Buxoro davlat tibbiyot institutida Davlat attestatsiya komissiyasi raisi professor Husnitdin Irisaliev ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
09.06.2025 2025-06-10 11:31O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Buxoro davlat tibbiyot institutiga Davlat attestatsiya komissiyasi raisi sifatida yuborilgan professor Husnitdin Irisaliev institut rektori Shuhrat Teshaev hamrohligida bitiruvchi kurs talabalari bilan uchrashdi.


Uchrashuv davomida professor Irisaliev talabalar bilan samimiy muloqotda bo‘lib, ularning ta’lim jarayoni, kasbiy tayyorgarlik darajasi hamda kelgusidagi mehnat faoliyatiga oid fikr va takliflarini tingladi. Talabalarga mutaxassislikka oid amaliy tavsiyalar berildi.


Tashrif doirasida professor Irisaliev institutning bir qator muhim obyektlari — Axborot-resurs markazi (ARM), zamonaviy smart issiqxona va klinika faoliyati bilan tanishdi. Mazkur markazlar ta’lim va ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etishda muhim o‘rin tutayotgani alohida ta’kidlandi.

⚡️Buxoro shahrida XXI an’anaviy “Ipak va ziravorlar” festivalining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
06.06.2025 2025-06-10 10:46Institut talabalari va professor o’qituvchilari ham xalqaro festivalda ishtirok etmoqda.







🎓 Tibbiy ta’lim 4.0: Qarag‘andada VII Markaziy Osiyo forumi bo‘lib o‘tdi
05.06.2025 2025-06-09 11:052025-yil 2–3-iyun kunlari Qozog‘istonning Qarag‘anda tibbiyot universitetida universitetning 75 yilligiga bag‘ishlangan “Tibbiy ta’lim 4.0: global tendensiyalar va mahalliy yechimlar” mavzusidagi VII Markaziy Osiyo xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi.

🌍 Forumda Qozog‘iston, Markaziy Osiyo davlatlari, Rossiya, Yevropa va G‘arbiy Hindistondan 100 dan ortiq mutaxassislar, sog‘liqni saqlash vazirliklari, universitetlar va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

🔬 Tadbirda tibbiy ta’limda raqamlashtirish, simulyatsion ta’lim, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, xalqaro tajriba almashinuvi va hamkorlik kabi dolzarb yo‘nalishlar muhokama qilindi. Mehmonlar eng so‘nggi texnologiyalar, sun’iy intellekt asosidagi o‘quv dasturlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

🇺🇿 Forumda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutidan o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Gavhar Jarilkasinova ham ishtirok etdi. Qarag‘anda universiteti bilan 2012-yildan beri yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik doirasida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, simulyatsion markazlar, xalqaro akkreditatsiyaga tayyorgarlik va ilmiy loyihalar yo‘nalishida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

🤝 Forum doirasida Erasmus+ Bernica loyihasining navbatdagi uchrashuvi ham o‘tkazildi. Loyiha sog‘lom ovqatlanish targ‘iboti orqali aholining sog‘lig‘ini mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, Yevropa (Avstriya, Turkiya) va Markaziy Osiyo hamkorlari bilan birgalikda olib borilmoqda.

🎉 Qarag‘anda tibbiyot universitetini yubiley bilan tabriklaymiz! Yangi ilmiy yutuqlar, barqaror taraqqiyot va xalqaro muvaffaqiyatlar tilaymiz!
“Farovon oila sari” oyligi doirasida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi!
05.06.2025 2025-06-09 10:15🏛Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida “Farovon oila sari” oyligi doirasida bolajonlar uchun quvonchli va rang-barang bayram tadbiri tashkil etildi.




📣Tadbir davomida kichkintoylarga mo‘ljallangan ko‘ngilochar dasturlar, ayiqchalar ishtirokidagi jonli sahna ko‘rinishlari, shirinliklar va sovg‘alar ulashildi. Bayram yakunida esa esdalik uchun suratga tushish imkoniyati yaratildi.




🖌Bu kabi tadbirlar bolalar qalbida unutilmas taassurotlar qoldirib, ularning baxtiyorlik va mehr-muhabbat muhitida ulg‘ayishiga xizmat qiladi.




🏆 Buxoro viloyatida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida mini futbol bo‘yicha viloyat birinchiligi davom etmoqda
05.06.2025 2025-06-09 9:32⚽️ 4-iyun kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi bahsda Buxoro davlat universiteti hamda Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoalari o‘zaro kuch sinashishdi. Uchrashuv yuqori tempda, murosasiz va hayajonli ruhda o‘tdi.


Tomoshabinlar son-sanoqsiz gollar va mahoratli o‘yin guvohi bo‘lishdi. O‘yinda har ikkala jamoa hujumkor uslubda harakat qilgan bo‘lsa-da, yakunda tibbiyot institutining jamoasi 4:3 hisobida zafar quchdi.

Mazkur g‘alaba tibbiyot institutining jamoaviy harakatlari, jismoniy tayyorgarligi va taktik ustunligini yana bir bor tasdiqladi. Ularning keyingi bosqichga ishonch bilan yo‘l olgani musobaqaning keskin va qiziqarli davom etishini ko‘rsatmoqda.

📣 Eslatib o‘tamiz, Buxoro viloyati oliy ta’lim muassasalari pedagog xodimlari va professor-o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan mazkur musobaqa sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, o‘zaro do‘stona aloqalarni mustahkamlash va jismoniy faollikni oshirishga qaratilgan.

🥅 Keyingi bellashuvlar yanada qiziqarli bo‘lishi kutilmoqda. Sport va do‘stlik birligi davom etmoqda!

Qabul
05.06.2025 2025-06-12 10:17
Manzil – Buxoro sh., G’ijduvon ko’chasi, 23
