How may we help you?

✔️Yoshlar masalalari, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Z.S. Baxranova yaqinda AQShning Sent-Luis shahrida joylashgan Webster universitetida xizmat safari bilan bo‘lib qaytdi. U safar davomida ushbu Xalqaro oliy ta’lim muassasasida yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, ta’lim tizimi va talabalarga yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.

🤔Mazkur tashrif davomida o‘zaro tajriba almashish, xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda ta’lim jarayonlarini ilg‘or tajriba asosida takomillashtirish bo‘yicha muhim kelishuvlar amalga oshirildi. Xususan, kelgusida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida ham xalqaro standartlarga mos ta’lim tizimini rivojlantirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

📣Eslatib o‘tamiz, Webster universiteti — xalqaro maqomga ega bo‘lgan xususiy oliy o‘quv yurti bo‘lib, uning bosh kampusi AQShning Sent-Luis shahrida joylashgan. Dastlab ayollar uchun mo‘ljallangan diniy-kommunal muassasa sifatida tashkil topgan ushbu universitet bugungi kunda yagona akkreditatsiyalangan, aralash ta’lim beruvchi xususiy universitet hisoblanadi. Webster universitetining Osiyo, Afrika, Shimoliy Amerika va Yevropa qit’alarida filiallari mavjud bo‘lib, u global ta’limga asoslangan yondashuvi, zamonaviy o‘quv dasturlari hamda 148 mamlakatdan kelgan talabalar o‘rtasida bilim va tajriba almashish imkoniyatlari bilan ajralib turadi.

🔹Institutda ilmiy ishlar va innovatsion loyihalarning yo’lga qo’yilganligi hamda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda tashkil etilgan smart issiqxonada yetishtirilayotgan mahsulotlar bilan tanishdi.

🔹Shuningdek, institut rektori Shuhrat Teshayev hamda viloyatimizdagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamrohligida xalq tabobatini rivojlantirish maqsadida yetishtirilayotgan dorivor o’simliklarni o’rgandi.

S. Buzrukxonov o’zining tegishli tavsiyalarini bildirib o’tdi.

🔹Shuningdek, vazir o’rinbosari oliygohni “Yashil kampus” ga aylantirishga doir loyihalar bilan tanishib, mavjud infratuzilmani rivojlantirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik muammolarni hal qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida o’z fikr-mulohazalarini berib o’tdi.

Unda “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida” va “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlarining mazmuni yetkazilib, ichki-tartib qoidalar va odob-axloq kodeksiga qat’iy amal qilish, korrupsion holatlarga yo’l qo’ymaslik alohida ta’kidlab o’tildi. Shuningdek, sessiya jarayonida hamda boshqa yakuniy nazorat va o‘qish jarayonida uchragan yoki uchrashi mumkin bo‘lgan korrupsiya xolatlari mavjudligi to‘g‘risida talabalardan so‘rovnomalar olindi.

Institut klinikasida joylashgan nevrologiya kafedrasida Robotoekzoskelet reablitatsiya apparati sotib olindi va o‘rnatildi. Robotoekzoskelet orqali harakat, tayanch kasalliklari bilan kasallangan bemorlarni harakat funksiyasini tiklash va yaxshilash uchun yordam beriladi.

🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2019-yil 6-maydagi PQ–4310-sonli qarori – “Tibbiyot va farmasevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hamda
🔹 Vazirlar Mahkamasining
2023-yil 12-iyuldagi 282-sonli qarori – “Tibbiyot va farmasevtika davlat oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” ijrosini ta’minlash maqsadida:

🧠 www.realpatient.uz — Virtual bemor simulyatsion ta’lim platformasi ishga tushirildi!
💡 Hamkor tashkilotchilar:
📌 Tibbiy ta’limda o‘quv resurslarini yaratish va rivojlantirish markazi
📌 “Innovative Developers” MChJ
📌 Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi
🎓 Platformada quyidagi yo‘nalish talabalari uchun materiallar muntazam joylashtirilmoqda:
• Davolash ishi
• Pediatriya ishi
• Stomatologiya
• Tibbiy-profilaktika ishi
• Farmatsiya
📚 Hozirda mavjud:
✅ 15 ta fandan darsliklar
✅ Video ma’ruzalar
✅ Amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha video taqdimotlar
✅ Vaziyatli masalalar asosidagi videomateriallar
⏳ Materiallar doimiy yangilanib boriladi!
🆓 Platformadan bepul foydalanish uchun:
Talabalar ro‘yxatdan o‘tishlari kifoya.

👉 www.realpatient.uz
📩 Savollar va takliflar uchun:
✉️ info@realpatient.uz
📲 Telegram: @realpatient_support

Buxoro davlat tibbiyot instituti ehtiyoji uchun 2 ming o‘quv o‘rinli binolarni qurish maqsadida instutining 8,2 ga.yer maydonida joylashgan yangi kampusi hududida bo‘sh turgan 1 ga. yer maydoni ajratib olingan. Mazkur maydonda qurilish ishlarini bajarish uchun “UZGASHKLITI” DUK Buxoro filialiga binoni joylashuv xaritasi va geologiyasi (Toposyomka)ni ishlab chiqish uchun 2025- yil 8- yanvardagi 03/160-sonli xat bilan murojaat qilingan. Bugungi kunda joylashuv xaritasi tayyorlanib, geologiya ishlari davom etmoqda.

Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasidagi Angiografiya xonasida ta’mirlash ishlari yakunlandi. Ta’mirlangan xonalarda jihozlar o‘rnatildi va ishchi holatga keltirildi.

Batafsil ma’lumot olish uchun ushbu faylni yuklab oling.