How may we help you?

2025-yil 21-may kuni Buxoro davlat tibbiyot institutida “Abu Ali ibn Sino ta’limotidan — uchinchi RENESSANSGACHA” nomi ostida V Xalqaro tibbiy olimpiada bo‘lib o‘tdi. An’anaviy tus olgan mazkur nufuzli ilmiy-intellektual bellashuvda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan 500 nafarga yaqin iqtidorli talabalar ishtirok etdi.

Bu yilgi olimpiadaning o‘ziga xos jihati — unda nafaqat davlat, balki birinchi marta nodavlat oliy ta’lim muassasalari talabalari ham ishtirok etganidir. Olimpiada tibbiyotning 43 yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etildi va ishtirokchilar o‘z bilimlarini nazariy va amaliy sinovlar orqali namoyish qilishdi.

Tanlovning asosiy maqsadi — buyuk tabib va mutafakkir Ibn Sino merosini yosh avlod ongiга singdirish, uni zamonaviy tibbiyot bilan uyg‘unlashtirib targ‘ib etish, shuningdek, yosh mutaxassislar o‘rtasida sog‘lom raqobat va xalqaro hamkorlik muhitini shakllantirishdan iborat.

Tadbirning yakunlari Buxoro shahridagi tarixiy “Ko‘hna va boqiy Buxoro” majmuasida joylashgan teatr binosida o‘tkazilgan galakonsert hamda taqdirlash marosimi bilan nihoyasiga yetdi. G‘oliblar turli nominatsiyalar bo‘yicha sertifikatlar, esdalik sovg‘alari va rag‘batlantiruvchi mukofotlar bilan taqdirlandi.

Ushbu xalqaro tashabbus tibbiy ta’lim sifatini oshirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, akademik aloqalarni mustahkamlash va kelajakdagi muvaffaqiyatli shifokorlarni shakllantirishga xizmat qilmoqda.

🏛Ayni paytda Buxoro davlat tibbiyot institutida tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida V Xalqaro “Abu Ali ibn Sino ta’limotidan — uchinchi RENESSANSGACHA” nomli olimpiada boshlanmoqda.

🔛Mazkur ilmiy-intellektual tanlov nafaqat respublikamizdagi, balki qo‘shni davlatlardagi tibbiyot yo‘nalishidagi iqtidorli talabalarni birlashtiruvchi yirik an’anaviy tadbirga aylanib ulgurgan. Bu yilgi olimpiadada O‘zbekiston bilan bir qatorda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi mamlakatlardan ham yosh mutaxassislar ishtirok etishadi.

💠Olimpiada tibbiyotning 43 yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etilgan bo‘lib, ishtirokchilar o‘z bilimlarini nazariy va amaliy sinovlar orqali namoyish etishadi. Bu esa ularning kasbiy tayyorgarligi, klinik tafakkuri, zamonaviy yondashuvlar bilan ishlash ko‘nikmalari hamda tibbiyotga oid fundamental bilimlarini baholash imkonini beradi.

🖌Olimpiadaning asosiy maqsadi — buyuk alloma Abu Ali ibn Sino ilmiy merosini yosh avlod ongiga chuqur singdirish, uni zamonaviy tibbiyot rivoji bilan uyg‘unlashtirib targ‘ib etish, shuningdek, tibbiyot sohasida xalqaro tajriba almashinuvini kengaytirish, yosh mutaxassislar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishdan iborat.

📣Uchrashuv davomida Kogon tumani hokimi bitiruvchi talabalarga murojaat qilib, ularni samimiy tabrikladi va o‘zlarining kasbiy faoliyatlariga dadil qadam qo‘yishlariga tilak bildirdi.

⭕️Shuningdek, hokim yoshlar oldida turgan dolzarb vazifalar, sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar hamda tuman miqyosida tibbiy xizmatlarni yanada takomillashtirish borasidagi rejalar haqida to‘xtalib o‘tdi. U bitiruvchilarga Kogon tumanida faoliyat yuritish uchun mavjud imkoniyatlar, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari, jumladan, yashash joyi, ish bilan ta’minlash va boshqa rag‘batlantiruvchi dasturlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

🎙Institutning rektori Sh.Teshayev so‘zga chiqib, talabalarning bilim va ko‘nikmalarini yuqori baholadi hamda ularni halol, vijdonan mehnat qilishga, tibbiyot kasbining yuksak mas’uliyatini doimo his qilib yashashga undadi.

✍️Uchrashuv yakunida ochiq muloqot tarzida savol-javoblar o‘tkazilib, bitiruvchi talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Tadbir iliq va samimiy ruhda o‘tdi, bitiruvchilar esa bunday uchrashuvlar ularning kelajakdagi faoliyatiga ishonch bag‘ishlashini ta’kidladilar.

Joriy yilning may oyida institutning korrupsiyaga qarshi kurashish, komplaens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan navbatdagi sessiya jarayonlari, shu jumladan yakuniy test imtixonlari nazorat ostiga olinib, shaffofligi ta’minlanishi bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilmoqda.

💫Uchrashuv davomida Shofirkon tumani hokimi bitiruvchi talabalarga murojaat qilib, ularni samimiy tabrikladi va o‘zlarining kasbiy faoliyatlariga dadil qadam qo‘yishlariga tilak bildirdi.

⭕️Shuningdek, hokim yoshlar oldida turgan dolzarb vazifalar, sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar hamda tuman miqyosida tibbiy xizmatlarni yanada takomillashtirish borasidagi rejalar haqida to‘xtalib o‘tdi. U bitiruvchilarga Peshku tumanida faoliyat yuritish uchun mavjud imkoniyatlar, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari, jumladan, yashash joyi, ish bilan ta’minlash va boshqa rag‘batlantiruvchi dasturlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

➡️Institutning rektori Sh.Teshayev so‘zga chiqib, talabalarning bilim va ko‘nikmalarini yuqori baholadi hamda ularni halol, vijdonan mehnat qilishga, tibbiyot kasbining yuksak mas’uliyatini doimo his qilib yashashga undadi.

✍️Uchrashuv yakunida ochiq muloqot tarzida savol-javoblar o‘tkazilib, bitiruvchi talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Tadbir iliq va samimiy ruhda o‘tdi, bitiruvchilar esa bunday uchrashuvlar ularning kelajakdagi faoliyatiga ishonch bag‘ishlashini ta’kidladilar.