Bosh sahifa
28.02.2022 2026-04-21 11:32Bosh sahifa
Statistika
Tayyorlangan shifokorlar
O'qituvchilar
Talabalar
Laboratoriyalar
XALQARO AKKREDITATSIYA VA E’TIROF
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti O‘zbekistondagi yetakchi va jadal rivojlanayotgan tibbiyot oliy ta’lim muassasalaridan biridir. 2022-yildan boshlab u respublikadagi birinchi raqamli tibbiyot oliy ta’lim muassasasi sifatida e’tirof etilgan.
Bugungi kunda institutda dunyoning 25 ta davlatidan kelgan talabalar tahsil olmoqda, bu esa institutning tobora ortib borayotgan xalqaro nufuzi va jozibadorligini yaqqol namoyon etadi. Hozirgi vaqtda institutda Aljir, AQSh, Azerbayjon, Banglades, Kanada, Xitoy, Misr, Fransiya, Hindiston, Eron, Isroil, Iordaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Marokash, Nepal, Pokiston, Rossiya, Shvetsiya, Tunisiya, Turkiya, Ukraina, Buyuk Britaniya, Turkmaniston, Tojikistondan kelgan xorijiy talabalar tahsil olmoqda.
Institut ta’lim sifati va akkreditatsiya yo‘nalishida ham muhim xalqaro yutuqlarga erishgan. Hozirgi kunda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan. Xususan, “Davolash ishi” va “Stomatologiya” bakalavriat ta’lim dasturlari Eurasian Centre for Accreditation and Quality Assurance in Higher Education and Health Care (ECAQA) tomonidan xalqaro miqyosda akkreditatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lib, mazkur akkreditatsiya 2030-yilgacha amal qiladi.
Bundan tashqari, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti O‘zbekistondagi Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar vazirligi tomonidan rasman tan olingan yagona oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Bu esa institutda ta’lim sifatiga alohida e’tibor qaratilayotganini yana bir bor tasdiqlaydi hamda institutning xalqaro maqomini yanada mustahkamlab, uning talabalari va bitiruvchilari uchun global ta’lim va professional maydonda yanada keng imkoniyatlar yaratadi.
Missiya
O’zgaruvchan dunyo sharoitida tibbiy-pedagogik fikrlashni o’zgartira oladigan, xalq salomatligini saqlash uchun aholiga sifatli tibbiy, profilaktika, reabilitatsiya yordami ko’rsatadigan yuqori malakali, ilmiy – amaliy, raqobatbardosh xalqaro darajadagi yetakchi kadrlarni tayyorlash
Yangiliklar
🎗 2025-yil 15-may kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Prezidentimiz yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan “Dolzarb 90 kunlik” dasturini e’lon qildi.
▶️Dastur yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat …
GD Goenka universiteti prorektori Prof. Ugur Guven Buxoro davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi
2025-yil 15-iyul kuni Hindistonning GD Goenka universiteti xalqaro hamkorlik bo‘yicha …
📚Adabiyotga ixlosmand talabalar ishtirokida Mushoira kechasi o’tkazildi.
🏛Buxoro davlat tibbiyot institutida talaba-yoshlar o’rtasida kitobxonlik madaniyatini keng jalb …
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Yosh patofiziologlar” to‘garagi faoliyati davom etmoqda.
🏛To‘garak doirasida talabalar bilan ekstremal holatlarni aniqlash, ularda birinchi yordam …
E'lonlar
Ochiq amaliy mashg’ulot
Gematologiya va klinik laborator diagnostika kafedrasi assistenti Sulaymonova G.T tomonidan …
“Yoshlar-kelajagimiz” media platformasi
Buxoro viloyatida Yoshlar hayotida bo‘layotgan voqea va xodisalardan xabardor bo‘lmoqchimisiz? …
SPECIAL ONE o’quv markazida Beginner va Elementary, Intermediate kurslar!
✅O’qituvchi: (IELTS 7.0) ; (IELTS 8.0);( IELTS 7.5)✅Beginner kurs davomiyligi: …
⚡️ Talabalar uchun stipendiya tanlovi!
— Respublika miqyosida talabalar uchun “REGISTON STIPENDIYASI” tanlovi o‘tkazilmoqda. ✅ …
Tadbirlar
Kelgusi
Tadbirlar
Ibraximova Hamida Rustamovnaningfalsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi