How may we help you?

Joriy yilning 16–19-iyun kunlari Istanbul shahrida nufuzli “Times Higher Education” (THE) agentligi tomonidan uyushtirilgan “Global Sustainable Development Congress” — Barqaror rivojlanish bo‘yicha xalqaro kongress bo‘lib o‘tmoqda.

🌍 Ushbu yirik xalqaro anjuman doirasida iqlim o‘zgarishi, inklyuzivlik, ta’lim tizimining global barqaror rivojlanishdagi o‘rni, raqamli transformatsiya, ilm-fan va jamiyat manfaatlari kabi dolzarb yo‘nalishlarda panel sessiyalar, seminar va ochiq muloqotlar tashkil etilgan.

Dunyoning 100 dan ortiq mamlakatidan 5000 nafardan ziyod delegatlar ishtirok etayotgan kongressda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan yurtimizning 9 ta yetakchi oliy ta’lim muassasasi o‘z pavionlari bilan qatnashmoqda.

Buxoro davlat tibbiyot instituti vakillari ham mazkur nufuzli xalqaro tadbirda faol ishtirok etmoqda. Institut pavioni doirasida ta’lim dasturlari, ilmiy va innovatsion ishlanmalar, xalqaro hamkorlikdagi tashabbuslar, ayniqsa sog‘liqni saqlash tizimidagi barqaror rivojlanishga qaratilgan loyihalar namoyish etilmoqda.

🔹 Bunday xalqaro maydonda ishtirok etish:

xorijiy talabalar va professor-o‘qituvchilarni jalb qilish;

qo‘shma ilmiy tadqiqot va maqolalarni rivojlantirish;

ta’lim eksporti va xalqaro grantlarni oshirish;

institut salohiyati va brendini dunyoga tanitishda muhim ahamiyat kasb etadi.

📊 Kongress yakunida “THE Impact Ranking – 2025” natijalari ham e’lon qilinishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston oliygohlarining xalqaro reytingdagi o‘rni yana-da mustahkamlanishi kutilmoqda.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida aholining tibbiy madaniyatini oshirish, profilaktika va maqsadli davolash ishlarini joylarda tashkil etishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda bugun institut rektori, professor Shuhrat Teshaev boshchiligidagi tibbiyot sohasi mutaxassislari G‘ijduvon tumanida bo‘lib, aholi bilan sayyor qabul o‘tkazildi. Ushbu tadbirda nafaqat sog‘liqni saqlash, balki jamiyatda tibbiy madaniyatni shakllantirishga doir muhim masalalar yuzasidan joyidagi muammolar eshitildi va tegishli echimlar ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

📍 Sayyor qabul jarayonida o‘z salomatligi yuzasidan murojaat qilgan fuqarolar uchun Abu Ali ibn Sino nomidagi BuxDTI klinikasida imtiyozli davolanish imkoniyati yaratildi. Bu orqali institut nafaqat ta’lim, balki amaliy tibbiyot sohasida ham xalq xizmatida ekanini amalda namoyon etdi.

👨‍⚕️ Shuningdek, G‘ijduvon tumanidagi musiqiy maktab binosida ham keng qamrovli tibbiy ko‘riklar tashkil etildi. Ularda institutning 40 nafardan ortiq malakali mutaxassislari, professor va shifokorlar faol ishtirok etdi. Kardiolog, terapevt, ginekolog, endokrinolog, nevropatolog va boshqa yo‘nalishlardagi mutaxassislar tomonidan yuzlab fuqarolarning holati o‘rganilib, zarur tashxis va tavsiyalar berildi.

🔍 Bunday tashabbuslar jamiyatda profilaktikaga e’tiborni kuchaytirish, erta tashxis va maqsadli davolashni yo‘lga qo‘yish, aholida tibbiy xabardorlikni oshirishda muhim ahamiyatga ega.

➡️ Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rahbariyatining bu kabi joylardagi tashrif va uchrashuvlari “Dolzarb 90 kun” doirasida davom etadi.

“Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida Buxoro davlat tibbiyot instituti tomonidan aholi salomatligini mustahkamlash maqsadida G‘ijduvon tumanida sayyor qabul va bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

🔹 2025-yil 17-iyun kuni institut rektori, prof. Sh.Teshaev boshchiligidagi mutaxassislar aholi muammolarini tinglab, ularni hal etish choralarini belgilashdi.

🔹 Murojaat qilgan fuqarolarga institut klinikasida imtiyozli davolanish imkoniyati yaratildi.

🔹 Tuman musiqa maktabida o‘tkazilgan keng qamrovli tibbiy ko‘rikda 40 nafardan ortiq mutaxassislar – terapevt, kardiolog, ginekolog, endokrinolog va boshqalar yuzlab fuqarolarni qabul qilishdi.

✅ Har bir bemorga individual yondashilib, zarur tashxis va davolash tavsiyalari berildi.

🩺 Tadbir aholi orasida profilaktika, erta tashxis va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida aholining tibbiy madaniyatini oshirish, profilaktika va maqsadli davolash ishlarini joylarda tashkil etishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda bugun institut rektori, professor Shuhrat Teshaev boshchiligidagi tibbiyot sohasi mutaxassislari G‘ijduvon tumanida bo‘lib, aholi bilan sayyor qabul o‘tkazildi. Ushbu tadbirda nafaqat sog‘liqni saqlash, balki jamiyatda tibbiy madaniyatni shakllantirishga doir muhim masalalar yuzasidan joyidagi muammolar eshitildi va tegishli echimlar ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

📍 Sayyor qabul jarayonida o‘z salomatligi yuzasidan murojaat qilgan fuqarolar uchun Abu Ali ibn Sino nomidagi BuxDTI klinikasida imtiyozli davolanish imkoniyati yaratildi. Bu orqali institut nafaqat ta’lim, balki amaliy tibbiyot sohasida ham xalq xizmatida ekanini amalda namoyon etdi.

👨‍⚕️ Shuningdek, G‘ijduvon tumanidagi musiqiy maktab binosida ham keng qamrovli tibbiy ko‘riklar tashkil etildi. Ularda institutning 40 nafardan ortiq malakali mutaxassislari, professor va shifokorlar faol ishtirok etdi. Kardiolog, terapevt, ginekolog, endokrinolog, nevropatolog va boshqa yo‘nalishlardagi mutaxassislar tomonidan yuzlab fuqarolarning holati o‘rganilib, zarur tashxis va tavsiyalar berildi.

🔍 Bunday tashabbuslar jamiyatda profilaktikaga e’tiborni kuchaytirish, erta tashxis va maqsadli davolashni yo‘lga qo‘yish, aholida tibbiy xabardorlikni oshirishda muhim ahamiyatga ega.

➡️ Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rahbariyatining bu kabi joylardagi tashrif va uchrashuvlari “Dolzarb 90 kun” doirasida davom etadi


Ayni paytda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori, Xalq deputati Buxoro viloyati kengashi deputati Shuhrat Teshayevning G’ijduvon tumanidagi 62-son oilaviy poliklinikada sayyor qabuli va institut professor o’qituvchilari tomonidan kengaytirilgan tibbiy ko’rik jarayonlari bo’lib o’tmoqda.

2025-yil 17-iyun kuni Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Jumayevich Teshayevning G’ijduvon tuman aholisi uchun sayyor qabuli bo’lib o’tadi. 

Boshlanish vaqti: 10:00

📍 Manzil: 62-oilaviy poliklinika

Mazkur sayyor qabul doirasida aholining sog‘lig‘ini saqlash, kasalliklarni erta aniqlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida tibbiy ko’rik ham o‘tkaziladi.

Shuningdek, soat 10:00 da deputatning sayyor qabuli bo‘lib o‘tadi. Unda fuqarolar o‘zining ijtimoiy muammolari, taklif va fikr-mulohazalari bilan murojaat qilishlari mumkin.

Hurmatli fuqarolar! Ushbu imkoniyatdan foydalanib, o‘z salomatligingizni tekshirtirish va muammolaringiz yuzasidan murojaat qilish uchun tadbirda faol ishtirok eting!