Buxoro davlat tibbiyot institutida diplom topshirish marosimi tantanali tarzda o‘tkazildi
23.06.2025 2025-06-24 16:36Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida joriy yilda 226 nafar klinik ordinator, 23 nafar magistr va 1289 nafar bakalavr bitiruvchi mutaxassislikni tamomladi.
Kuni kecha Buxoro shahridagi Yoshlar markazi hovlisida joylashgan Favvoralar maydonida bitiruvchilar uchun tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari Hafiza Ortiqova, institut rektori professor Shuhrat Teshayev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Azamat Naimov hamda boshqa soha vakillari ishtirok etdi.


















Tadbirda so‘z olganlar bitiruvchilarni samimiy tabriklab, ularga sog‘liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirishda o‘z bilim va salohiyatlarini ayamasdan xizmat qilishlarini tilakdoshlik bilan ta’kidladilar.
Shuningdek, “Ma’rifat maydoni” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan institut talabalari jamoasi 40 million so‘mlik vaucher va Turkiyaga 10 kunlik sayohat sertifikati bilan taqdirlandi.
Bayram tadbiri mahalliy estrada ijodkorlarining konsert dasturi va sahna ko‘rinishlari bilan yakunlandi.
🎗Tadbir bayramona ruhda, ko‘tarinki kayfiyatda o‘tmoqda. Fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar, ota-onalar va mehmonlar ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan ushbu marosimda bitiruvchilarning ko‘zida quvonch, faxr va kelajak sari ishonch porlab turibdi.


















🎗Bu unutilmas kun institutni tamomlayotgan har bir talabaning hayotidagi muhim bosqich bo‘lib, ularning ilm-fan yo‘lidagi navbatdagi qadami hisoblanadi. Bitiruvchilar tibbiyot sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shishga tayyor, bilimli va yetuk mutaxassislar sifatida katta hayot sari yo‘l olmoqda.
BuxDTIda dolzarb masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
23.06.2025 2025-06-24 11:56Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida rektor professor Shuhrat Teshayev boshchiligida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda institut prorektorlari, fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari hamda boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar, xususan, joriy yilda ta’lim sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida institut zimmasiga yuklatilgan vazifalarni sifatli va samarali bajarish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Talabalarning yozgi o‘quv jarayonlarini samarali yakunlash, ularning amaliyotga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlarini tashkil etish, fan to‘garaklari faoliyatini tizimli davom ettirish, jinoyatchilikka qarshi doimiy profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish kabi muhim yo‘nalishlar yig‘ilish kun tartibidan o‘rin oldi.

Shuningdek, rektor Sh. Teshayev xalqaro va milliy reytinglarda institut o‘rnini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qildi. Kelgusi o‘quv yiliga qabul jarayonlarida oshkoralik, shaffoflik va korrupsiyaviy holatlarga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik zarurligi alohida ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida institut rahbariyati tomonidan belgilangan rejalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi hamda bu borada jamoaviy harakatlar muhim ekani qayd etildi.
“Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchilar uchun seminar-trening o‘tkazildi
21.06.2025 2025-06-24 10:1820-iyun kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchi bosqich talabalari uchun seminar-trening tashkil etildi.



Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-sonli “Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi. Seminarda Buxoro viloyati “O‘zmilliybank” AJ boshqaruvi rahbariyati vakillari, jumladan, bank boshlig‘i o‘rinbosari Dilshod Ochilov ishtirok etdi.



Tadbir davomida talabalarga “Kelajakka qadam” dasturining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari, shuningdek, “biznes g‘oyadan tayyor loyihagacha” bo‘lgan jarayon haqida tushuntirishlar berildi. “O‘zmilliybank” tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy xizmatlar paketlari, biznes reja tuzish, tadbirkorlik kreditlari va ularni rasmiylashtirishga oid amaliy tavsiyalar taqdim etildi.


Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar olishdi.
Buxoro davlat tibbiyot institutida Finlyandiya bilan ilmiy va taʼlimiy hamkorlik muhokamasi
21.06.2025 2025-06-23 16:42Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida Finlyandiyaning yetakchi taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalari vakillari ishtirokida muhim uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Tashrif doirasida Eastern Finland University (UEF) va Natural Resources Institute Finland (LUKE) tashkilotlaridan kelgan mutaxassislar — Ms. Roseanna Avento va Ms. Annika Männikkö o‘z sohalaridagi ilmiy tajriba va bilimlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Oziq-ovqat xavfsizligi, jamoat salomatligi va gender tengligi masalalari
UEF xalqaro rivojlanish menejeri, soha mutaxassisi Ms. Roseanna Avento o‘z ma’ruzasida oziq-ovqat xavfsizligi, taʼlimda gender tengligi va jamoat salomatligini taʼminlashda raqamli modellardan foydalanish masalalariga to‘xtalib o‘tdi. U oliy taʼlim muassasalarida nutritsion xavfsizlikni taʼminlashda strategik yondashuvlarni, shuningdek, ayollar salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar haqida fikr bildirdi.

LUKE instituti tadqiqotchisi Ms. Annika Männikkö, shu bilan birga University of Helsinki doktoranti sifatida, mahalliy chorva zotlarining iqlimga moslashish mexanizmlarini o‘rganish bo‘yicha genomik tadqiqotlar olib bormoqda. Uning mutaxassisligi bioinformatika, genomika va transkriptomika sohalarini qamrab oladi. Ushbu sohalardagi tajribasi Buxoro davlat tibbiyot instituti olimlari uchun yangi tadqiqot yo‘nalishlarini ochib berdi.

Uchrashuv doirasida tomonlar quyidagi sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishib oldilar:
Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha qo‘shma tadqiqot va taʼlim dasturlari;
Talaba va tadqiqotchilar uchun akademik mobillik imkoniyatlari;
Bioinformatika va genomika bo‘yicha o‘quv modullarini ishlab chiqish;
Gender Studies va Community Health yo‘nalishlarida raqamli taʼlim platformalarini yaratish.
Mazkur tashrif – Buxoro davlat tibbiyot institutining xalqaro miqyosdagi ilmiy hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan izchil siyosati doirasidagi muhim qadam hisoblanadi. Tadqiqotchilarning tajribasi va ilmiy yondashuvlari institutda taʼlim va ilm-fan rivojining yangi bosqichini taʼminlashga xizmat qiladi.
Uchrashuvda BuxDTIning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, tibbiyot fanlari doktori, professor Gavhar Jarlikasinova, xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Olima Vohidova, shuningdek, tegishli kafedralar mudirlari va yetakchi olimlar ishtirok etdi.
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida 29 nafar magistr talaba o‘z tahsilini muvaffaqiyatli yakunladi.
20.06.2025 2025-06-24 10:06🎗Shulardan 6 nafari qishki, 23 nafari esa kunduzgi qabul asosida tahsil oldi. Ular ilmiy rahbarlari boshchiligida olib borgan ilmiy izlanishlarini muvaffaqiyatli yoqlab, magistr darajasini qo‘lga kiritdilar.


🔗Magistratura — chuqur ilmiy izlanish, mustaqil fikrlash va kasbiy yetuklik sari qo‘yilgan muhim qadamdir.

🔍Mazkur bosqich bitiruvchilarga tibbiyotning dolzarb masalalariga ilmiy yondashuv asosida yechim topish, sohaga yangicha qarash va professional o‘sish imkonini beradi.

💠Yurtimiz tibbiyot sohasida malakali, bilimli va fidokor mutaxassislar safi kengayib bormoqda.

E’LON
20.06.2025 2025-06-21 15:101-А/528-sonli buyruqqa asosan, 2025-yil iyun oyida barcha mustaqil izlanuvchilar, doktorantlar va tayanch doktorantlar uchun ilmiy faoliyat monitoringi o‘tkaziladi.
Monitoringdan asosiy maqsad — ilmiy ishlar bo‘yicha hujjatlarning daraja.ilmiy.uz platformasiga o‘z vaqtida va to‘liq yuklanganligini, shuningdek, ularning belgilangan tartibda rasmiylashtirilganligini nazorat qilishdir.
Monitoring davomida komissiya quyidagilarni tekshiradi:
• daraja.ilmiy.uz saytiga hujjatlarning yuklanganligi;
• hujjatlarning mavjudligi va ularning belgilangan mezonlarga muvofiqligi.
Monitoring jadvali
| № | Ilmiy tadqiqotchilar | Monitoring sanasi |
| 1 | 1-kurs doktorant va tayanch doktorantlar | 23.06.2025 09:00–13:00 |
| 2 | 2-kurs doktorant va tayanch doktorantlar | 24.06.2025 09:00–13:00 |
| 3 | 3-kurs doktorant va tayanch doktorantlar | 25.06.2025 09:00–13:00 |
| 4 | 1-yil mustaqil tadqiqotchilar | 23.06.2025 14:00–17:00 |
| 5 | 2-yil mustaqil tadqiqotchilar | 24.06.2025 14:00–17:00 |
| 6 | 3-yil mustaqil tadqiqotchilar | 25.06.2025 14:00–17:00 |
❗ Diqqat! Monitoringda ishtirok etmagan yoki hujjatlari to‘liq bo‘lmagan izlanuvchilar ilmiy izlanuvchilar safidan chiqarilishi mumkin.
📩 Qo‘shimcha savollar uchun murojaat: https://t.me/BDTI_Mustaqil