Korrupsiyaga qarshi kurashish, komplaens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan navbatdagi sessiya jarayonlari
20.05.2025 2025-05-21 16:09Joriy yilning may oyida institutning korrupsiyaga qarshi kurashish, komplaens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan navbatdagi sessiya jarayonlari, shu jumladan yakuniy test imtixonlari nazorat ostiga olinib, shaffofligi ta’minlanishi bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilmoqda.



Bugun, joriy yilning 19-may kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti faollar zalida Shofirkon tuman hokimi Fayzilloyev Alisher Abdilloyevich hamda institut bitiruvchi yoshlari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
19.05.2025 2025-05-19 14:34💫Uchrashuv davomida Shofirkon tumani hokimi bitiruvchi talabalarga murojaat qilib, ularni samimiy tabrikladi va o‘zlarining kasbiy faoliyatlariga dadil qadam qo‘yishlariga tilak bildirdi.
⭕️Shuningdek, hokim yoshlar oldida turgan dolzarb vazifalar, sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar hamda tuman miqyosida tibbiy xizmatlarni yanada takomillashtirish borasidagi rejalar haqida to‘xtalib o‘tdi. U bitiruvchilarga Peshku tumanida faoliyat yuritish uchun mavjud imkoniyatlar, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari, jumladan, yashash joyi, ish bilan ta’minlash va boshqa rag‘batlantiruvchi dasturlar haqida batafsil ma’lumot berdi.



➡️Institutning rektori Sh.Teshayev so‘zga chiqib, talabalarning bilim va ko‘nikmalarini yuqori baholadi hamda ularni halol, vijdonan mehnat qilishga, tibbiyot kasbining yuksak mas’uliyatini doimo his qilib yashashga undadi.


✍️Uchrashuv yakunida ochiq muloqot tarzida savol-javoblar o‘tkazilib, bitiruvchi talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Tadbir iliq va samimiy ruhda o‘tdi, bitiruvchilar esa bunday uchrashuvlar ularning kelajakdagi faoliyatiga ishonch bag‘ishlashini ta’kidladilar.


BuxDTI va Peoplehive LLC kompaniyalarining xalqaro talabalariga navbatdagi bitiruvchilar sertifikatlarini topshirish marosimi bo’lib o’tdi.
19.05.2025 2025-05-19 15:16Mazkur marosimda, MBBS guruhidan 20 nafar talaba General Medicine yo’nalishidan 14 nafar talaba bitiruvchilar qatoriga qo’shildi. Peoplehive kompaniyasi 2019-yildan buyon xalqaro talabalarni BuxDTIga jalb qilish bilan shug’ullanib kelmoqda va hozirga qadar 500 dan ortiq talaba ushbu imkoniyatdan foydalangan. Birinchi bitiruvchilar 2022-yilda 25 nafar, 2023-yilda 70 nafar, 2024-yilda esa 35 nafar talaba BuxDTIning tibbiyot fakultetini tamomlab, o’z yurtlariga shifokorlik diplomini olib qaytishdi.









Hurmatli talabalar va professor-o‘qituvchilar!
19.05.2025 2025-05-19 9:31O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining:
2020-yil 12-avgustdagi PQ-4805-son “Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori,
2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4851-son “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori,
2021-yil 19-martdagi PQ-5032-son “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga asosan,
Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat yo‘nalishlari bitiruvchi bosqich talabalari o‘rtasida “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlari bo‘yicha Respublika fan olimpiadasi o‘tkaziladi.
✅ Olimpiadaning saralash bosqichi oliy ta’lim muassasamizda 2025-yil 25-mayga qadar o‘tkaziladi.
✅ Saralash bosqichi natijalariga ko‘ra har bir fandan eng yaxshi 3 nafar talabadan iborat jamoa shakllantirilib, ular Respublika bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.
📢 Barcha professor-o‘qituvchilar va talabalarni mazkur olimpiadada faol ishtirok etishga chaqiramiz!
🔬 Fanlar bo‘yicha iqtidorli talabalar uchun bu — o‘z bilim va salohiyatini namoyon qilish, yurtimizda fan va texnologiyalarni rivojlantirishga hissa qo‘shish uchun muhim imkoniyatdir!
Qo‘shimcha ma’lumotlar va ro‘yxatdan o‘tish uchun @xaknazarova_s manzilga murojaat qiling.
BuxDTI talabalari nufuzli xalqaro konferensiyada muvaffaqiyatli ishtirok etdilar
18.05.2025 2025-05-19 15:332025-yil 16-may kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Fundamental, amaliy tibbiyot va farmatsiya yutuqlari” mavzusida talabalar va yosh olimlarning 79-xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli ilmiy anjumanda Xitoy, Rossiya, Belarusiya, Turkiya, Bolgariya, Qozog‘iston, Tojikiston, Boshqirdiston, Ozarbayjon, Gruziya kabi mamlakatlar hamda O‘zbekistonning turli oliy tibbiy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlaridan 40 ga yaqin delegatsiya ishtirok etdi.

Konferensiyaning tantanali ochilish marosimi Samarqand shahridagi Yoshlar markazida o‘tkazilib, unda SamDTU rektori, professor Jasur Rizayev kirish so‘zi bilan ishtirokchilarga murojaat qildi. U o‘z nutqida konferensiyaning ilmiy-amaliy tibbiyot sohasidagi o‘rni, yosh olimlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlashdagi ahamiyatini alohida ta’kidlab o‘tdi. Tadbirning ochilish marosimi ko‘tarinki kayfiyatda, kuy-qo‘shiqlar va madaniy chiqishlar bilan davom etdi.

Mazkur konferensiya doirasida 24 ta sho‘ba bo‘yicha 660 dan ortiq talaba va yosh tadqiqotchilar o‘z ilmiy ishlari bilan ishtirok etdilar. Anjuman davomida tibbiyotning dolzarb masalalari muhokama qilinib, “Yosh olimlar klubi” davra suhbatlari tashkil etildi. Unda innovatsion g‘oyalar va startap loyihalar yuzasidan samarali fikr almashinuvi bo‘lib o‘tdi.

Faxr bilan ta’kidlash joizki, ushbu xalqaro konferensiyada Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari ham faol ishtirok etdilar va munosib natijalarga erishdilar. Jumladan:
Atoyeva Mohigul va Sharipova Manzura – 1-o‘rin,
Xojamurodova Maftuna va Tojiyeva Gulasal – 2-o‘rinni egalladilar.
Konferensiya yakunida ishtirokchilarga diplomlar, sertifikatlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bunday xalqaro miqyosdagi anjumanlar talaba-yoshlarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga keng jalb etish, ularning ilmiy salohiyati va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, shuningdek, fundamental va klinik fanlar o‘qitish sifatini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Bu kabi tadbirlar, shubhasiz, mamlakatimiz tibbiyot sohalarining taraqqiy etishiga va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikning mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro Davlat tibbiyot instituti faollar zalida Qorako‘l tumani hokimi Toxirov Xurshid Yaxyoyevich mazkur oliygohda tahsil olayotgan qorako’llik talabalar bilan uchrashuv o’tkazdi.
15.05.2025 2025-05-17 8:31Ayni vaqtda mazkur ta’limi dargohida 164 nafar qorako‘llik yigit-qizlar tibbiyot ilmini o‘rganishayapti. Shundan 20 nafari bitiruvchi kurs talabalari bo‘lsa, 4 nafari magistratura va 20 nafari ordenatura bosqichida ta’limni davom ettirishmoqda.


Dastavval, tuman xokimi tomonidan talabalarga Qorako‘l tumanida olib borilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar, yangilanishlar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tildi.
— Barcha sohalarda malakali kadrlarga ehtiyoj katta, — dedi tuman hokimi. —Belgilangan loyihalarimizni amalga oshirishda yetuk kadrlarning roli katta. Ayni vaqtda Qorako‘l tumanida turli tarmoqlar, ayniqsa, tibbiyot sohasida oliy ma’lumotli kadrlar yetishmovchiligi sezilmoqda. Bugun tuman tibbiyot birlashmasi zamonaviy tibbiyot va operatsion jihozlar bilan to‘liq ta’minlangan. Shu sababli, bizda yetuk bilimga ega mutaxassislarga talab juda yuqori, — deya ta’kidladi Xurshid Toxirov.


Tadbir qizg‘in savol-javob tarzida o‘tdi. Ochiq, samimiy tarzda o‘tgan muloqot davomida tuman hokimi bitiruvchi yoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob qaytardi.
– Ochig‘i, birinchi marta tumanimiz hokimi bilan uchrashuvda ishtirok etdim, – deydi bo‘lajak hashiralardan biri. – Shu bois, ushbu uchrashuvga katta hayajon bilan yetib keldik. Erkin hamda samimiy ruhda o‘tgan suhbat bizni ruhlantirib yubordi. Uchrashuv davomida men hokimimizga hozirgi vaqtda 6-bosqichda tahsil olayotganim, o‘qishni tugatgach tumanimizga bolalar shifokori bo‘lib borish maqsadim borligi bildirganimda, u kishi menga ishonch bildirib, har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.




O‘z o‘rnida yoshlar ham ochiq va samimiy ruhda o‘tkazilgan bugungi uchrashuv uchun tuman hokimiga minnatdorchilik bildirib o‘tishdi.