Yakuniy nazorat: Farmatsiya yo‘nalishidagi talabalar test sinovlarini topshirdi
19.06.2025 2025-06-19 15:23🗓 2025-yil 17-iyun kuni Buxoro davlat tibbiyot institutida Farmatsiya yo‘nalishi talabalari uchun yakuniy test nazorat imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

📍 Ushbu jarayon korruptsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi nazorati ostida, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etildi.

🧪 Imtihonlarda ishtirok etgan talabalar o‘z fanlari bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Test sinovlari belgilangan tartibda, adolatli va oshkora muhitda o‘tkazildi.

👁🗨 Korruptsion holatlarning oldini olish, akademik halollikni ta’minlash, shaffof baholash tizimini shakllantirish maqsadida komplaens-nazorat guruhi a’zolari tomonidan nazorat choralari amalga oshirildi.
📌 Test natijalari tahlil qilinib, har bir talabaning natijalari elektron tizim orqali ochiq e’lon qilinadi. Bu esa bilimga asoslangan baholash tamoyilini mustahkamlaydi.
“Dolzarb 30 kun” doirasida BuxDTIda yong‘in xavfsizligiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
19.06.2025 2025-06-20 11:22🗓 Bugun, 2025-yil iyun oyida Buxoro davlat tibbiyot institutida Buxoro shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tashabbusi bilan “Dolzarb 30 kun” tadbiri doirasida yong‘in xavfsizligiga bag‘ishlangan yig‘ilish tashkil etildi.


📌 Ma’lumki, 2025-yil 20-maydan 20-iyungacha bo‘lgan davrda yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan fasl munosabati bilan Buxoro shahrida turli muassasa va tashkilotlarda yong‘inlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar bosqichi e’lon qilingan.


🏢 Shu munosabat bilan BuxDTIda tashkil etilgan yig‘ilishda institut xodimlari, muhandis-texnik xizmati vakillari hamda Favqulodda vaziyatlar sohasidagi mutaxassislar ishtirok etdi.


🧯 Tadbir davomida ishtirokchilarga yong‘in xavfsizligi qoidalari, favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish tartibi, binolarda xavfsizlik vositalarining to‘g‘ri ishlashi yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
Vakillarimiz Sog’liq bilimlari univrsitetida
18.06.2025 2025-06-18 9:242024-yilning 16–19-iyun kunlari Istanbul shahrida nufuzli “Times Higher Education” (THE) agentligi tomonidan tashkil etilgan “Global Sustainable Development Congress” – Barqaror rivojlanish bo‘yicha xalqaro kongress bo‘lib o‘tmoqda.


Xizmat safari davomida institutning hamkor oliy ta’lim muassasasi bo’lgan Sog’liq bilimlari universiteti prorektorlari prof. Murat Elevli va prof. Yunus Karakoch bilan ikki tomonlama faoliyat masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Safar davomida hozirda amalga oshirib kelinayotgan loyihalar, kelajakda amalga oshiriladigan ishlar, jumladan, fundamental fanlar doirasida qo’shma ilmiy-tadqiqotlar o’tkazish, ikki tomonlama almashinuv dasturlarini ilmiy sohada kengaytirish ahamiyatli ekanligi qayd etildi.

Yuksak bilim, yorqin istiqbol sari yo‘l: litsey bitiruvchilariga diplom topshirildi
17.06.2025 2025-06-18 9:43Bugun Buxoro shahridagi Yoshlar markazida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi akademik litseyning 2024/2025 o‘quv yili bitiruvchilari uchun tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Litseyning 2-kursini muvaffaqiyatli tamomlagan 241 nafar bitiruvchi ushbu quvonchli va hayajonli onlarga guvoh bo‘ldi.


Tadbirda institut rektori, professor Shuhrat Teshayev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Azamat Naimov, Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari Hafiza Artikova ishtirok etib, bitiruvchilarni tabrikladilar va ularga kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tiladilar.


Bu yilgi bitiruvchilarning 220 nafari milliy va xalqaro fanlar bo‘yicha sertifikatlarga ega bo‘lishdi. Ularning 25 nafari esa 4–5 tadan sertifikat olib, muddati tugamasidan turib oliy ta’lim muassasalariga talabalikka sazovor bo‘ldilar. 10 nafar iqtidorli o‘quvchi litseyning “Iftixori” stipendiyasi sohibi bo‘ldi.


Shuningdek, marosim davomida:
5 nafar bitiruvchiga “Oltin medal”,
1 nafariga “Kumush medal”,
84 nafariga esa imtiyozli diplomlar topshirildi.
Litseyning bugungi bitiruvchilari o‘z bilim va salohiyatlari bilan nafaqat yurtimizdagi, balki jahon miqyosidagi eng nufuzli oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilinishmoqda. Ular qatorida:
Angliyaning University College London, Imperial College London,
AQShning Arizona State University, California Institute of Technology, Boston University, Colorado University,
Rossiyaning Pirogov instituti va Qozon davlat universiteti,
Koreya Milliy universiteti hamda Inha universiteti,
Singapur Milliy universiteti va Singapur Iqtisodiyot universiteti kabi yetakchi oliygohlar bor.
Aksariyat bitiruvchilar esa Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida o‘qishni davom ettirishni maqsad qilgan.
Marosimda alohida quvonchli lahzalar bo‘ldi. Litsеy direktori Ra’no Ismatova o‘z farzandlaridek mehr qo‘ygan, yillar davomida tarbiyalab voyaga yetkazgan shogirdlarini ko‘zda quvonch yoshi bilan mustaqil hayot sari kuzatar ekan, ularning yutuqlaridan faxrlanayotganini yashira olmadi.


Bu quvonchli va esda qolarli daqiqalar har bir bitiruvchi hayotida unutilmas iz qoldirdi. Ularning bugungi yutuqlari, shubhasiz, ertangi buyuk marralarga boshlovchi poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
MIGRATSIYAGA KETMOQCHI BO‘LGAN YOSHLAR VA FUQAROLAR DIQQATIGA!
17.06.2025 2025-06-18 11:03✈️Chet elda ishlashni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, tartibli va qonuniy migratsiya yo‘li bilan yo‘lga chiqing!
📌Endilikda siz maxsus bot orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, ruxsat etilgan, ishonchli ish beruvchilar orqali xorijda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish imkoniga egasiz.
✅Arizangiz rasmiy tartibda ko‘rib chiqiladi
✅Ish joyi, yashash va yo‘l xarajatlari haqida oldindan to‘liq ma’lumot beriladi
✅Firibgarlikdan himoyalanasiz
📲Ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi botga murojaat qiling:
➡️ @BuxoroMigratsiya_Bot
‼️Ruxsatsiz va noqonuniy yo‘llar orqali migratsiyaga ketish hayotingiz uchun xavf tug‘diradi. Xavfsiz yo‘lni tanlang — ruxsat etilgan migratsiya!
BuxDTI va Burdur Mehmet Akif Ersoy Universiteti o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilаdi
17.06.2025 2025-06-18 11:572024-yilning 16–19-iyun kunlari Istanbul shahrida nufuzli “Times Higher Education” (THE) agentligi tomonidan tashkil etilgan “Global Sustainable Development Congress” – Barqaror rivojlanish bo‘yicha xalqaro kongress bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur xalqaro anjumanda iqlim o‘zgarishi, inklyuzivlik, ta’lim tizimining barqaror rivojlanishdagi o‘rni, raqamli transformatsiya, ilm-fan va jamiyat manfaatlari kabi muhim yo‘nalishlarda panel sessiyalar, seminarlar hamda ochiq muloqotlar tashkil etilgan.

Ushbu kongressda ishtirok etgan Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti prorektori Laziz Niyazov Turkiyaning qator nufuzli oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan muloqotlar olib bordi. Xususan, Burdur Mehmet Akif Ersoy Universiteti (MAKÜ) bilan ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.

🤝 Endilikda BuxDTI va MAKÜ o‘rtasida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi:
Ilmiy va ma’muriy xodimlar almashinuvi;
Talabalar almashinuvi va ularni joylashtirish;
Dissertatsiya ishlarini olib borish;
Hamkorlikdagi ilmiy loyihalarni amalga oshirish;
Ma’ruzalar, simpoziumlar, kongresslar, konferensiyalar tashkil etish;
Akademik ma’lumot va materiallar almashinuvi;
O‘zaro manfaatli ilmiy va madaniy sohalarda doimiy hamkorlikni rivojlantirish.
📌 Ma’lumot uchun: Burdur Mehmet Akif Ersoy Universiteti (MAKÜ) — Turkiyaning janubi-g‘arbida, Burdur shahrida joylashgan davlat oliy o‘quv yurti bo‘lib, 2006-yilda tashkil etilgan. Universitetda 30 mingga yaqin talaba, 1000 dan ortiq professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi.

MAKÜ 2025-yilgi Times Higher Education reytingida 1501+ o‘rinni egallagan. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, veterinariya, qishloq xo‘jaligi, muhandislik va ijtimoiy fanlar yo‘nalishlarida ixtisoslashgan. Universitet Erasmus+, Mevlana va boshqa xalqaro dasturlar orqali 40 dan ortiq davlat bilan hamkorlik qiladi.
