Bosh sahifa
28.02.2022 2026-04-06 15:49Bosh sahifa
Statistika
Tayyorlangan shifokorlar
O'qituvchilar
Talabalar
Laboratoriyalar
XALQARO AKKREDITATSIYA VA E’TIROF
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti O‘zbekistondagi yetakchi va jadal rivojlanayotgan tibbiyot oliy ta’lim muassasalaridan biridir. 2022-yildan boshlab u respublikadagi birinchi raqamli tibbiyot oliy ta’lim muassasasi sifatida e’tirof etilgan.
Bugungi kunda institutda dunyoning 25 ta davlatidan kelgan talabalar tahsil olmoqda, bu esa institutning tobora ortib borayotgan xalqaro nufuzi va jozibadorligini yaqqol namoyon etadi. Hozirgi vaqtda institutda Aljir, Azerbayjon, Banglades, Kanada, Xitoy, Misr, Fransiya, Hindiston, Eron, Isroil, Iordaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Marokash, Nepal, Pokiston, Rossiya, Shvetsiya, Tunisiya, Turkiya, Ukraina, Buyuk Britaniya, AQSh, Turkmaniston, Tojikistondan kelgan xorijiy talabalar tahsil olmoqda.
Institut ta’lim sifati va akkreditatsiya yo‘nalishida ham muhim xalqaro yutuqlarga erishgan. Hozirgi kunda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan. Xususan, “Davolash ishi” va “Stomatologiya” bakalavriat ta’lim dasturlari Eurasian Centre for Accreditation and Quality Assurance in Higher Education and Health Care (ECAQA) tomonidan xalqaro miqyosda akkreditatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lib, mazkur akkreditatsiya 2030-yilgacha amal qiladi.
Bundan tashqari, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti O‘zbekistondagi Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar vazirligi tomonidan rasman tan olingan yagona oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Bu esa institutda ta’lim sifatiga alohida e’tibor qaratilayotganini yana bir bor tasdiqlaydi hamda institutning xalqaro maqomini yanada mustahkamlab, uning talabalari va bitiruvchilari uchun global ta’lim va professional maydonda yanada keng imkoniyatlar yaratadi.
Missiya
O’zgaruvchan dunyo sharoitida tibbiy-pedagogik fikrlashni o’zgartira oladigan, xalq salomatligini saqlash uchun aholiga sifatli tibbiy, profilaktika, reabilitatsiya yordami ko’rsatadigan yuqori malakali, ilmiy – amaliy, raqobatbardosh xalqaro darajadagi yetakchi kadrlarni tayyorlash
Yangiliklar
🇹🇷🤝🇺🇿 Turkiyalik tibbiyot mutaxassislari Buxoroda: hamkorlik yangi bosqichda
Turkiya Hamkorlik va Muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) ko‘magida O‘zbekistonga tashrif buyurgan …
Dolzarb 90 kun doirasida vazirlik rahbariyati institutda bo’ldi.
➡️“Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasidа bugun Buxoro davlat tibbiyot institutiga …
🎉 Xushxabar! Yoshlar festivali doirasida o‘tkazilgan turnirda biz birinchi bo‘ldik!!
Sahnada “Zakovat” o‘yinlarining g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Yakuniy …
E'lonlar
Tibbiyot fanlari falsafa doktori (PhD) Mustafayeva Feruza Abulovnaning dissertatsiya himoyasi haqida
“Tos a’zolarining yallig’lanish kasalligi bo’lgan ayollarda immunitet holatini baholashga differentsial …
Ilmiy seminar majlisi (PhD.04/13.05.2020.Tib.93.02)
Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi PhD.04/13.05.2020.Tib.93.02 raqamli ilmiy kengash qoshidagi …
Ilmiy seminar majlisi (PhD.04/13.05.2020.Tib.93.02)
Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi PhD.04/13.05.2020.Tib.93.02 raqamli ilmiy kengash qoshidagi …
Oliy ta’limda ta’lim sifati bo‘yicha talabalardan so‘rovnoma.
Hurmatli ustoz! Hurmatli talabalar! Oliy ta’lim muassasasalaridagi ta’lim sifati yuzasidan …