Buxoro davlat tibbiyot instituti EduFest 2025 xalqaro ta’lim yarmarkasida
31.05.2025 2025-06-02 10:32Bugun, 2025-yil 31-may kuni Qozog‘istonning Olmaota shahrida “EduFest 2025” xalqaro ta’lim yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur tadbirda dunyoning 100 dan ortiq nufuzli universitetlari va ta’lim markazlaridan mehmonlar ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari qatorida Buxoro davlat tibbiyot instituti ham ushbu yirik forumda faol ishtirok etmoqda. Institut nomidan tadbirda Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Laziz Niyozov ishtirok etmoqda.

Yarmarka doirasida L. Niyozov xalqaro mehmonlar va ta’lim tashkilotlari vakillari bilan muloqotda bo‘lib, Buxoro davlat tibbiyot institutining ta’lim imkoniyatlari, xalqaro dasturlari, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va ilmiy salohiyati haqida atroflicha ma’lumot bermoqda.

“EduFest 2025” xalqaro ta’lim maydonchasi sifatida turli davlatlar o‘rtasida akademik almashinuv, hamkorlikdagi ta’lim dasturlari va talabalar uchun yangicha imkoniyatlarni shakllantirishga xizmat qilmoqda. Bunday tadbirlarda ishtirok etish orqali institut xalqaro maydonda o‘z nufuzini yanada oshirib, istiqbolli hamkorliklarga yo‘l ochmoqda.

Ayni paytda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ilmiy kengashining navbatdagi — 10-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
30.05.2025 2025-05-31 12:49📌 Yig‘ilish avvalida o‘z ilmiy ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan olimlarga OAK tomonidan berilgan diplomlar tantanali ravishda topshirilmoqda.
🔹 Ilm-fanga sodiq fidoyilar mehnati e’tirof etilmoqda!
Buxoro davlat tibbiyot instituti Ilmiy kengashining 10-yig‘ilishida ta’lim muassasasi faoliyatiga oid bir qator muhim masalalar tanqidiy-tahliliy tarzda ko‘rib chiqildi. Yig‘ilish davomida ayrim mas’ul rahbarlarning faoliyati yuzasidan tanqidiy fikrlar bildirilib, tegishli ogohlantirishlar berildi.
Shuningdek, Ilmiy kengash kotibi vazifasida ishlab kelgan Shohida Naimova boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan lavozimdan ozod etilgani va tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Yahyoyeva Hilola Sharifovna ushbu lavozimga tayinlangani ma’lum qilindi.



























Buxoro shahrida O‘zbekiston allergolog va immunologlarining IV forumi bo‘lib o‘tdi
30.05.2025 2025-05-31 13:25📌 Tadbirda sohaga oid yetakchi olimlar, mutaxassislar, shuningdek, bir guruh xorijlik ekspertlar onlayn va oflayn formatlarda ishtirok etdi.
➡️ “O‘zbekistonda allergologik xizmat: muammolar va yechimlar” mavzusiga bag‘ishlangan forum Sog‘liqni saqlash vaziri A.Xudoyarovning ishtirokchilarga yo‘llagan videomurojaati bilan boshlandi.
💬 Forumda qayd etilishicha, davlatimiz rahbari tomonidan 2023 yil 23 noyabrda imzolangan “Allergik kasalliklarning oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq, allergologiya sohasi to‘liq transformatsiya qilinib, yagona vertikal boshqaruv tizimi joriy etildi.
🔎 Xizmat ko‘rsatish darajasi tuman miqyosiga tushirilishi orqali maxsuslashtirilgan allergologik xizmat aholiga yanada yaqinlashtirildi.



✅ Qisqacha aytganda, markaz o‘z faoliyatini xalqaro standartlarga uyg‘unlashtirishga erishdi. Yaqinda muassasaga ISO 9001:2015 va ISO 7101:2023 xalqaro sifat standartlari joriy etilgani munosabati bilan maxsus sertifikatlar topshirilgani, bu boradagi izlanish va yangilanishlarning yorqin isboti bo‘ldi.
‼️ Forum davomida sohada erishilgan yutuqlar e’tirof etilishi bilan birga, allergologiyaga doir dolzarb masalalar, mavjud muammolar va ularning yechimlari atroflicha muhokama qilindi.
🎙 Forumda institut rektori Shuhrat Teshaev nutq so‘zlab, mavzuga oid qator dolzarb masalalarni tilga oldi. U o‘z chiqishida sohaga oid islohotlarning ahamiyati, mavjud resurslardan samarali foydalanish va xalqaro tajribalarni tatbiq etish zarurligi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.



“‘Korrupsiyaga qarshi kurashish’ yoshlar klubining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o’tdi”
30.05.2025 2025-05-31 15:13Institumizda “Korrupsiyaga qarshi kurashish” yoshlar klubining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib, bu yerda institut yoshlar masalalari, ma’naviyat-ma’rifat ishlar bo‘yicha prorektor Z.S. Baxranova so‘zga chiqib talabalar tomonidan amalaga oshirilayotgan ushbu yo‘nalishdagi sai-harakatlar dolzarbligi va kelajagimizning poydevorini hozirdan shakllantirilishimizni ta’kidlab o‘tdilar.


📝So‘zga chiqqan institut Korrupsiyaga qarshi kurash “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i X.B. Fayziyev so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonlaridan 2025-yilning 5-mart kuni bo‘lib o‘tgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar bo‘yicha to’xtalib, jamiyatimizda korrupsiya qarshi kurashishda talaba-yoshlar klubi a’zolarini faollikka chaqirdi.

Tibbiy ta’limda yangi ufqlar: Buxoro tibbiyot instituti Ozarbayjon OTMlari bilan shartnoma imzoladi
29.05.2025 2025-05-31 13:43Joriy kunlarda Andijon shahrida “Birinchi O‘zbekiston–Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi” o‘z ishini olib bormoqda. Ushbu nufuzli va istiqbolli tadbir ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, akademik almashinuvlarni kengaytirish va zamonaviy ilm-fan yo‘nalishlarida tajriba almashish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.

Forum doirasida O‘zbekiston va Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari vakillari o‘zaro fikr almashib, zamonaviy ta’lim tendensiyalari, ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar yuzasidan muhim kelishuvlarga erishmoqdalar. Tadbir oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur forumda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori, professor Shuhrat Teshayev ishtirok etib, soha rivoji, xalqaro integratsiya va ilmiy salohiyatni oshirish masalalari bo‘yicha nutq so‘zladi. U, shuningdek, Ozarbayjonning ikki yetakchi universiteti bilan hamkorlik memorandumlarini imzoladi.


Uchrashuv davomida Boku davlat universiteti rektori Elchin Babaev universitet tarixi, tibbiyot yo‘nalishidagi ilmiy ishlanmalar, jumladan, ixtisoslashgan Biotibbiy materiallar kafedrasining faoliyati haqida ma’lumot berdi. Buxoro davlat tibbiyot instituti va Boku davlat universiteti o‘rtasida genetika sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

Tashrif doirasida quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik rejalariga kelishib olindi:
Genetik tahlillar, anatomiya va morfologiya kafedralari bilan qo‘shma ilmiy ishlar olib borish;
Ilmiy kengashlarda ikki tomonlama opponent va taqrizchilar tayinlash;
Ilmiy-tadqiqot ishlari va innovatsion loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish;
Talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini faollashtirish;
Hamkor oliy ta’lim muassasalari bilan yozgi maktab dasturlarini tashkil etish;
Tibbiyot oliy ta’lim muassasasi bo‘lmagan universitetlar bilan fundamental fanlar bo‘yicha tajriba almashish, malaka oshirish kurslari va ilmiy loyihalarni rivojlantirish (jumladan, tibbiyot, biotexnologiya, farmatsiya va ekologiya yo‘nalishlarida);
Qo‘shma dissertatsiya himoyalarini yo‘lga qo‘yish va baholash jarayonlariga hamkor OTMlardan professor-o‘qituvchilarni jalb qilish.
Shuningdek, forum doirasida Ozarbayjonning Naxchivan universiteti bilan kelgusida har tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida ham shartnoma imzolandi.
Mazkur forum ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim va ilm-fan sohasidagi aloqalarni chuqurlashtirishda yana bir muhim qadamma bo‘ldi. U xalqaro hamkorlikni kengaytirish, sifatli kadrlar tayyorlash va ilmiy salohiyatni oshirish yo‘lida yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
Buxoroda nogironligi bo‘lgan bolalar uchun keng ko‘lamli tibbiy ko‘rik o‘tkazildi
29.05.2025 2025-05-29 15:47👩⚕️2024-yil 27–29-may kunlari Buxoro viloyatidagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyida yirik tibbiy tadbir tashkil etildi. Ushbu ko‘rik davomida 180 ga yaqin Daun sindromiga chalingan, shuningdek, 300 dan ortiq boshqa nogironligi bo‘lgan bolalar malakali mutaxassislar ishtirokida batafsil tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi.


📌Loyihaning amalga oshirilishi Buxoro viloyati hokimligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi hamda amerikalik xayriyachi va tadbirkor Nikki Leyla Hafezi xonim o‘rtasidagi hamkorlik asosida yuzaga keldi. Bu tashabbus 2024-yil fevral oyida o‘tkazilgan rasmiy uchrashuvda kelishilgan edi.


🟢Fevral oyidagi muzokaralarda Buxorodagi nogironligi bo‘lgan bolalarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, zarur hollarda jarrohlik amaliyotlarini tashkil etish va davolash jarayonlariga homiylik qilish masalalari muhokama qilingan edi.


❕Tibbiy ko‘rikda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining Bolalar stomatologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etdi. Ular amerikalik mutaxassislar bilan birgalikda nafaqat bolalarni ko‘rikdan o‘tkazdilar, balki institutning bitiruvchi kurs talabalari uchun amaliy mahorat darslarini ham o‘tishdi.


