezislar chop etilgan.

Ma'naviy-ma'rifiy ishlari

Oftalmologiya kafedrasi simulatsiya kafedrasida dars jarayoni

Oftalmologiya kafedrasida amaliy mashg’ulot jarayoni

Xorijiy talabalar bilan amaliyot jarayoni

Talabalar ilmiy anjumanida talabaar amaliyoti jarayoni

Buxoro  Davlat Tibbiyot Institutining “Oftalmologiya” kafedrasi dosenti O.G.Rustamovnaning Doctor of Science darajasini nishonlash tadbiri.

Buxoro  Davlat Tibbiyot Institutining “Oftalmologiya” kafedrasi professor-o`qituvchilari Turkiya davalati Istanbul shaxrida bo`lib o`tgan Ofatalmologlar konferensiyasida ishtiroklari.

Buxoro  Davlat Tibbiyot Institutining “Oftalmologiya” kafedrasi professor-o`qituvchilari Sankt-Peterburg shaxrida bo`lib o`tgan Белые ночи oftalmologik konferensiyasida ishtiroklari.

Ilmiy faoliyati

Kafedrada 2021 yilning sentyabr oyida kafedra assistenti J.O.Safarov falsafa fanlari doktorligi (PhD) himoyasi amalga oshirildi.

Kafedrada 2022 yilning sentyabr oyida kafedra assistenti B.R.Raximovna falsafa fanlari doktorligi (PhD) himoyasi amalga oshirildi.

Kafedrada 2023 yilning may oyida kafedra mudiri G.R.Odilova t.f.d. (DSc) himoyasi amalga oshirildi.

QАNDLI DIАBET BILАN OGʼRIGАN BOLАLАRDА KOʼZ OLMАSI OPTIK MUHITLАRI VА KOʼZ TUBI ELEMENTLАRINING MORFOMETRIK QIYOSIY XАRАKTERISTIKАSI

KO`Z ALLERGIK KASALLIKLARINING KLINIK-IMMUNOLOGIK HUSUSIYATLARI VA ULARNI DAVOLASH RUTANNING XOLERIK FAOLLIGINI EKSPERIMENTAL ASOSLASH HIMOYA ETAPIDAGI DISSERTATSIYA ISHLARI.

VIRUSLI ETIOLOGIYA KON'YUNKTIVITIDAGI KLINIK, INTRUMENTAL VA IMMUNOLOGIK O'ZGARISHLARNING XUSUSIYATLARI.

VIRUSLI ETIOLOGIYA KON'YUNKTIVITIDAGI KLINIK, INTRUMENTAL VA IMMUNOLOGIK O'ZGARISHLARNING XUSUSIYATLARI.

METABOLIK SINDROMDA KOʻZ MIKROTOZULLARINI KLINIK-PATOGENETIK OʻRGANISH VA TUZATISH YOʻLLARI.