How may we help you?

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida Finlyandiyaning yetakchi taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalari vakillari ishtirokida muhim uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Tashrif doirasida Eastern Finland University (UEF) va Natural Resources Institute Finland (LUKE) tashkilotlaridan kelgan mutaxassislar — Ms. Roseanna Avento va Ms. Annika Männikkö o‘z sohalaridagi ilmiy tajriba va bilimlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Oziq-ovqat xavfsizligi, jamoat salomatligi va gender tengligi masalalari

UEF xalqaro rivojlanish menejeri, soha mutaxassisi Ms. Roseanna Avento o‘z ma’ruzasida oziq-ovqat xavfsizligi, taʼlimda gender tengligi va jamoat salomatligini taʼminlashda raqamli modellardan foydalanish masalalariga to‘xtalib o‘tdi. U oliy taʼlim muassasalarida nutritsion xavfsizlikni taʼminlashda strategik yondashuvlarni, shuningdek, ayollar salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar haqida fikr bildirdi.

LUKE instituti tadqiqotchisi Ms. Annika Männikkö, shu bilan birga University of Helsinki doktoranti sifatida, mahalliy chorva zotlarining iqlimga moslashish mexanizmlarini o‘rganish bo‘yicha genomik tadqiqotlar olib bormoqda. Uning mutaxassisligi bioinformatika, genomika va transkriptomika sohalarini qamrab oladi. Ushbu sohalardagi tajribasi Buxoro davlat tibbiyot instituti olimlari uchun yangi tadqiqot yo‘nalishlarini ochib berdi.

Uchrashuv doirasida tomonlar quyidagi sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishib oldilar:

Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha qo‘shma tadqiqot va taʼlim dasturlari;

Talaba va tadqiqotchilar uchun akademik mobillik imkoniyatlari;

Bioinformatika va genomika bo‘yicha o‘quv modullarini ishlab chiqish;

Gender Studies va Community Health yo‘nalishlarida raqamli taʼlim platformalarini yaratish.

Mazkur tashrif – Buxoro davlat tibbiyot institutining xalqaro miqyosdagi ilmiy hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan izchil siyosati doirasidagi muhim qadam hisoblanadi. Tadqiqotchilarning tajribasi va ilmiy yondashuvlari institutda taʼlim va ilm-fan rivojining yangi bosqichini taʼminlashga xizmat qiladi.

Uchrashuvda BuxDTIning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, tibbiyot fanlari doktori, professor Gavhar Jarlikasinova, xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Olima Vohidova, shuningdek, tegishli kafedralar mudirlari va yetakchi olimlar ishtirok etdi.

🎗Shulardan 6 nafari qishki, 23 nafari esa kunduzgi qabul asosida tahsil oldi. Ular ilmiy rahbarlari boshchiligida olib borgan ilmiy izlanishlarini muvaffaqiyatli yoqlab, magistr darajasini qo‘lga kiritdilar.

🔗Magistratura — chuqur ilmiy izlanish, mustaqil fikrlash va kasbiy yetuklik sari qo‘yilgan muhim qadamdir.

🔍Mazkur bosqich bitiruvchilarga tibbiyotning dolzarb masalalariga ilmiy yondashuv asosida yechim topish, sohaga yangicha qarash va professional o‘sish imkonini beradi.

💠Yurtimiz tibbiyot sohasida malakali, bilimli va fidokor mutaxassislar safi kengayib bormoqda.

1-А/528-sonli buyruqqa asosan, 2025-yil iyun oyida barcha mustaqil izlanuvchilar, doktorantlar va tayanch doktorantlar uchun ilmiy faoliyat monitoringi o‘tkaziladi.


Monitoringdan asosiy maqsad — ilmiy ishlar bo‘yicha hujjatlarning daraja.ilmiy.uz platformasiga o‘z vaqtida va to‘liq yuklanganligini, shuningdek, ularning belgilangan tartibda rasmiylashtirilganligini nazorat qilishdir.

Monitoring davomida komissiya quyidagilarni tekshiradi:
• daraja.ilmiy.uz saytiga hujjatlarning yuklanganligi;
• hujjatlarning mavjudligi va ularning belgilangan mezonlarga muvofiqligi.

Monitoring jadvali

Ilmiy tadqiqotchilarMonitoring sanasi
11-kurs doktorant va tayanch doktorantlar23.06.2025 09:00–13:00
22-kurs doktorant va tayanch doktorantlar24.06.2025 09:00–13:00
33-kurs doktorant va tayanch doktorantlar25.06.2025 09:00–13:00
41-yil mustaqil tadqiqotchilar23.06.2025 14:00–17:00
52-yil mustaqil tadqiqotchilar24.06.2025 14:00–17:00
63-yil mustaqil tadqiqotchilar25.06.2025 14:00–17:00


❗ Diqqat! Monitoringda ishtirok etmagan yoki hujjatlari to‘liq bo‘lmagan izlanuvchilar ilmiy izlanuvchilar safidan chiqarilishi mumkin.

📩 Qo‘shimcha savollar uchun murojaat: https://t.me/BDTI_Mustaqil

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti hamda N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti o‘rtasidagi “Davolash ishi” bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturining ilk bitiruvchilari davlat imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirdilar.

🔗Davlat attestatsiyasi ikki bosqichda o‘tkazildi. Unda 11 nafar talaba ishtirok etdi. 24-iyun kuni bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turgan Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori, professor Shuhrat Teshayev Kunming shahrida joylashgan nufuzli oliy ta’lim muassasasi — Kunming Medical Universityda bo‘lib, ushbu universitet bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi.
Kelishuvga ko‘ra, ikki tomonlama ta’lim va tibbiyot sohalarida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Jumladan, talabalar, magistrantlar va klinik ordinatorlar almashinuvi rejalashtirilgan, shuningdek, universitetning hamshiralik markazi va klinikalari faoliyati bilan tanishildi. Kelgusida KMU professorlari BuxDTI klinik bazalarida stajirovka o‘tashi, jarrohlik amaliyotlarida ishtirok etishi belgilab olindi.

Kunming Medical University — Yunnan tibbiyotining tayanch ustuni
1933-yilda tashkil etilgan Kunming Medical University (KMU) Xitoy janubi-g‘arbida, Yunnan provinsiyasida joylashgan va bugungi kunda mintaqaning eng yirik tibbiyot oliygohlaridan biri sanaladi. Unda 20 mingdan ortiq talaba tahsil oladi, ularning katta qismi bakalavr, magistratura, doktorantura hamda xalqaro dasturlar bo‘yicha o‘qiydi. 40 dan ortiq davlatdan kelgan xorijiy talabalar ham tahsil olmoqda.
Universitetda 6000 dan ortiq professor-o‘qituvchi va klinik mutaxassislar faoliyat yuritadi. Ta’lim jarayoni klinik amaliyotga yaqinlashtirilgan va ilg‘or ilmiy asoslar bilan boyitilgan.

Fakultetlar va yo‘nalishlar
Universitetda quyidagi muhim yo‘nalishlar mavjud:

  • Klinik tibbiyot, asosiy tibbiyot fanlari, stomatologiya, farmatsiya,
  • Hamshiralik, jamoat salomatligi, psixologiya va ruhiy salomatlik,
  • Tibbiy laboratoriya texnologiyalari,
  • Xalqaro tibbiyot (MBBS dasturi ingliz tilida).

Klinik bazalar va ilmiy muassasalar
KMU tarkibida 9 ta klinik shifoxona, shu jumladan, 7 tasi “uchinchi darajali A” toifadagi yetakchi tibbiyot muassasalaridir. Shuningdek, quyidagi markazlar faoliyat yuritadi:

  • Yunnan viloyat onkologiya markazi,
  • Organ transplantatsiyasi markazi,
  • Infeksiyalar va yallig‘lanish bo‘yicha ilmiy markazlar,
  • Biotibbiyot muhandisligi va farmatsevtika institutlari,
  • An’anaviy tabobatga ixtisoslashgan dorivor o‘simliklar markazi.
    Universitet 100 dan ortiq klinik-amaliyot bazasiga ega.
    _
    KMU 90 dan ortiq mamlakat va tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirgan. MBBS dasturi orqali ingliz tilida ta’lim oluvchi talabalar soni ortib bormoqda. Universitet xalqaro darajadagi ilmiy-tadqiqotlar, zamonaviy texnologiyalar va tibbiy tajriba almashinuvida yetakchi o‘rin egallaydi.

Kunming Medical University — zamonaviy tibbiyot, klinik tajriba, farmatsiya, sog‘liqni saqlash va xalqaro tibbiy hamkorlik sohalarida yuqori salohiyatli ta’lim maskanidir. Buxoro davlat tibbiyot instituti bilan imzolangan hamkorlik esa ikki tomonlama rivojlanishga yangi ufqlar ochadi.

Abu ALi ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori, professor Shuhrat Teshayev boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safari bilan bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida institut tomonidan Xitoyning bir qator nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan uchrashuvlar tashkil etildi va hamkorlikni rivojlantirishga oid qator masalalar muhokama qilindi.

Mazkur tashrif davomida institut Xitoyning yetakchi tibbiyot oliygohlaridan biri — Yunnan University of Chinese Medicine (YUTCM) bilan o‘zaro anglashuv memorandumi imzoladi.

1960-yilda tashkil etilgan Yunnan University of Chinese Medicine – Xitoydagi yirik davlat universitetlaridan biri bo‘lib, an’anaviy xitoy tabobati, dorivor o‘simliklar bilan davolash, fizioterapiya, igna bilan davolash (akupunktura), sog‘liqni saqlashni boshqarish, hamshiralik ishi kabi yo‘nalishlarga ixtisoslashgan.

Hozirda ushbu universitetda 25 mingga yaqin talaba tahsil olmoqda, ularning yuzlab qismi xorijlik talabalar hisoblanadi.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda Xitoyda tibbiy amaliyotning 50 foizidan ortig‘i xalq tabobatiga asoslangan bo‘lib, Yunnan University of Chinese Medicine mazkur sohaning yetakchi ta’lim va ilmiy markazlaridan biridir.

Imzolangan memorandum quyidagi asosiy yo‘nalishlarda hamkorlikni ko‘zda tutadi:

Talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi;

Qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish;

Ilmiy-tadqiqot ishlarini birgalikda olib borish va dissertatsiyalarni hamkorlikda himoya qilish;

Dorivor o‘simliklarni yetishtirish, ularni o‘rganish va amaliyotga tadbiq qilish;

Klinik-amaliy tajriba almashinuvi va xalqaro stajirovkalarni tashkil etish.

Ushbu hamkorlik Buxoro davlat tibbiyot institutining xalqaro miqyosdagi ilmiy-ta’lim aloqalarini mustahkamlash, xalq tabobati va zamonaviy tibbiyot o‘rtasidagi integratsiyani chuqurlashtirish hamda yosh kadrlarni tayyorlash borasidagi salohiyatini yangi bosqichga olib chiqadi.