How may we help you?

🏆Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida tashkil etilgan Talabalar ligasi sport musobaqalari doirasida bo’lgan sportning Shaxmat turi bo’yicha bahslar viloyat Yoshlar markazida bo’lib o’tdi.

✔️Shiddatli o’yinga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Sh.Teshayev ham qiziqish bildirdi. Turnir hamma uchun qiziqarli daqiqalarga boy bo’ldi.

Shaxmat juda qadimiy o’yin. Taxminlarga ko’ra, shaxmat Hindistonda to’rtinchi yoki beshinchi asrlarda paydo bo’lgan, ammo uni kim ixtiro qilgani noma’lum. Shaxmat – bu ikki o’yinchi o’rtasidagi intellektual musobaqa. Bu juda mantiqiy o’yin bo’lib, unda omad kichik rol o’ynaydi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining Rossiya Federasiyasi tibbiyot va ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari kengayib bormoqda. ani paytda 10ga yaqin Rossiya universitetlari bilan hamkorlikda qo’shma ta’lim dasturlari tashkile tilgan bo’lib, talabalarning katta qismi ayni paytda shu davlatda tahsilni davom ettirmoqda.

O’tgan oyda institut rektori boshchiligidagi vakillarimizning RFga safari davomida yana bir qancha manzillarda bo’lib, unda qator masalalar muhokama qilingan edi.

Kecha mamlakatimizda safar qilib turgan Akademik Pavlov nomidagi Sankt Peterburg Birinchi tibbiyot universiteti rektori Bagnenko Sergey Fyodrovich, universitetning tez tibbiy yordam bo’limi boshlig’i Vadim Teplov, Tez tibbiy yordam kafedrasi mudiri Ildar Minnullin va mazkur universitet klinikasining bosh vrachi Yelena Karpova tashrif buyurdi.

Mehmonlar Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining muhib obye’ktlari – Axborot resurs markazi, Simulyatsiya markazi, zamonaviy klinikani ko’zdan kechirishdi.

Shuningdek, tomonlar tibbiy ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, ixtisoslashtirish va tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish, qayta tayyorlash, ta’lim faoliyatini olib borish uchun olimlar va o‘qituvchilar almashinuvi sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga kelishib oldilar.
Shu yerning o’zida hamkorlik memoriandumi imzolandi.

Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga Italiyaning Milan shahridagi Vita-Salute San Raffaello universiteti professori taniqli ortoped olim doktor Alberto Belluati va uning jamoasi tashrif buuyurdi.

Ta’kidlash joizki, mazkur universitet QS reytingida dunyoda 598-o’rinni band etgan bo’lib, tibbiy biologiya bo’yicha yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri sanaladi.

Italiyalik mehmonlar institut rektori professor Shuhrat Teshayev hamrohligida axborot resurs markazi, Sumulyasiya markazi hamda zamonaviy klinikaning imkoniyatlari bilan tanishishdi.
Institut rahbariyati ayni paytda mehmonlar bilan kelgusida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masaдalarini muhokama qilishmoqda.

___________________________________________________________________________________________________________

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQ SAQLASH VAZIRLIGI ABU ALI IBN SINO NOMIDAGI BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI AL-FOROBIY NOMIDAGI QOZOQ MILLIY UNIVERSITETI S.D. ASFENDYAROV NOMIDAGI QOZOQ MILLIY UNIVERSITETI AKADEMIK I.P. PAVLOV NOMIDAGI RIYAZAN DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI

“GIGIYENA VA TIBBIY EKOLOGIYANING BUGUNGI ZAMON MUAMMOLARI” ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

20-noyabr 2023-yil

BUXORO 2023

___________________________________________________________________________________________________________

Hurmatli hamkasblar!

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti sizni 2023-yil 28 – noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Gigiyena va tibbiy ekologiyaning bugungi zamon muammolari” mavzusidagi xalqaro ishtirokda gibrid formatda (online, ofline)gi ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishga taklif qiladi.

Konferensiya doirasida quyidagi yo‘nalishlarda ish olib borish rejalashtirilgan:

1.Hozirgi global ekologik muammolar atrof muhit va aholi salomatligi;

2.Aholi yashaydigan hududlarni sanitar himoyashining dolzarb ekologik, gigiyenik muammolari;

3.Qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan yangi pestisid va mineral o‘g‘itlarni xavfsiz qo‘llashning zamonaviy ekologik, gigienik muammolari;

4.Atrof-muhitning inson salomatligiga ta’siri va profilaktik chora-tadbirlar;

5.Mehnat gigienasi va kasb kasalliklari. Kasbga, ekologiyaga va iqlimga bog‘liq kasalliklar tashhisoti, davolash va oldini olish usullari;

6.Bolalar va o‘smirlarni tarbiyalash, o‘qitish va kasallanishni oldini olish bo‘yicha gigienik holatlar;

7.To’g’ri ovqatlanishning dolzarb muammolari;

8.Radiatsion gigienaning dolzarb masalalari.

9.Jamoat salomatligi va sog’liqni saqlashni boshqarishning ekologik va gigienik muammolari.

10. Biologiya va tibbiy biologiya muammolari

Ilmiy-amaliy konferensiya materiallari konferensiya tezislar to’plamida chop etiladi. Har birinchi muallif 2 tadan ko’p bo’lmagan tezis taqdim etishi so‘raladi.

Tezislar bepul chop etiladi. Konferensiyaning rasmiy tillari: oʻzbek, rus, ingliz. Konferentsiyada ishtirok etish shakllari – ochiq (ma’ruza bilan taqdimot) va yozishmalar (tezislarni nashr etish).

Tezislarni qabul qilish muddati – 2023-yil 15-noyabrgacha

Tezislar quyidagi elektron pochtaga yuborilishi kerak

E-mail: azizajumaeva7@gmail.com tel. +998 (93) 623-70-69.

Tashkiliy qo’mita konferentsiyada ishtirok etishingiz bilan bog’liq xarajatlarni qoplamaydi.

Konferentsiya uchun mas’ul

Buxoro davlat tibbiyot instituti: 200407 Buxoro, G’ijduvoniy shox ko’chasi 1. BuxMI umumiy gigiyena kafedrasi (Umumiy gigiyena kafedrasi mudiri Qosimov Xayriddin Olimovich).

Tezislar quyidagi talablarga muvofiq tayyorlanishi kerak:

Matn Microsoft Word 2007 matn muharririda, Times New Roman shriftida, shrift hajmi 12, oraliq interval – 1,0 har tomondan barcha hoshiyalar 2 sm, hajmi 2 varaqdan oshmasligi kerak. Tezis matnida illyustratsiyalar, diagrammalar, jadvallar, grafiklar va havolalar bo’lmasligi kerak.

To‘plamning elektron shakli BuxDTI ning www.bsmi.uz rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.

Tezisni rasmiylashtirish:

1-abzats – tezis nomi BOSH HARFLARDA, qalin shriftda;

2-abzats – muallifning Familiya I.Sh., shuningdek, hammualliflar;

3-abzats – muassasa, mamlakat nomi;

4-abzats – tezis matni

“Gigiyena va tibbiy ekologiyaning bugungi zamon muammolari” xalqaro ishtirokidagi ilmiy-amaliy konferensiya tashkiliy qo‘mitasi ishtirokchini ro’yxatdan o’tkazish shaklini to’ldirishingizni va bizga yuborishingizni so’raydi

Ro’yxatdan o’tish shakli « Gigiyena va tibbiy ekologiyaning bugungi zamon muammolari » ilmiy-amaliy konferensiyasi

• Elektron pochta orqali yuborilganda tezislar ilova qilingan fayl sifatida yuboriladi, “Mavzu” ustunida “Konferentsiya tezislari” ko‘rsatilsin; ilova qilingan fayl

-sarlavhada birinchi muallifning ismi ko’rsatilsin, masalan: “abdullayev.doc” (2 ta tezis taqdim etilgan taqdirda: “abdullayev1.doc”, “abdullayev2.doc”)

• Tezislar to‘ldirilgan ro‘yxatga olish kartasi (1-ilova) taqdim etilganda qabul qilinadi, u ham tezis bilan birga elektron pochta manzilimizga yuboriladi (ikkinchi sahifada).

• 2023-yil 15-noyabrdan kechiktirmay konferensiyaga kelishingiz va ishtirok etishingiz (maʼruza bilan taqdimot) haqida tashkiliy qoʻmitaga xabar berishingizni soraymiz.

• Talablarga javob bermaydigan tezislar ko‘rib chiqilmaydi

• To‘plamning elektron shakli pdf formatda BuxDTI ning www.bsmi.uz, rasmiy veb-saytida joylashtiriladi. Qatnashuvchilarga sertifikat beriladi.

• Tashkiliy qo‘mita manzili: 140100, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro shahri, G’ijduvoniy shoh ko‘chasi, 1. Institut faks raqami: +998 (65) 223-00-50 , Bog‘lanish telefonlari: +998 (90) 715-07-06 (Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Sanoyeva Matlyuba Jahonqulovna), +998(90) 414-19-52 (Umumiy gigiyena va kafedrasi mudiri Qosimov Xayriddin Olimovich)

Buxoroda bo‘lib o‘tayotgan “Shoshilinch tibbiy yordamni tashkil etishning dolzarb muammolari: hududlarda qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir yurak-qon tomir patologiyalarida yordam ko‘rsatish masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi nufuzli mehmonlar ishtirok etmoqda.

Mazkur anjuman ishtirokchisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi raisi, deputat Borisova Yelena Mixaylovna institutga tashrif buyurdi.

Mehmonni institut rektori Shuhrat Teshayev, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbariyati, prorektorlar kutib olib, institutning axborot resurs markazi, Simulyasiya markazi hamda zamonaviy klinika bilan tanishtirishdi.