Bosh sahifa
28.02.2022 2026-04-06 15:49Bosh sahifa
Statistika
Tayyorlangan shifokorlar
O'qituvchilar
Talabalar
Laboratoriyalar
XALQARO AKKREDITATSIYA VA E’TIROF
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti O‘zbekistondagi yetakchi va jadal rivojlanayotgan tibbiyot oliy ta’lim muassasalaridan biridir. 2022-yildan boshlab u respublikadagi birinchi raqamli tibbiyot oliy ta’lim muassasasi sifatida e’tirof etilgan.
Bugungi kunda institutda dunyoning 25 ta davlatidan kelgan talabalar tahsil olmoqda, bu esa institutning tobora ortib borayotgan xalqaro nufuzi va jozibadorligini yaqqol namoyon etadi. Hozirgi vaqtda institutda Aljir, Azerbayjon, Banglades, Kanada, Xitoy, Misr, Fransiya, Hindiston, Eron, Isroil, Iordaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Marokash, Nepal, Pokiston, Rossiya, Shvetsiya, Tunisiya, Turkiya, Ukraina, Buyuk Britaniya, AQSh, Turkmaniston, Tojikistondan kelgan xorijiy talabalar tahsil olmoqda.
Institut ta’lim sifati va akkreditatsiya yo‘nalishida ham muhim xalqaro yutuqlarga erishgan. Hozirgi kunda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan. Xususan, “Davolash ishi” va “Stomatologiya” bakalavriat ta’lim dasturlari Eurasian Centre for Accreditation and Quality Assurance in Higher Education and Health Care (ECAQA) tomonidan xalqaro miqyosda akkreditatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lib, mazkur akkreditatsiya 2030-yilgacha amal qiladi.
Bundan tashqari, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti O‘zbekistondagi Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar vazirligi tomonidan rasman tan olingan yagona oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Bu esa institutda ta’lim sifatiga alohida e’tibor qaratilayotganini yana bir bor tasdiqlaydi hamda institutning xalqaro maqomini yanada mustahkamlab, uning talabalari va bitiruvchilari uchun global ta’lim va professional maydonda yanada keng imkoniyatlar yaratadi.
Missiya
O’zgaruvchan dunyo sharoitida tibbiy-pedagogik fikrlashni o’zgartira oladigan, xalq salomatligini saqlash uchun aholiga sifatli tibbiy, profilaktika, reabilitatsiya yordami ko’rsatadigan yuqori malakali, ilmiy – amaliy, raqobatbardosh xalqaro darajadagi yetakchi kadrlarni tayyorlash
Yangiliklar
“Dolzarb 30 kun” doirasida BuxDTIda yong‘in xavfsizligiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
🗓 Bugun, 2025-yil iyun oyida Buxoro davlat tibbiyot institutida Buxoro …
Vakillarimiz Sog’liq bilimlari univrsitetida
2024-yilning 16–19-iyun kunlari Istanbul shahrida nufuzli “Times Higher Education” (THE) …
Yuksak bilim, yorqin istiqbol sari yo‘l: litsey bitiruvchilariga diplom topshirildi
Bugun Buxoro shahridagi Yoshlar markazida Abu Ali ibn Sino nomidagi …
BuxDTI va Burdur Mehmet Akif Ersoy Universiteti o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilаdi
2024-yilning 16–19-iyun kunlari Istanbul shahrida nufuzli “Times Higher Education” (THE) …
E'lonlar
Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi PhD.04/13.05.2020.Tib.93.02 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar majlisi
2022 yilning 15 aprel kuni soat 14.30 da Buxoro davlat …
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI HARBIY TIBBIYOT AKADEMIYASIGA O’QISHGA MARHAMAT!
Batafsil ma’lumotlar uchun video lavha : …
SMETA , byudjet , kontrakt , SOP
Buxoro davlat tibbt institutining 2022 yil I-chorak daromad va xarajatlari …