Oilaviy tibbiyotda ichki kasalliklar kafedrasi

Oilaviy tibbiyotda ichki kasalliklar kafedrasi

Badritdinova Matluba Najmiddinovna

T.F.D. , Dotsent

Kafedra mudiri

1986-1992 yy. – Samarqand davlat tibbiyot instituti talabasi

1992-1993 yy. – Buxoro shahar kasalxonasi interna-vrachi

1993-1995 yy. – Buxoro davlat tibbiyot instituti ichki kasalliklar      propedevtikasi kafedrasi klinik ordinatori

1996-2006 yy. – Buxoro davlat tibbiyot instituti umumiy amaliyot vrachlari tayyorlash kafedrasi assistenti

2006-2012 yy. – Buxoro shahar 4-son poliklinikasi bosh vrachi

2012-2015 yy. – Buxoro shahar hokimi o‘rinbosari, shahar xotin- qizlar qo‘mitasi raisi

2015 y – v.x –     Buxoro davlat tibbiyot instituti ichki kasalliklar kafedrasi mudiri

– 2023 yil fevral oyida TTA xuzuridagi pedagoglar malakasini oshirish va ularni kayta tayyorlash

– Ambulator poliklinik terapiya

– Magistr rezidentlari uchun Kardiologiya va YuQTTFA

Kafedra xodimlari

Jo’rayeva Hafiza Iskandarovna
Saidova Lyubat Boltayevna
Djumayev Karomat Shoimovich
PhD, dotsent
Rajabova Gulchehra Hamrayevna
PHD, DOTSENT
Raxmatova Dilbar Baxridinova
PhD, dotsent
Husenov Olim Nutfulloyevich
assistent
Ziyodullayev Maqsud Maxmudovich
assistent
Naimov Dilshod Qayim o’g’li
assistent
Nurulloyeva Shaxodat Nurullo qizi
assistent
Axmedova Shaxlo Malikovna
assistent
Nigmatullayeva Muhabbat Akbarovna
assistent
Umurov Bobirjon Fayzillayevich
assistent
Shodiyev Mirshodbek Marufovich
assistent

Fakultet tarixi

O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligiga bir guruh tashabbuskor olimlar Buxoro Davlat Tibiyot institute professori R.M.Axmedov va professor N.J. Sharipovalar O’zbekiston Respublikasida Umumiy amaliyot shifokori/ oilaviy shifokor tayyorlash to’g’risidagi taklif bilan murojaat qilishdi.

Bu taklifni o’rganilib va Buxoro viloyatida umumiy amaliyot vrachlari/ oilaviy vrach tayyorlash maqsadga muvofiqligi asoslangach 4 sentabr 1995 yil Respublika tibbiyot oliygohlari rektorlari kengashi, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi, Yevropa maslahat xizmati regional byurosi ko’makchiligida Buxoro Davlat Tibbiyot institutiga UASH/OSH tayyorlash dasturini aprobatsiya qilish uchun eksperiment o’tkazish huquqi berildi. O’quv rejasini tayyorlashda Yevropa davlatlari (Gretsiya, Italiya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Sloveniya ), JSST Xartiyasi Xartford shahridagi (AQSH) Konnektikut Universitetida ona va bola sog’lig’ini himoya qilish dasturi bo’yicha bir oylik malaka oshirish kursini o’tgan.

Kafedra asoschisi professor Sharipova N.J. umumiy amaliyot vrachlarini tayyorlash dasturlaridan foydalanildi. Farmington shahridagi poliklinikaga tashrif buyurganda va amaliy mashg’ulot davomida Nodira Jo’rayevna oila tibbiyoti tashkil qilish bilan qiziqdi. Kafedra 1995 yilda institut rektori R.M. Axmedov buyrug’iga asosan tashkil etildi va kafedra mudiri lavozimiga N.J.Sharipova tayinlandi.


t.f.d. prof.Sharipova N.J. (1995-2009 yillar)

t.f.n. dotsent Jarilkasinovn G.J.(2009-2015 yillar)

t.f.n. dotsent Badritdinova M.N. (2015- h.v.)

“Sog’lon ona- sog’lom bola” modelida belgilangan chora – tadbirlar borasidagi ishlar

“Salomatlik-3” dasturini amalga oshirish bo’yicha chora- tadbirlarlardan lavhalar

2013 yil 14-15 noyabrda kafedra mudiri Jarilkasinova G.J. Tataristonda bo’lib o’tgan IV Butun Rossiya kongressida “BuxDTI UASh /OT “ to’g’risidagi hisoboti bilan ishtirok etdi

Badritdinova Matluba Najmiddinova – kafedra mudiri. tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent. 1996-2006 yillarda umumiy amaliyot tayyorlash kafedrasida assistant lavozimida ishlagan. 2006-2015 yillar boshqa lavozimlarda ishlagan. 2015 yildan boshlab hozirga qadar Buxoro davlat tibbiyot instituti ichki kasalliklar va endokrinologiya kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. Badritdinova M.N. 2006 yil 25 oktyabr kuni “Оптимизация диагностики экстрагенитальных неинфекционных заболеваний среди женщин фертильного возраста” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Hozirda “Инновационные методы профилактики и немедикаментозного лечения метаболического синдрома” nomli doktorlik ilmiy mavzusida izlanishlar olib bormoqda. Oliy toifali vrach. 4ta monografiya, 4 o’quv qo’llanma, 30 dan ortiq uslubiy qo’llanma va tavsiyanomalar , 3 ta EHM dasturi muallifi. Ilmiy pedagogik faoliyati davomida 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop ettirgan, shulardan 18 tasi nufuzli xorijiy jurnallarda.

Kafedrada davolash, tibbiy pedagogika, tibbiy biologiya va tibbiy profilaktika, pediatriya, oliy hamshiralik ishi fakulteti talabalariga ichki kasalliklar,UASH uchun ichki kasalliklar, oila tibbiyotida hamshiralik ishi, tez tibbiy yordam,favqulotda vaziyatlar,Universal –progressiv model, bolalar endokrinologiyasi, endokrinologiyada hamshiralik ishi, diabetologiya, endokrinologiya  fanlaridan amaliy va klinik mashg’ulotlar olib boriladi.

Hozirgi kunda kafedrada 7 ta PhD,  3 ta dotsent, 4 ta tayanch doktorant, 6 ta mustaqil tadqiqotchi, 18 ta assistent faoliyat ko‘rsatib, ular yosh barkamol avlodga bilim berishda o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.

Bugungi kunda kafedrada B.K.Badriddinova “Оценка факторов риска развития терминальной почечной недостаточности при сахарном диабете 2 типа”,  Sh.M. Axmedova “Ayrisimon bez (timus) morfometrik parametrilarining bosh miya jaroxatining turli bosqichlar ta’sirida qiyosiy tasnifi”, G.I. Axmedova “Распространенность, факторы риска и организации профилактики артериальной гипертензии протекающий в рамках метаболического синдрома” , K.Sh.Djumayev “Keksa va qari yoshdagi odamlar jismoniy o’sish ko’rsatkichlarining hayot tarsi bilan bog’liq holdagi qiyosiy xususiyatlari”, Sh.N. Nurulloyeva “Giperglikemiyaning turli darajalarida semizlik profilaktikasi va tana vaznining holati”, ilmiy mavzulari  asosid ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.  

Kafedra  xodimlari  tomonidan 150 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar respublika va chet el ilmiy jurnallarida chop etilgan bo`lib, shulardan 80 tasi nufuzli xorijiy jurnallarda.

Kafedrada 25 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta elektron darslik, 10 ta monografiya, 70 dan ortiq o‘quv uslubiy qo‘llanma, 7 ta EHM dasturga guvohnoma, 7 ta uslubiy tavsiyanoma o‘zbek- rus tillarida tayyorlanib, fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlarda foydalaniladi.

Kafedra xodimlari o’z kasbiy faoliyatlari davomida bir qator muvaffaqiyatlarga erishganlar. Ichki kasalliklar va Endokrinologiya kafedrasi tashkil topgandan buyon ko’plab grant loyihalar va dasturlarda ishtirok etib, chet el mamlakatlarning nufuzli oliygohlarida malaka oshirib kelishmoqda. Jumladan , 2001 2002 yillarda kafedra malakali o’qituvchilari   t.f.n. dots Badritdinova  M.N. , t.f.n. Jo’rayeva H.I. , t.f.n. Saidova L.B. , Soliyev A.O’. va boshqalar “ Salomatlik “ loyihasi doirasida Buyuk Britaniya (London) va Estoniya davlatlarida malaka oshrib kelishgan. 2010 yilda 16- 17 sentabrda kafedra trenerlari Respublikaning yubiley “ O’tgan o’n yil davomida O’zbekistonda birlamchi SS rivojlantirish “ konferensiyasida ishtirok etdilar.

2014-2017 yillarda Tempus loyihasi doirasida Uzhealth loyihasida kafedra ishtirok etdi. Loyiha doirasida  Jarilkasinova G.J., Tairov M.Sh., Soliyev A.O’. ,Karomatov I.J., Ro’ziyev O.A. , Mavlonov N.H., Italiyaning Piza universiteti, Slovakiyaning Nitra universitetida malaka oshirib qaytishdi, 1 nafar bakalavr talaba Belgiyada , 2 nafar magistr  talaba Slovakiya, Italiya, Belgiya, Portugaliyada 3 oylik o’quv kurslarini o’tab qaytishdi. Ushbu loyiha doirasida institutga 7000 yevrolik asbob uskunalar olindi.

2017 yil noyabr oyida Erasmus+professor o’qituvchilar mobilligi granti yutib olinib Toirov M.SH. , Teshayev Sh.J., Olimov S.SH lar Slovakiya Koshnisa universitetida malaka oshirib keldilar. 2017 2020 yillar Erasmus+loyihasining IHOD loyihasi granti yutib olinib, bu loyiha asosida kafedra uchun 5000 yevrolik asbob uskuna olindi va kafedra xodimlari Italiya , Ispaniya, Irlandiya davlatlarida malaka oshirib kelishdi. Bundan tashqari 6 nafar magistrlar Litva Italiya va Irlandiya universitetlarida tahsil olib kelishdi.

2018 yilda Italiyaning Paviya, Irlandiyaning Dublin, Litvaning Kaunas 2019 yilda Ispaniyaning Valensiya universitetlarida bo’lib malaka oshirib qaytishdi.

Badritdinova M.N. va Saidova L.B. Moskvada 2019 yil 16-17 dekabrda bo’lib o’tgan “Здоровье и образование в XXI веке” nomli anjumanda ma’ruza bilan qatnashib qaytdilar.

2019 yilda  Erasmus+loyihasi doirasida professor o’qituvchilar mobilligi yutib olinib, Tairov M.Sh. , Ro’ziyev O.A., Slovakiyaning Koshitsa universitetida malaka oshirib kelishdi.

2020 yil sentabr oyida Soliyev A.O’. fidokorona mehnatlari tufayli Mehr saxovat ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.

Hozirgi kunda kafedrada 21 nafar professor-o’qituvchi o’z pedagogik va davolash ishlarini faxr va mamnuniyat bilan yuritib kelmoqda.

Ma'naviy - ma'rifiy ishlar

Buxoro davlat tibbiyot instituti Ichki kasalliklar va endokrinologiya kafedrasi mudiri M.N. Badritdinova va kafedra katta o‘qituvchisi Saidova L.B. lar VSSB ga qarashli Balalar uyida bo‘lib, koronavirus profilaktikasi to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib borishdi, nogiron bolalarni  tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi hamda antiseptik va dezinfeksiyalovchi  vositalar topshirishdi.

M.N.  Badritdinova “Yoshlik” MFY aholisini  koronavirusdan  ehtiyot bo‘lish va karantin qoidalariga qat’iy amal qilishga chaqirdi.

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning 24-yanvar kuni Oliy majlisga murojaatnomasi va 1 yanvardan boshlab yangilangan soliq kodeksi yuzasidan 28 yanvar kuni kafedraning ma’ruza zalida “Prezidentimizning Oliy majlisga murojaatnomasi va soliq kodeksiga bag‘ishlangan” seminar trening o‘tkazildi. Kafedra mudiri  M.N.Badritdinova seminar-treningda o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.

 “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan kafedra professor-o‘qituvchilari M.N. Badritdinova boshchiligida ustoz professor Sharipova N.J. va Aslonova Sh.J.larni xotirlab xonadonlariga borishdi, hamda ularning ta’lim va tibbiyot soxasidagi xizmatlari uchun  institut rektori A.Sh.Inoyatov nomlaridan “Ibn Sino” ko‘krak nishoni va Faxriy yorliq yaqin oila a’zolariga topshirildi. 

Respublika ixtisoslashtirilgan Kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro filiali va Ichki kasalliklar va endokrinologiya kafedrasi professor-o‘qituvchi xodimlari bilan birgalikda birlamchi tibbiy ko‘rikda bemorlar uchun profilaktik ko’riklarning tashkil etilishi.

Ichki kasalliklar va endokrinologiya kafedra xodimlari ishtirokida sport tadbirlari va morafonlarda ishtiroklaridan fotolavxalar.

Rizaeva M.A. tomonidan «Men diniy ekstremizm va terrorizm taxdidini qanday tushunaman», «Jaholatga qarshi ma’rifat» mavzularida davra suxbatlari o‘tkazildi.

Kafedrada talabalarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalash maksadida «Bilib qo‘yki seni Vatan kutadi», «Avlodlarga munosib voris bo‘laylik», «Biz buyuk allomalar farzandlarimiz» mavzusida davra suhbatlari o‘tkazildi.

Soglom turmush tarzini targibot kilish maksadida kafedra o‘qituvchilari Djumaev K.Sh. va Mavlonov N.X. 7258 sonli xarbiy kism shaxsiy tarkibi bilan 2021 yilning 2021 yilning 23 fevral kuni  “Sog‘lom turmush tarzi – sog‘lik garovi” va “Semizlik-dolzarb muammo,soglom ovkatlanish madaniyatini yoshlikdan rivojlantiring” mavzusida davra suxbati.

Ichki kasalliklar va endokrinologiya kafedra mudiri Badritdinova M.N. boshchiligida Ixtiyorova G.A. va Nurulloeva Sh.N. boshchiligida bitiruvchi kurslar bilan birlamchi bugimda ish tartibini urganish va axoli orasida keng tarkalgan kasalliklar tugrisida malumot berish yulga kuyildi.

Axmedova G.I. ning 205 gurux talabalarining tadbirlarda faol ishtiroki

Soliev A.U. va Orzukulova Sh.A. boshchiliklarida axoli “Cog‘lom turmush tarzi-salomatlik garovidir” mavzusida axoli orasida tarkatma materiallar yordamida targibot tashfikot ishlari olib borildi.

Badriddinova B.K. va Rizaeva M.A. tomonlaridan 32 son Peshku tumanida faol tibbiy kurikda ishtirok etishdi.

Ichki kasalliklar va endokrinologiya kafedra xodimlarining Vinnitsada o‘tkazgan maruzalaridan lavxalar. ( Badriddinova M.N., Saidova L.B., Jo‘raeva X.I., Raxmatova

Yosh kardiologlar tugaragiga Tairov M.Sh. boshchiligida  darslar olib borildi.

Talabalar turar joylarida Rizaeva M.A. kafedra xodimlari tomonidan 1-TTJda “Til-millatlarni birlashtiradigan kudratli kuchdir” shiori ostida mavzusida davra suxbati o‘tkazildi.

joyida “Jaholatga qarshi ma’rifat”, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Ma’naviayat va ma’rifat masalalariga bag’ishlangan 2021-yil 19 yanvardagi videoselektor mazmun- mohiyati to’g’risida  o‘tkazilgan davra suxbati

2019 –yil Italiya IHOD proyekti bo’yicha Paviya universitetida kafedra magistrlari Badridinova Barno, Kadirov Behruz, Amonov Muhammad malaka oshirib kelishdi.

Turkiyaning sog‘liq bilimlar universtiteti professori Ali O‘zdemir Ichki kasalliklar va endokrinologiya  kafedrasiga tashrif buyurdi va magistrlar va bitiruvchi kurs talabalariga o‘zing bir qator ma’ruzalarini o‘qidi.

Joriy yilda “Ichki kasalliklar va endokrinologiya kafedrasi” xodimlari Rajabova G.H. Raxmatova D.B., Mavlonov N.H tomonlaridan.  PhD diplomlarini qo’lga kiritishdi.

Ilmiy tadqiqot ishlari

Hozirgi kunda kafedrada 7 ta PhD,  3 ta dotsent, 4 ta tayanch doktorant, 6 ta mustaqil tadqiqotchi, 18 ta assistent faoliyat ko‘rsatib, ular yosh barkamol avlodga bilim berishda o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.

Bugungi kunda kafedrada B.K.Badriddinova “Оценка факторов риска развития терминальной почечной недостаточности при сахарном диабете 2 типа”,  Sh.M. Axmedova “Ayrisimon bez (timus) morfometrik parametrilarining bosh miya jaroxatining turli bosqichlar ta’sirida qiyosiy tasnifi”, G.I. Axmedova “Распространенность, факторы риска и организации профилактики артериальной гипертензии протекающий в рамках метаболического синдрома” , K.Sh.Djumayev “Keksa va qari yoshdagi odamlar jismoniy o’sish ko’rsatkichlarining hayot tarsi bilan bog’liq holdagi qiyosiy xususiyatlari”, Sh.N. Nurulloyeva “Giperglikemiyaning turli darajalarida semizlik profilaktikasi va tana vaznining holati”, ilmiy mavzulari  asosid ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

Kafedra  xodimlari  tomonidan 150 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar respublika va chet el ilmiy jurnallarida chop etilgan bo`lib, shulardan 80 tasi nufuzli xorijiy jurnallarda. Kafedrada 25 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta elektron darslik, 10 ta monografiya, 70 dan ortiq o‘quv uslubiy qo‘llanma, 7 ta EHM dasturga guvohnoma, 7 ta uslubiy tavsiyanoma o‘zbek- rus tillarida tayyorlanib, fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlarda foydalaniladi. Kafedra xodimlari o’z kasbiy faoliyatlari davomida bir qator muvaffaqiyatlarga erishganlar. Ichki kasalliklar va Endokrinologiya kafedrasi tashkil topgandan buyon ko’plab grant loyihalar va dasturlarda ishtirok etib, chet el mamlakatlarning nufuzli oliygohlarida malaka oshirib kelishmoqda. Jumladan , 2001 2002 yillarda kafedra malakali o’qituvchilari   t.f.n. dots Badritdinova  M.N. , t.f.n. Jo’rayeva H.I. , t.f.n. Saidova L.B. , Soliyev A.O’. va boshqalar “ Salomatlik “ loyihasi doirasida Buyuk Britaniya (London) va Estoniya davlatlarida malaka oshrib kelishgan. 2010 yilda 16- 17 sentabrda kafedra trenerlari Respublikaning yubiley “ O’tgan o’n yil davomida O’zbekistonda birlamchi SS rivojlantirish “ konferensiyasida ishtirok etdilar.

2014-2017 yillarda Tempus loyihasi doirasida Uzhealth loyihasida kafedra ishtirok etdi. Loyiha doirasida  Jarilkasinova G.J., Tairov M.Sh., Soliyev A.O’. ,Karomatov I.J., Ro’ziyev O.A. , Mavlonov N.H., Italiyaning Piza universiteti, Slovakiyaning Nitra universitetida malaka oshirib qaytishdi, 1 nafar bakalavr talaba Belgiyada , 2 nafar magistr  talaba Slovakiya, Italiya, Belgiya, Portugaliyada 3 oylik o’quv kurslarini o’tab qaytishdi. Ushbu loyiha doirasida institutga 7000 yevrolik asbob uskunalar olindi. 2017 yil noyabr oyida Erasmus+professor o’qituvchilar mobilligi granti yutib olinib Toirov M.SH. , Teshayev Sh.J., Olimov S.SH lar Slovakiya Koshnisa universitetida malaka oshirib keldilar. 2017 2020 yillar Erasmus+loyihasining IHOD loyihasi granti yutib olinib, bu loyiha asosida kafedra uchun 5000 yevrolik asbob uskuna olindi va kafedra xodimlari Italiya , Ispaniya, Irlandiya davlatlarida malaka oshirib kelishdi. Bundan tashqari 6 nafar magistrlar Litva Italiya va Irlandiya universitetlarida tahsil olib kelishdi. 2018 yilda Italiyaning Paviya, Irlandiyaning Dublin, Litvaning Kaunas 2019 yilda Ispaniyaning Valensiya universitetlarida bo’lib malaka oshirib qaytishdi. Badritdinova M.N. va Saidova L.B. Moskvada 2019 yil 16-17 dekabrda bo’lib o’tgan “Здоровье и образование в XXI веке” nomli anjumanda ma’ruza bilan qatnashib qaytdilar.

2019 yilda  Erasmus+loyihasi doirasida professor o’qituvchilar mobilligi yutib olinib, Tairov M.Sh. , Ro’ziyev O.A., Slovakiyaning Koshitsa universitetida malaka oshirib kelishdi.

2020 yil sentabr oyida Soliyev A.O’. fidokorona mehnatlari tufayli Mehr saxovat ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.

Hozirgi kunda kafedrada 21 nafar professor-o’qituvchi o’z pedagogik va davolash ishlarini faxr va mamnuniyat bilan yuritib kelmoqda.

 Kafedra ilmiy mavzusi asosida ilmiy to`garaklar faoliyat olib bormoqda. Unda iqtidorli talabalar jalb qilingan bo`lib, 2018- 2019 yillarda t.f.n., dotsent Badritdinova Matluba Najmiddinovna va Jo’rayeva Hafiza Iskandarovna rahbarliklarida tayyorlangan, 2-kurs magistratura talabalari Badriddinova Barno, Negmatullayeva Muhabbat, Majidova Mehriban, Kadirov Behruz,  Samarqand Davlat Tibbiyot institrutida o’tkazilgan xalqaro ilmiy anjumanida yuqori natijalarga erishishdi. 2021-yilda davolash fakulteti 607-guruh talabasi Salimbayeva Nigina respublika fan  olimpiasida “Terapiya” yo`nalishida faxriy 2-o`rin g`olibi deb topildi.

O‘zbekiston Respublikasi  Sog‘liqni Saqlash Vazirligining 2018- yil 14 dekabrdagi 10-5/4345-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida Ichki kasalliklar va endokrinologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari kafedra mudiri, t.f.n. M.N. Badritdinova boshchiligida  28 noyabr – 1 dekabr kunlari “Patronaj oyligining” yalpi tibbiy xatlov bosqichini birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalariga biriktirilgan xonadonlar uchastkalar kesimida tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari, shahar va qishloq oilaviy poliklinikalari, qishloq vrachlik punktlarining tibbiyot xodimlari bilan birga maqsadli patronajga muhtoj kontingent, murakkab, og‘ir va “noaniq tashhisli” bemorlar aniqlandi va patronajning ikkinchi bosqichiga topshirildi.

Buxoro shahrining Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda Ichki  kasalliklar va endokrinologiya kafedrasi mudiri t.f.n. M.N.Badritdinova  Sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirish borasida  amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlardagi ishtiroki, ko‘p yillik fidokorona mehnati va jamoat ishlaridagi faolligi uchun Buxoro viloyati hokimi O‘. Barnoev  tomonidan diplom bilan taqdirlandi.

Akademik mobillik

Integratsiyalashgan tibbiy taʼlim: Janubiy Qozogʻiston tibbiyot akademiyasi mutaxassisi BuxDTI talabalari uchun mahorat darslari oʻtdi.

Bugungi kunda jahon tibbiyoti shiddat bilan rivojlanmoqda, bu esa boʻlajak shifokorlardan nafaqat nazariy bilim, balki xalqaro protokollarga asoslangan tezkor amaliy koʻnikmalarni ham talab etadi. Shu munosabat bilan, Buxoro davlat tibbiyot instituti (BuxDTI) talabalariga xorijiy tajribani bevosita yetkazish maqsadida oʻzaro akademik mobillik dasturlari koʻlami kengaytirilmoqda.

Yaqinda institutning “Oilaviy tibbiyotda ichki kasalliklar” kafedrasi taklifiga binoan, mintaqaning nufuzli tibbiy taʼlim maskanlaridan biri — AJ “Janubiy Qozogʻiston tibbiyot akademiyasi” yetakchi mutaxassisi Buxoroga tashrif buyurdi.

Amaliy yoʻnalish: Klinik tahlil va ambulator keyslar

Dastur doirasida akademiyaning tajribali assistenti Atasheva Kumisay Kuldirakovna joriy yilning 11–15-may kunlari Davolash fakulteti talabalari uchun dars jarayonlariga toʻliq integratsiya boʻldi.Anʼanaviy maʼruzalardan farqli oʻlaroq, ushbu intensiv kurs toʻliq amaliy xarakterga ega boʻlib, oʻquv siklini qamrab oldi. Mashgʻulotlar tibbiyot tizimining eng masʼuliyatli sohasi — “Ambulator-poliklinik terapiya” fani doirasida tashkil etildi. Unda asosan quyidagi jihatlarga urgʻu berildi:

  • Differensial diagnostika: Poliklinika sharoitida, cheklangan vaqt ichida bemor simptomlarini toʻgʻri tahlil qilish va aniq tashxis qoʻyish metodikasi.
  • Xalqaro klinik protokollar: Ichki kasalliklarni ambulator sharoitda davolashda Markaziy Osiyo va jahon tibbiyoti amaliyotidagi eng soʻnggi tavsiyalar (guidelines).
  • Interaktiv keyslar (Case-study): Talabalar bilan birgalikda real klinik vaziyatlarni simulyatsiya qilish va muammoli vaziyatlarda tezkor qaror qabul qilish koʻnikmalari.

 

Nima uchun bu muhim?

Kafedra rahbariyatining qayd etishicha, boʻlajak umumiy amaliyot shifokorlari (oilaviy shifokorlar) uchun poliklinika muhitida ishlash koʻnikmasi eng birlamchi omil hisoblanadi. Xorijlik pedagog bilan oʻtgan besh kunlik intensiv muloqot talabalarga oʻz bilimlarini boshqa davlat tibbiyot maktabi mezonlari bilan solishtirish imkonini berdi.

Shu bilan birga, dunyoning nufuzli reytinglariga intilayotgan BuxDTI uchun bunday professor-oʻqituvchilar almashinuvi taʼlim xalqaro andozalarga muvofiq tarzda olib borilayotganining amaliy tasdigʻidir. Bu kabi qoʻshma loyihalar oliygohning ilmiy salohiyatini baholashda va xalqaro akkreditatsiya jarayonlarida muhim indikator boʻlib xizmat qiladi.

Buxoro davlat tibbiyot institutida xalqaro akademik mobillik dasturi doirasida yirik loyiha amalga oshirildi.

Mamlakatimizda oliy tibbiy taʼlim sifatini oshirish, oʻquv jarayonlariga ilgʻor xalqaro tajribalarni joriy etish hamda dunyoning yetakchi universitetlari bilan integratsiyani mustahkamlash borasidagi ishlardan biri Buxoro davlat tibbiyot institutida (BuxDTI) muvaffaqiyatli yakunlandi.

Institutning xalqaro hamkorlik strategiyasi va strategik aloqalarni rivojlantirish rejasiga muvofiq, dunyoning nufuzli TOP-1000 talik reytingidan joy olgan Xodji Ahmeda Yasavi nomidagi Xalqaro qozoq-turk universitetining Diplomdan keyingi taʼlim fakulteti professor-oʻqituvchilari joriy yilning 4-mayidan 16-mayiga qadar BuxDTIga tashrif buyurishdi.

Ikki hafta davom etgan akademik mobillik dasturi doirasida xorijlik olimlar institutning “Oilaviy tibbiyotda ichki kasalliklar” kafedrasi bazasida magistratura rezidentlari hamda bitiruvchi bosqich talabalari uchun intensiv maʼruza, amaliy darslar va seminar-treninglar siklini oʻtkazishdi.

Ilgʻor tibbiy tajriba amaliyotda

 Dastur doirasida tibbiyot fanlari nomzodlaridan iborat nufuzli delegatsiya aʼzolari talabalarga zamonaviy kardiologiya va terapiya yoʻnalishlarida dars berishdi:

  • Klinik kardiologiya yangiliklari: Kafedra mudiri, t.f.n. Baxit Amanbayeva tomonidan magistratura rezidentlari uchun kardiologiyaning eng soʻnggi diagnostika va davolash protokollariga bagʻishlangan maxsus amaliy darslar oʻtildi.
  • Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami:f.n., dotsent Elmira Iskandirova, t.f.n. Dinara Karim hamda t.f.n. Margarita Matay Davolash fakultetining 6-kurs bitiruvchi talabalari bilan hamkorlikda ishladilar. Ular “Ambulator-poliklinik terapiya” fani boʻyicha maʼruzalar oʻqib, poliklinika sharoitida bemorlarni qabul qilish va birlamchi tashxis qoʻyishning interaktiv metodlarini namoyish etishdi.

Strategik ahamiyat va kutilayotgan natijalar

Ekspertlarning taʼkidlashicha, mazkur akademik mobillik dasturi shunchaki tajriba almashish bilan cheklanib qolmay, balki har ikki oliy taʼlim muassasasi uchun ham strategik ahamiyatga ega.

Birinchidan, BuxDTI bitiruvchi kurs talabalari xalqaro darajadagi mutaxassislardan bevosita taʼlim olib, mustaqil shifokorlik faoliyati oldidan oʻzlarining amaliy klinik koʻnikmalarini mustahkamlashdi.

Ikkinchidan, nufuzli xorijiy universitet professorlarining institut oʻquv jarayonlariga jalb etilishi BuxDTIning xalqaro reytinglardagi (Times Higher Education, QS va boshqalar) mavqeyini oshirishga, shuningdek, kafedraning ilmiy-pedagogik salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Buxoro davlat tibbiyot instituti matbuot xizmatidan maʼlum qilishlaricha, kelgusida hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, qoʻshma taʼlim dasturlari, hammualliflikdagi oʻquv qoʻllanmalar hamda Scopus bazasida indekslanuvchi ilmiy maqolalarni chop etish boʻyicha muzokaralar davom ettirilmoqda.

Buxoro davlat tibbiyot institutining xalqaro yo‘nalishi: RUDN universiteti kafedra mudiri Nikolay Sturov talabalar va magistrantlar uchun intensiv kurs o‘tkazdi

Tibbiy ta’limni internatsionallashtirish hamda dunyoning yetakchi ilmiy-ta’lim markazlari bilan hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan uzoq muddatli strategiyani amalga oshirish doirasida Buxoro davlat tibbiyot institutiga (BuxDTI) taniqli rossiyalik olim tashrif buyurdi.

Oliy ta’lim muassasasi rahbariyatining taklifiga binoan, joriy yilning 23–28 mart kunlari BuxDTIning “Oilaviy tibbiyotda ichki kasalliklar” kafedrasi bazasida Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN) Umumiy shifokorlik amaliyoti kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Sturov Nikolay Vladimirovich tashrif buyurdi.

Akademik mobillik dasturi BuxDTI ta’lim jarayoniga umumiy tibbiyot yo‘nalishidagi ilg‘or Rossiya standartlari va yondashuvlarini integratsiya qilishga qaratildi.

Birlamchi sog‘liqni saqlash bo‘g‘iniga e’tibor: nazariya va amaliyot

Umumiy shifokorlik amaliyoti sohasidagi nufuzli mutaxassisning tashrifi kadrlar tayyorlashning bir necha bosqichlarini — bakalavriatdan magistraturagacha bo‘lgan jarayonni qamrab olish imkonini berdi. Bir hafta davomida dotsent Nikolay Sturov ma’ruza va interaktiv amaliy mashg‘ulotlar turkumini o‘tkazdi. Ularning asosiy mavzulari quyidagilardan iborat bo‘ldi:

  • Oilaviy shifokor faoliyatida kompleks yondashuv: birlamchi sog‘liqni saqlash sharoitida komorbid (bir nechta hamroh kasalliklarga ega) bemorlarni olib borish xususiyatlari.
  • Farmakoterapiyaning zamonaviy standartlari: ichki kasalliklarni davolash bo‘yicha dolzarb xalqaro protokollar, klinik farmakologiya va dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillarining tahlili.
  • Magistrantlar uchun munozara panellari: murakkab va kam uchraydigan klinik holatlarni tahlil qilish, ambulator qabulning dastlabki bosqichlarida tashxis qo‘yish metodologiyasi.

Ta’limning xalqaro rivojlanishiga qo‘shilgan hissa

Dastur integratsiyasi tashabbuskori — BuxDTI kafedra mudiri M.N. Badritdinova ta’kidlashicha, xorijdagi hamkor oliy ta’lim muassasalari ixtisoslashgan kafedralari rahbarlarining bevosita ishtiroki ta’lim jarayonini mutlaqo yangi akademik bosqichga olib chiqadi.

Rossiyaning eng xalqaro universitetlaridan biri bo‘lgan RUDN universiteti bilan hamkorlik qo‘shma ilmiy ishlarning iqtibos keltirilish ko‘rsatkichlarini oshirishga, BuxDTIning QS va Times Higher Education kabi global institutsional reytinglardagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, bu talabalar uchun o‘z bilimlarini xalqaro darajadagi mustaqil tashqi ekspertlar tomonidan baholatish imkoniyatini yaratadi.

Buxoro davlat tibbiyot instituti matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, tashrif yakunlari bo‘yicha qo‘shma o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqish hamda ikki tomonlama telekonferensiyalar o‘tkazish yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Videodarslar