Otorinolaringologiya

Otorinolaringologiya

Kurs haqida

Otorinolaringologiya (oto…, yun. rhis — burun, larynx — tomoqva…logiya), laringootorinologiya (LOR) — quloq, burun va tomoq hamda uning atrofidagi aʼzolar kasalliklarini oʻrganadigan fan. Eshituv fiziologiyasi, uning buzilishi va shunga aloqador kasalliklarni oʻrganish (audiologiya), ovoz fiziologiyasi, uning oʻzgarishi va bu oʻzgarishlarni keltirib chiqargan kasalliklarni oʻrganish (foniatriya), quloq ogʻir boʻlib qolishi, karlik sabablarini oʻrganish (surdologiya) ham Otorinolaringologiyaga kiradi. Normal va patologik sharoitda ichki quloq (asosan, labirint)ning bosh miyaning turli boʻlimlari bilan aloqasini oʻrganadigan soha otonevrologiya deb ataladi.

Kirish talabnomasi

Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi (pasport), ayni yo’nalish bo’yicha magistrlik diplomi, chet tilini umumiy Evropa kompetentsiyalariga (standartlariga) muvofiq chet tilini bilishini tasdiqlovchi xalqaro sertifikatning nusxasi, 3×4-rasm.

O’qish muddati

3 yil

Ta’lim shifri

14.00.04