Dalolatnoma
04.06.2025 2025-06-04 17:04O‘zbekiston Respublikasining 9-iyul 2018-yildagi 484-sonli “O‘simlik karantini to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 65-sonli 2018-yil 29-yanvardagi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida institut hududida ekilgan daraxt ko‘chatlarini parvarish qilish hamda zararkunandalardan saqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Buxoro viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi chora – tadbirlarini bajarilishi to‘g‘risidagi dalolatnomaga (000165-son) asosan ekilgan ko‘chatlarga parvarish qilish uchun mas’ul xodimlar biriktirilib, ko‘chatlarni zararkunandalardan himoya qilish hamda payhon qilinishidan saqlash choralari ko‘rildi.
Xitoylik olimlar Buxoroda bepul jarrohlik amaliyotlari o‘tkazmoqda
04.06.2025 2025-06-05 11:53Bugungi kunda xalqaro hamkorlik doirasida Buxoro davlat tibbiyot institutida tibbiyot sohasida muhim voqealar amalga oshirilmoqda. Xususan, Xitoy Xalq Respublikasining Sian Jiaotong universiteti 2-filiali hamda Shanxay akademiyasi mutaxassislari Buxoroga tashrif buyurishdi.
Nefrologiya sohasida tan olingan professorlar – Dr. Ronggou Fu, Dr. Chen Zhao, Dr. Xu Jing, Dr. Liu Guo, Dr. Wei Shizhuo hamda Dr. Yu Xiaoyong institutning gematologiya va klinik laborator diagnostika kafedrasida mahorat darslari o‘tkazib, magistrantlar va rezidentlarga o‘z bilim va tajribalarini o‘rtoqlashmoqda.
Shu bilan birga, mehmonlar institut klinikasida nefrologik kasalliklardan aziyat chekayotgan bemorlarga bepul jarrohlik amaliyotlarini amalga oshirishdi. Xususan, doimiy dializ olayotgan bemorlarda fistula qo‘yish operatsiyasi bajarildi. Ultrasonografiya (doppler) yordamida tomirlar baholandi, muammoli joylar aniqlanib, jarrohlik yo‘li bilan sog‘lom tomirlar orasida anastomoz – fistula qo‘yildi.
Ta’kidlash joizki, bu kabi jarrohlik amaliyotlari – uzoq muddatli dializdan keyin yuzaga keladigan tomir muammolarini bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tashrif doirasida Shanxi provinsiyasi Ilm-fan va texnologiyalar vazirligi vakillari, jumladan, Yang Shihong, Zhao Yijun, Zhang Siqi hamda Dr. Zhang Pengbo ishtirokida Buxoro va Xitoy o‘rtasida tibbiy hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan memorandumlar imzolandi.
Bundan tashqari, mehmonlar institutning “aqlli” issiqxonasi, klinikasi va simulyatsiya markazi faoliyati bilan tanishib, mavjud imkoniyatlarga yuqori baho berishdi.
Eslatib o‘tamiz, Buxoro davlat tibbiyot instituti 50 dan ortiq nufuzli xalqaro universitet va markazlar bilan hamkorlik qiladi. Joriy yil aprel oyida institut qoshida Xitoy tili markazi ham tashkil etilgan bo‘lib, talabalar va professor-o‘qituvchilar ushbu tilni o‘rganishni boshlab yuborishgan.
Institutga xitoylik hamkorlar tashrif buyurishdi
03.06.2025 2025-06-04 16:28🏛Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga Xitoy Xalq Respublikasidan nufuzli delegatsiya – Sian Jiaotong universitetining Ikkinchi filial kasalxonasi va Shanxay akademiyasining yetakchi tibbiyot mutaxassislari tashrif buyurdi.
👥Delegatsiyani quyidagi yuqori martabali mehmonlar boshqardi:
👤Prof. Dr. Ronggou Fu – Sian Jiaotong universiteti Ikkinchi filial kasalxonasi Nefrologiya bo‘limi mudiri.
👤Dr. Zhang Pengbo – Sian Jiaotong universiteti Ikkinchi filial kasalxonasi prezidenti, professor
👤Yang Shihong – Shaanxi provinsiyasi Fan va texnologiyalar departamenti ikkinchi darajali inspeksori
🔂Delegatsiya tarkibida, shuningdek, boshqa yetakchi olimlar va shifokorlar – nefrologiya va gematologiya yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar ham ishtirok etdi.


🥼 Mehmonlarni institut rektori professor Shuhrat Teshayev, o‘quv ishlari, ilmiy va xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektorlar kutib oldilar. Muloqot jarayonida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, tibbiyot ta’limi, ilmiy-tadqiqot ishlari va klinik amaliyotda tajriba almashish bo‘yicha qator masalalar muhokama qilindi.
⚡️Delegatsiya a’zolari institutning Gematologiya va klinik laborator diagnostika kafedrasida magistratura talabalari hamda klinik ordinatura rezidentlariga akademik mobillik doirasida mahorat darslari o‘tkazishi rejalashtirgan. Shu bilan birga, institut klinikasida amaliy maslahatlar ham berishdi.


📣Tashrif davomida nefrologik kasalliklarni davolash bo‘yicha bir nechta hamkorlik memorandumlari imzolandi. Bu kelgusida ikki tomonlama tibbiy hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga xizmat qiladi.
🔔Xitoylik mehmonlar institutdagi zamonaviy infratuzilma – “Smart” issiqxona, o‘quv-klinik markazlar, simulyatsiya markazi va amaliy mashg‘ulotlar uchun yaratilgan sharoitlarga yuqori baho berdilar.
➡️Eslatib o‘tamiz, Buxoro davlat tibbiyot instituti bugungi kunda dunyoning 50 dan ortiq yetakchi universitet va ilmiy markazlari bilan faol hamkorlik olib bormoqda. 2025-yil aprel oyida institutda xitoy tili markazi tashkil etilgan bo‘lib, hozirda talabalar va professor-o‘qituvchilar mazkur tilni o‘rganishni boshlab yuborishgan.

Respublika bosh allergologi Buxoro davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi
31.05.2025 2025-06-02 11:29O‘zbekiston allergolog va immunologlarining IV an’anaviy forumi doirasida Buxoro shahriga tashrif buyurgan Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Ilmira Sadullayevna Razikova bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida bo‘ldi.


Tashrif davomida institut rektori, professor Shuhrat Teshayev mehmonni kutib olib, institut faoliyati, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari va amaliy baza imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirdi. Professor Ilmira Razikova institutda yaratilgan sharoitlardan, ayniqsa, yosh kadrlarga zamonaviy texnologiyalar asosida ta’lim berish va ilmiy izlanish olib borish imkoniyatlaridan katta taassurot oldi.


Ushbu tashrif doirasida bir qator muhim obyektlar: Axborot-resurs markazi, smart issiqxona, simulyatsiya markazi, klinik baza binolari ko‘zdan kechirildi. Professor Razikova u yerda olib borilayotgan faoliyat, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan laboratoriyalar, simulyatsion mashg‘ulot xonalari hamda klinik-amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish uchun yaratilgan imkoniyatlarga yuksak baho berdi.


Shuningdek, Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi bilan Buxoro davlat tibbiyot instituti o‘rtasida ilmiy-amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma ilmiy loyihalar ustida ishlash, ixtisoslik bo‘yicha malaka oshirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish zarurligi alohida ta’kidlandi.


Tashrif yakunida tomonlar bu kabi muloqotlar nafaqat ilm-fan, balki amaliy sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishda, ayniqsa, allergologiya va immunologiya sohasida yangi bosqichni boshlab berishiga ishonch bildirishdi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti EduFest 2025 xalqaro ta’lim yarmarkasida
31.05.2025 2025-06-02 10:32Bugun, 2025-yil 31-may kuni Qozog‘istonning Olmaota shahrida “EduFest 2025” xalqaro ta’lim yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur tadbirda dunyoning 100 dan ortiq nufuzli universitetlari va ta’lim markazlaridan mehmonlar ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari qatorida Buxoro davlat tibbiyot instituti ham ushbu yirik forumda faol ishtirok etmoqda. Institut nomidan tadbirda Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Laziz Niyozov ishtirok etmoqda.

Yarmarka doirasida L. Niyozov xalqaro mehmonlar va ta’lim tashkilotlari vakillari bilan muloqotda bo‘lib, Buxoro davlat tibbiyot institutining ta’lim imkoniyatlari, xalqaro dasturlari, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va ilmiy salohiyati haqida atroflicha ma’lumot bermoqda.

“EduFest 2025” xalqaro ta’lim maydonchasi sifatida turli davlatlar o‘rtasida akademik almashinuv, hamkorlikdagi ta’lim dasturlari va talabalar uchun yangicha imkoniyatlarni shakllantirishga xizmat qilmoqda. Bunday tadbirlarda ishtirok etish orqali institut xalqaro maydonda o‘z nufuzini yanada oshirib, istiqbolli hamkorliklarga yo‘l ochmoqda.

Ayni paytda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ilmiy kengashining navbatdagi — 10-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
30.05.2025 2025-05-31 12:49📌 Yig‘ilish avvalida o‘z ilmiy ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan olimlarga OAK tomonidan berilgan diplomlar tantanali ravishda topshirilmoqda.
🔹 Ilm-fanga sodiq fidoyilar mehnati e’tirof etilmoqda!
Buxoro davlat tibbiyot instituti Ilmiy kengashining 10-yig‘ilishida ta’lim muassasasi faoliyatiga oid bir qator muhim masalalar tanqidiy-tahliliy tarzda ko‘rib chiqildi. Yig‘ilish davomida ayrim mas’ul rahbarlarning faoliyati yuzasidan tanqidiy fikrlar bildirilib, tegishli ogohlantirishlar berildi.
Shuningdek, Ilmiy kengash kotibi vazifasida ishlab kelgan Shohida Naimova boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan lavozimdan ozod etilgani va tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Yahyoyeva Hilola Sharifovna ushbu lavozimga tayinlangani ma’lum qilindi.


























