🇹🇷🤝🇺🇿 Turkiyalik tibbiyot mutaxassislari Buxoroda: hamkorlik yangi bosqichda
13.06.2025 2025-09-03 9:58Turkiya Hamkorlik va Muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) ko‘magida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Turkiyaning yetakchi tibbiyot mutaxassislari Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida bo‘lishdi.
Tashrif davomida ular institut rektori, professor Shuhrat Teshayev bilan uchrashib, ta’lim, tibbiyot, rezidentura va kadrlar tayyorlash sohalarida hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi.
Turkiya delegatsiyasi institutning klinik bazalari, o‘quv binolari, laboratoriyalari va simulyatsion markazlari faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, institut huzuridagi Turkiya tibbiyot fakultetidagi o‘quv jarayonlariga yuqori baho berishdi.
📍 Tashrif 13–14 iyun kunlari davom etdi. Mehmonlar professor-o‘qituvchilar bilan tajriba almashib, mahorat darslari o‘tkazishdi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi tibbiy hamkorlikni chuqurlashtirish, jumladan:
yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash,
akademik almashinuvni yo‘lga qo‘yish,
zamonaviy tibbiy texnologiyalar tajribasini o‘rganish.
Delegatsiya tarkibida Prof. Dr. Serap Aykut Aka, Prof. Dr. Mehmet Ali Özatik, Dr. Alper Selim Kocaoğlu va Dr. Zinar Apaydın kabi taniqli turkiyalik mutaxassislar ham ishtirok etdi.
Bu tashrif ikki davlat o‘rtasidagi tibbiyot sohasidagi strategik hamkorlik va o‘zaro ishonchning yaqqol ifodasidir.
“Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i talabalar bilan suhbat o‘tkazdi
13.06.2025 2025-06-14 14:12Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida “korrupsiyaga qarshi kurashish” har bir talaba yoshlarning burch va shiori ostida institutimiz Korrupsiyaga qarshi kurash “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i X.B. Fayziyev Davolash yo‘nalishidagi 4-bosqich talabalari bilan suhbat o‘tkazdi.


Suhbatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonlaridan 2025-yilda Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid milliy kengash yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar bo‘yicha to’xtalib, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik, firibgarlik, ta’magirlik va boshqa salbiy holatlarning oldini olishga har bir talaba mas’ulligi to‘g‘risida tushuncha berildi.

📢 2026/2027 o‘quv yili uchun Rossiya Federatsiyasi Hukumatining kvotasi asosida ordinaturaga qabul to‘g‘risida e’lon
12.06.2025 2025-06-12 11:00Hurmatli bitiruvchilar va tibbiyot sohasidagi mutaxassislar!
2026/2027 o‘quv yili uchun Rossiya Federatsiyasi Hukumatining kvotali dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan Rossiya Federatsiyasining tibbiyot oliygohlarida ordinaturada tahsil olish uchun arizalar qabuli ochildi.
Dastur Rossotrudnichestvo, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi va Rossiya Fan va oliy ta’lim vazirligi ko‘magida amalga oshiriladi.
🩺 Yo‘nalish: Ordinatura (tibbiy mutaxassislik)
🌍 Ta’lim shakli: Bepul, Rossiya Federatsiyasi federal byudjeti hisobidan
📅 Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2025 yil 13 iyungacha
📌 Talab etiladi:
- Rossiyada ordinaturada o‘qishga bo‘lgan qiziqishni tasdiqlash
- Kerakli kvotalar soni va ustuvor ta’lim yo‘nalishlarini ko‘rsatish
📞 Mas’ul shaxs (konsultatsiya va ma’lumot uchun):
Egorov Nikita Sergeyevich
📧 Elektron pochta: n.egorov@rs.gov.ru
📱 Telefon: +998 (90) 399-25-84
Iltimos, barcha qiziqqan nomzodlar belgilangan muddat ichida arizalari va takliflarini topshirishsin.
Kvota dasturida ishtirok etish — Rossiyaning yetakchi ta’lim muassasalarida sifatli tibbiy ta’lim olish va kasbiy rivojlanish uchun noyob imkoniyatdir.
Dolzarb 90 kun doirasida vazirlik rahbariyati institutda bo’ldi.
12.06.2025 2025-06-14 9:56➡️“Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasidа bugun Buxoro davlat tibbiyot institutiga “Dolzarb 90 kunlik” doirasida amalga oshirilayotgan ishlani o’rganish maqsadida Oly ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri maslahatchisi A.Rizayev hamda vazirlik bo’lim boshligi S.Sanakulov tashrif buyurdi.


Tashrif davomida ta’lim sifati, ilmiy-tadqiqot ishlari, labaratoriya, simulyatsiya markazi, institut klinikasi va talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.
Bundan tashqari dolzarb 90 kunlik doirasida amalga oshirilgan debatda ham qatnashdi.


Debat – O‘zbekiston yoshlari birlashaylik! g‘oyasini anglash!
🏛Bugun, joriy yilning 12-iyun kuni, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti faollar zalida “Dolzarb 90 kun” doirasida “O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!” g‘oyasini anglash mavzusida ochiq muloqot va munozaralarga boy debat bo‘lib o‘tdi.
🎗Tadbir davomida talaba-yoshlar tomonidan mazkur g‘oyaning dolzarbligi, uning jamiyatdagi birlashuv, hamjihatlik va yoshlarning faolligini oshirishdagi o‘rni keng muhokama qilindi.


👥Tadbir yoshlar o‘rtasida ijtimoiy faollik, vatanparvarlik ruhini mustahkamlash hamda ular o‘rtasida do‘stlik va hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qildi.
Tadbirda g’olib jamoalar:
🥇-o’rin: Intellekt jamoasi;
🥈-o’rin: Sinafs jamoasi;
🏆G’olib jamoalar diplom bilan taqdirlandi.
🎗Debatda faol qatnashgan Biotibbiyot va Turkiya tibbiyoti fakulteti jamoalari tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

🎉 Xushxabar! Yoshlar festivali doirasida o‘tkazilgan turnirda biz birinchi bo‘ldik!!
09.06.2025 2025-06-12 14:48Sahnada “Zakovat” o‘yinlarining g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇 1-o‘rinni — Buxoro davlat tibbiyot institutining “Dream team” jamoasi;
🥈 2-o‘rinni — Buxoro davlat universitetining “F8” jamoasi;
🥉 3-o‘rinni — Buxoro davlat texnika universitetining “Misteriya” jamoasi qo‘lga kiritdi.


G‘oliblar viloyat hokimi Botir Zaripov tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


“Yoshlar oyligi” doirasida tibbiy seminar tashkil etildi
09.06.2025 2025-06-11 16:34🏛Bugun, 9-iyun kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Yoshlar oyligi” doirasida muhim o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.



📑Seminar mavzusi — “O‘z joniga qasd qilgan yoki nostandart vaziyatlarda tan jarohati olgan shaxslarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish” bo‘lib, tadbir davomida talaba-yoshlar va tibbiyot sohasidagi mutaxassislar ushbu holatlarda zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalar va nazariy bilimlarni mustahkamlashdi.

