Qo‘shma ta’lim dasturining ilk bitiruvchilari davlat imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirdilar.
20.06.2025 2025-06-23 14:14Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti hamda N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti o‘rtasidagi “Davolash ishi” bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturining ilk bitiruvchilari davlat imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirdilar.



🔗Davlat attestatsiyasi ikki bosqichda o‘tkazildi. Unda 11 nafar talaba ishtirok etdi. 24-iyun kuni bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.



Buxoro davlat tibbiyot instituti va Kunming Medical University o‘rtasida hamkorlik mustahkamlanmoqda
19.06.2025 2025-06-21 11:09Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turgan Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori, professor Shuhrat Teshayev Kunming shahrida joylashgan nufuzli oliy ta’lim muassasasi — Kunming Medical Universityda bo‘lib, ushbu universitet bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi.
Kelishuvga ko‘ra, ikki tomonlama ta’lim va tibbiyot sohalarida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Jumladan, talabalar, magistrantlar va klinik ordinatorlar almashinuvi rejalashtirilgan, shuningdek, universitetning hamshiralik markazi va klinikalari faoliyati bilan tanishildi. Kelgusida KMU professorlari BuxDTI klinik bazalarida stajirovka o‘tashi, jarrohlik amaliyotlarida ishtirok etishi belgilab olindi.

Kunming Medical University — Yunnan tibbiyotining tayanch ustuni
1933-yilda tashkil etilgan Kunming Medical University (KMU) Xitoy janubi-g‘arbida, Yunnan provinsiyasida joylashgan va bugungi kunda mintaqaning eng yirik tibbiyot oliygohlaridan biri sanaladi. Unda 20 mingdan ortiq talaba tahsil oladi, ularning katta qismi bakalavr, magistratura, doktorantura hamda xalqaro dasturlar bo‘yicha o‘qiydi. 40 dan ortiq davlatdan kelgan xorijiy talabalar ham tahsil olmoqda.
Universitetda 6000 dan ortiq professor-o‘qituvchi va klinik mutaxassislar faoliyat yuritadi. Ta’lim jarayoni klinik amaliyotga yaqinlashtirilgan va ilg‘or ilmiy asoslar bilan boyitilgan.

Fakultetlar va yo‘nalishlar
Universitetda quyidagi muhim yo‘nalishlar mavjud:
- Klinik tibbiyot, asosiy tibbiyot fanlari, stomatologiya, farmatsiya,
- Hamshiralik, jamoat salomatligi, psixologiya va ruhiy salomatlik,
- Tibbiy laboratoriya texnologiyalari,
- Xalqaro tibbiyot (MBBS dasturi ingliz tilida).
Klinik bazalar va ilmiy muassasalar
KMU tarkibida 9 ta klinik shifoxona, shu jumladan, 7 tasi “uchinchi darajali A” toifadagi yetakchi tibbiyot muassasalaridir. Shuningdek, quyidagi markazlar faoliyat yuritadi:
- Yunnan viloyat onkologiya markazi,
- Organ transplantatsiyasi markazi,
- Infeksiyalar va yallig‘lanish bo‘yicha ilmiy markazlar,
- Biotibbiyot muhandisligi va farmatsevtika institutlari,
- An’anaviy tabobatga ixtisoslashgan dorivor o‘simliklar markazi.
Universitet 100 dan ortiq klinik-amaliyot bazasiga ega.
_
KMU 90 dan ortiq mamlakat va tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirgan. MBBS dasturi orqali ingliz tilida ta’lim oluvchi talabalar soni ortib bormoqda. Universitet xalqaro darajadagi ilmiy-tadqiqotlar, zamonaviy texnologiyalar va tibbiy tajriba almashinuvida yetakchi o‘rin egallaydi.
Kunming Medical University — zamonaviy tibbiyot, klinik tajriba, farmatsiya, sog‘liqni saqlash va xalqaro tibbiy hamkorlik sohalarida yuqori salohiyatli ta’lim maskanidir. Buxoro davlat tibbiyot instituti bilan imzolangan hamkorlik esa ikki tomonlama rivojlanishga yangi ufqlar ochadi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti va Yunnan xalq tabobati universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
19.06.2025 2025-06-20 16:33Abu ALi ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori, professor Shuhrat Teshayev boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safari bilan bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida institut tomonidan Xitoyning bir qator nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan uchrashuvlar tashkil etildi va hamkorlikni rivojlantirishga oid qator masalalar muhokama qilindi.

Mazkur tashrif davomida institut Xitoyning yetakchi tibbiyot oliygohlaridan biri — Yunnan University of Chinese Medicine (YUTCM) bilan o‘zaro anglashuv memorandumi imzoladi.
1960-yilda tashkil etilgan Yunnan University of Chinese Medicine – Xitoydagi yirik davlat universitetlaridan biri bo‘lib, an’anaviy xitoy tabobati, dorivor o‘simliklar bilan davolash, fizioterapiya, igna bilan davolash (akupunktura), sog‘liqni saqlashni boshqarish, hamshiralik ishi kabi yo‘nalishlarga ixtisoslashgan.

Hozirda ushbu universitetda 25 mingga yaqin talaba tahsil olmoqda, ularning yuzlab qismi xorijlik talabalar hisoblanadi.
Ta’kidlash joizki, bugungi kunda Xitoyda tibbiy amaliyotning 50 foizidan ortig‘i xalq tabobatiga asoslangan bo‘lib, Yunnan University of Chinese Medicine mazkur sohaning yetakchi ta’lim va ilmiy markazlaridan biridir.

Imzolangan memorandum quyidagi asosiy yo‘nalishlarda hamkorlikni ko‘zda tutadi:
Talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi;
Qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
Ilmiy-tadqiqot ishlarini birgalikda olib borish va dissertatsiyalarni hamkorlikda himoya qilish;
Dorivor o‘simliklarni yetishtirish, ularni o‘rganish va amaliyotga tadbiq qilish;
Klinik-amaliy tajriba almashinuvi va xalqaro stajirovkalarni tashkil etish.
Ushbu hamkorlik Buxoro davlat tibbiyot institutining xalqaro miqyosdagi ilmiy-ta’lim aloqalarini mustahkamlash, xalq tabobati va zamonaviy tibbiyot o‘rtasidagi integratsiyani chuqurlashtirish hamda yosh kadrlarni tayyorlash borasidagi salohiyatini yangi bosqichga olib chiqadi.
Yakuniy nazorat: Farmatsiya yo‘nalishidagi talabalar test sinovlarini topshirdi
19.06.2025 2025-06-19 15:23🗓 2025-yil 17-iyun kuni Buxoro davlat tibbiyot institutida Farmatsiya yo‘nalishi talabalari uchun yakuniy test nazorat imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

📍 Ushbu jarayon korruptsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi nazorati ostida, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etildi.

🧪 Imtihonlarda ishtirok etgan talabalar o‘z fanlari bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Test sinovlari belgilangan tartibda, adolatli va oshkora muhitda o‘tkazildi.

👁🗨 Korruptsion holatlarning oldini olish, akademik halollikni ta’minlash, shaffof baholash tizimini shakllantirish maqsadida komplaens-nazorat guruhi a’zolari tomonidan nazorat choralari amalga oshirildi.
📌 Test natijalari tahlil qilinib, har bir talabaning natijalari elektron tizim orqali ochiq e’lon qilinadi. Bu esa bilimga asoslangan baholash tamoyilini mustahkamlaydi.
“Dolzarb 30 kun” doirasida BuxDTIda yong‘in xavfsizligiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
19.06.2025 2025-06-20 11:22🗓 Bugun, 2025-yil iyun oyida Buxoro davlat tibbiyot institutida Buxoro shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tashabbusi bilan “Dolzarb 30 kun” tadbiri doirasida yong‘in xavfsizligiga bag‘ishlangan yig‘ilish tashkil etildi.


📌 Ma’lumki, 2025-yil 20-maydan 20-iyungacha bo‘lgan davrda yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan fasl munosabati bilan Buxoro shahrida turli muassasa va tashkilotlarda yong‘inlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar bosqichi e’lon qilingan.


🏢 Shu munosabat bilan BuxDTIda tashkil etilgan yig‘ilishda institut xodimlari, muhandis-texnik xizmati vakillari hamda Favqulodda vaziyatlar sohasidagi mutaxassislar ishtirok etdi.


🧯 Tadbir davomida ishtirokchilarga yong‘in xavfsizligi qoidalari, favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish tartibi, binolarda xavfsizlik vositalarining to‘g‘ri ishlashi yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
Vakillarimiz Sog’liq bilimlari univrsitetida
18.06.2025 2025-06-18 9:242024-yilning 16–19-iyun kunlari Istanbul shahrida nufuzli “Times Higher Education” (THE) agentligi tomonidan tashkil etilgan “Global Sustainable Development Congress” – Barqaror rivojlanish bo‘yicha xalqaro kongress bo‘lib o‘tmoqda.


Xizmat safari davomida institutning hamkor oliy ta’lim muassasasi bo’lgan Sog’liq bilimlari universiteti prorektorlari prof. Murat Elevli va prof. Yunus Karakoch bilan ikki tomonlama faoliyat masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Safar davomida hozirda amalga oshirib kelinayotgan loyihalar, kelajakda amalga oshiriladigan ishlar, jumladan, fundamental fanlar doirasida qo’shma ilmiy-tadqiqotlar o’tkazish, ikki tomonlama almashinuv dasturlarini ilmiy sohada kengaytirish ahamiyatli ekanligi qayd etildi.
