Tibbiy ta’limda yangi ufqlar: Buxoro tibbiyot instituti Ozarbayjon OTMlari bilan shartnoma imzoladi
29.05.2025 2025-05-31 13:43Joriy kunlarda Andijon shahrida “Birinchi O‘zbekiston–Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi” o‘z ishini olib bormoqda. Ushbu nufuzli va istiqbolli tadbir ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, akademik almashinuvlarni kengaytirish va zamonaviy ilm-fan yo‘nalishlarida tajriba almashish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.

Forum doirasida O‘zbekiston va Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari vakillari o‘zaro fikr almashib, zamonaviy ta’lim tendensiyalari, ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar yuzasidan muhim kelishuvlarga erishmoqdalar. Tadbir oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur forumda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori, professor Shuhrat Teshayev ishtirok etib, soha rivoji, xalqaro integratsiya va ilmiy salohiyatni oshirish masalalari bo‘yicha nutq so‘zladi. U, shuningdek, Ozarbayjonning ikki yetakchi universiteti bilan hamkorlik memorandumlarini imzoladi.


Uchrashuv davomida Boku davlat universiteti rektori Elchin Babaev universitet tarixi, tibbiyot yo‘nalishidagi ilmiy ishlanmalar, jumladan, ixtisoslashgan Biotibbiy materiallar kafedrasining faoliyati haqida ma’lumot berdi. Buxoro davlat tibbiyot instituti va Boku davlat universiteti o‘rtasida genetika sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

Tashrif doirasida quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik rejalariga kelishib olindi:
Genetik tahlillar, anatomiya va morfologiya kafedralari bilan qo‘shma ilmiy ishlar olib borish;
Ilmiy kengashlarda ikki tomonlama opponent va taqrizchilar tayinlash;
Ilmiy-tadqiqot ishlari va innovatsion loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish;
Talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini faollashtirish;
Hamkor oliy ta’lim muassasalari bilan yozgi maktab dasturlarini tashkil etish;
Tibbiyot oliy ta’lim muassasasi bo‘lmagan universitetlar bilan fundamental fanlar bo‘yicha tajriba almashish, malaka oshirish kurslari va ilmiy loyihalarni rivojlantirish (jumladan, tibbiyot, biotexnologiya, farmatsiya va ekologiya yo‘nalishlarida);
Qo‘shma dissertatsiya himoyalarini yo‘lga qo‘yish va baholash jarayonlariga hamkor OTMlardan professor-o‘qituvchilarni jalb qilish.
Shuningdek, forum doirasida Ozarbayjonning Naxchivan universiteti bilan kelgusida har tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida ham shartnoma imzolandi.
Mazkur forum ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim va ilm-fan sohasidagi aloqalarni chuqurlashtirishda yana bir muhim qadamma bo‘ldi. U xalqaro hamkorlikni kengaytirish, sifatli kadrlar tayyorlash va ilmiy salohiyatni oshirish yo‘lida yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
Buxoroda nogironligi bo‘lgan bolalar uchun keng ko‘lamli tibbiy ko‘rik o‘tkazildi
29.05.2025 2025-05-29 15:47👩⚕️2024-yil 27–29-may kunlari Buxoro viloyatidagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyida yirik tibbiy tadbir tashkil etildi. Ushbu ko‘rik davomida 180 ga yaqin Daun sindromiga chalingan, shuningdek, 300 dan ortiq boshqa nogironligi bo‘lgan bolalar malakali mutaxassislar ishtirokida batafsil tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi.


📌Loyihaning amalga oshirilishi Buxoro viloyati hokimligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi hamda amerikalik xayriyachi va tadbirkor Nikki Leyla Hafezi xonim o‘rtasidagi hamkorlik asosida yuzaga keldi. Bu tashabbus 2024-yil fevral oyida o‘tkazilgan rasmiy uchrashuvda kelishilgan edi.


🟢Fevral oyidagi muzokaralarda Buxorodagi nogironligi bo‘lgan bolalarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, zarur hollarda jarrohlik amaliyotlarini tashkil etish va davolash jarayonlariga homiylik qilish masalalari muhokama qilingan edi.


❕Tibbiy ko‘rikda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining Bolalar stomatologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etdi. Ular amerikalik mutaxassislar bilan birgalikda nafaqat bolalarni ko‘rikdan o‘tkazdilar, balki institutning bitiruvchi kurs talabalari uchun amaliy mahorat darslarini ham o‘tishdi.



Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Andijon davlat tibbiyot instituti yangi binolari bilan tanishdi
28.05.2025 2025-05-28 16:49Bugun, 28-may kuni, O‘zbekiston – Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari rektorlarining I forumi doirasida Andijon viloyatida bo‘lib turgan Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev Andijon davlat tibbiyot instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.


Tashrif davomida ADTI rektori M. Madazimov mehmonni institut klinikasi va 2000 o‘ringa mo‘ljallangan yangi o‘quv binosi bilan tanishtirdi. Hozirda 650 o‘rinli klinikada kapital ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Mazkur klinika bir vaqtning o‘zida 11 ming nafar talabaga ta’lim olish va amaliyot o‘tash imkonini yaratishi bilan ahamiyatlidir.

Yangi o‘quv binosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-iyundagi PQ-5154-sonli qaroriga muvofiq, “Yangi Andijon” shaharchasini barpo etish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari doirasida, 2 gektar yer maydonida qurilgan bo‘lib, 2000 o‘rinli holda foydalanishga topshirilgan.

Tashrif chog‘ida rektorlar yangi binoda joylashgan Simulyatsiya markazi imkoniyatlari bilan tanishdilar. Ular robot-simulyatorlardan foydalanish jarayonlarini kuzatdilar.

BDTI rektori Sh. Teshayev institutdagi ta’lim yo‘nalishlari qatori, ayniqsa, parameditsina sohasida erishilayotgan yutuqlarni e’tirof etdi. U bu boradagi moddiy-texnika bazaning mustahkam ekanini ta’kidladi va bunday tajribalar oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini qayd etdi.

🏀“Sportchi – yurt himoyachisi” shiori ostida o’tkazilgan musobaqa g’oliblari tantanali tarzda taqdirlandi
27.05.2025 2025-05-27 11:54📣Joriy yilning 8-may kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti sport-sog‘lomlashtirish markazida boshlangan “Sportchi – yurt himoyachisi” shiori ostidagi sport sinovlari o‘z nihoyasiga yetdi.



☄️Mazkur musobaqalarda faol ishtirok etib, yuqori natijalarga erishgan talabalar va jamoalar bugun tantanali taqdirlash marosimida ishtirok etdilar. G‘olib va sovrindorlar diplom, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Marosim davomida sportning yoshlar hayotidagi o‘rni, jismoniy tarbiyaning ahamiyati hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasidagi ishlarga alohida urg‘u berildi.



💬Tadbir ko‘tarinki ruhda, bayramona kayfiyatda o‘tib, ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar qoldirdi.



Joriy yilning 25-may kuni Hindistonning Dehli shahrida Ozbekiston Respublikasining Hindistondagi elchixonasi va “MD House” kompaniyasi tomonidan “Indo-Uzbek Education Business Forum 2025” tibbiyot ta’limi hamda biznesga bagishlangan forum bolib otdi.
26.05.2025 2025-05-28 9:41🔗Forumni tashkillashtirishdan maqsad – ta’lim, investitsiya, savdo, iqtisodiy sohalarda ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirish edi. 📝Tadbirda Ozbekiston Respublikasining yetakchi tibbiyot oliy talim muassasalari vakillari va Hindistonning tibbiyot va talimga ixtisoslashgan turli kompaniya rahbarlari, ommaviy axborot vakillari ishtirok etishdi. Forumda Buxoro davlat tibbiyot institutidan Anatomiya, klinik anatomiya (OXTA) kafedrasi dotsenti, PhD Baymuradov Ravshan Radjabovich qatnashdi va ozining maruzasida institutning ilmiy-innovatsion salohiyati, xalqaro talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, oquv jarayoni, mavjud imkoniyatlar va kelajakdagi rejalar bilan tashrif buyurganlarni tanishtirdi.







Professor-o‘qituvchilar hamda iqtidorli talaba-yoshlar “I.M.Sechenov” nomidagi Moskva davlat tibbiyot universitetida bo‘lib qaytishdi.
26.05.2025 2025-05-27 10:58🏛✅Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, Preventiv tibbiyot, jamoat salomatligi va sog’liqni saqlash menejmenti kafedrasi professor-o’qituvchilari “I.M.Sechenov” nomidagi Moskva davlat tibbiyot universitetida xizmat safarida bo’lib qaytishdi.


✅Safar davomida ushbu nufuzli Xalqaro oliy ta’lim muassasida tashkillashtirilgan “Profilaktik tibbiyot va jamoat salomatligining dolzarb muammolari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etib, ushbu konferensiya doirasida bo‘lib utadigan XIII Epidemiologiya bo’yicha Butunrossiya talabalar olimpiadasiga qatnashadigan talabalarga rahbarlik qilish hamda akademik mobillik dasturi doirasida I.M.Sechenov nomidagi Moskva davlat tibbiyot universiteti talabalarga ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar o‘tkazildi.



🕐Buxoro davlat tibbiyot institutining “Avitsenna” jamoasi 7 ta davlatdan qatnashgan 21 ta jamoalar o‘rtasida faxrli 1-o’rinni egallashdi. Bundan tashqari professor-o’qituvchi va talaba yoshlar Xalqaro konferensiyada o‘zlarining ilmiy ishlari doirasida ma’ruzalar bilan chiqishlar qilib Xalkaro sertifikatga ega bo‘lishdi.

