✅30-may — Butunjahon chekishga qarshi kun
15.05.2025 2025-09-23 12:05🏛Har yili 30-may kuni Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (VOZ) tomonidan Butunjahon chekishga qarshi kun sifatida nishonlanadi. Ushbu kunning asosiy maqsadi chekishning sog‘liqka zararli ta’sirini e’tiborga olish, chekishning oldini olish va jamoatchilikni salomatlikni saqlashga undashdir.

➡️Bu yilgi tadbirda EKO partiyasi vakillari ham ishtirok etib, chekishning sog‘liqni saqlashdagi o‘rniga doir muhim ma’ruzalar o‘qishdi. Tadbirda chekishning inson salomatligiga bo‘lgan xavfi, o‘pkaga, yurak va qon tomir tizimiga bo‘lgan salbiy ta’siri haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, chekishni tashlab, sog‘lom hayot tarzini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturlar va siyosatlar muhokama qilindi.

💫Chekishga qarshi kurashda jamoatchilikni o‘rgatish va unga e’tibor qaratish muhim ahamiyatga ega, chunki chekishning oldini olish va unga qarshi kurashish butun jamiyatning sog‘lig‘iga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga Turkiya davlat delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan keldi.
14.05.2025 2025-05-16 15:30Tashrif davomida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqotlar olib borish, tibbiyot sohasida akademik mobillikni rivojlantirish hamda talaba, professor-o‘qituvchilar va klinik mutaxassislar almashinuvini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Tashrif yakunida tomonlar o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik shartnomasi imzolandi.


Delegatsiya tarkibi:
➡️Dr. Fatma Aydin – Rektor, dermatolog
➡️Prof. Dr. Keramettin Aydin – Neyroxirurgiya mutaxassisi
➡️Prof. Dr. Mustafo Ubayd Kursunoglu – Xalqaro aloqalar bo‘yicha idora rahbari
➡️Prof. Dots. – Erasmus almashinuv dasturi koordinatori
➡️Dots. Ilkay Tadbiri – Fortune Exchange dasturi koordinatori
➡️Dr. Ahmet Aycan – Xalqaro ikki tomonlama hamkorlik koordinatori
➡️Dr. Serkan Sen – Turk tilini o‘qitish bo‘yicha amaliy va tadqiqot markazi direktori


📈 Mazkur tashrif Buxoro davlat tibbiyot instituti va Turkiya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish sari muhim qadam bo‘ldi.

Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman: zamonaviy xirurgiyadagi dolzarb muammolar muhokama markazida
13.05.2025 2025-05-14 16:09Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida “Xirurgik infeksiya: zamonaviy xirurgiyaning dolzarb muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda.


Mazkur nufuzli tadbirda Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston bilan bir qatorda, Rossiya hamda Turkiyadan taniqli olimlar, yetuk mutaxassislar va amaliyotchi shifokorlar ishtirok etmoqda.


Anjumanda zamonaviy xirurgik amaliyotda infeksiyalarning oldini olish, ularni erta aniqlash va samarali davolash bo‘yicha ilg‘or yondashuvlar, innovatsion texnologiyalar hamda xalqaro tajribalar atroflicha muhokama qilinmoqda. Shuningdek, xirurgik muolajalar bilan bog‘liq infeksion asoratlarni kamaytirishga oid ilmiy taklif va tavsiyalar taqdim etilmoqda.


Bunday xalqaro darajadagi anjumanlar ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, sohadagi yangiliklarni amaliyotga joriy etish, shuningdek, yosh mutaxassislar salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Tadbir doirasida mahorat darslari, sektsiyalar faoliyati va amaliy muloqotlar tashkil etilgan bo‘lib, ishtirokchilarga tajriba almashish imkonini bermoqda.
Anjuman Buxoro davlat tibbiyot institutining xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirish, xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni kengaytirish va zamonaviy tibbiyot rivojiga hissa qo‘shishda muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.
Buxoro davlat tibbiyot institutida bitiruvchi yoshlari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi
12.05.2025 2025-05-13 16:55Bugun, joriy yilning 12-may kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti faollar zalida Peshku tuman hokimi Hayot Davlatov hamda institut bitiruvchi yoshlari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.


Uchrashuv davomida Peshku tumani hokimi bitiruvchi talabalarga murojaat qilib, ularni samimiy tabrikladi va o‘zlarining kasbiy faoliyatlariga dadil qadam qo‘yishlariga tilak bildirdi.


Shuningdek, hokim yoshlar oldida turgan dolzarb vazifalar, sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar hamda tuman miqyosida tibbiy xizmatlarni yanada takomillashtirish borasidagi rejalar haqida to‘xtalib o‘tdi. U bitiruvchilarga Peshku tumanida faoliyat yuritish uchun mavjud imkoniyatlar, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari, jumladan, yashash joyi, ish bilan ta’minlash va boshqa rag‘batlantiruvchi dasturlar haqida batafsil ma’lumot berdi.


Institutning rektori Sh.Teshayev so‘zga chiqib, talabalarning bilim va ko‘nikmalarini yuqori baholadi hamda ularni halol, vijdonan mehnat qilishga, tibbiyot kasbining yuksak mas’uliyatini doimo his qilib yashashga undadi.


Uchrashuv yakunida ochiq muloqot tarzida savol-javoblar o‘tkazilib, bitiruvchi talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Tadbir iliq va samimiy ruhda o‘tdi, bitiruvchilar esa bunday uchrashuvlar ularning kelajakdagi faoliyatiga ishonch bag‘ishlashini ta’kidladilar.

Rossiyaning nufuzli universitet professori Buxoro davlat tibbiyot institutida bo‘ldi
12.05.2025 2025-05-13 10:45Kuni kecha, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga Oliy tibbiyot maktabi fundamental tibbiyot kafedrasi mudiri, ultratovush diagnostikasi shifokori, Tibbiyot fanlari doktori, professor Izranov Vladimir Aleksandrovich hamda Oliy tibbiyot maktabining o’quv dasturlari bo’yich bo’lim boshlig’i Knyazeva Ekaterina Gennadievna tashrif buyurishdi.

BuxDTI ayni paytda mamlakatimizdagi OTMlar ichida xalqaro oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish borasida yetakchi o‘rinda turadi. Institut ayni paytda 50ga yaqin xalqaro tashkilotlar bilan imzolangan memorandum va shartnomalar bilan ishlamoqda.

Muloqot davomida bakalavriat yo‘nalishida Davolash ishi, Stomatologiya va Farmatsiya yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari ochilishi bo‘yicha shartnomalar imzolandi. Muzokaralar davomida turli ilmiy-amaliy tadbirlar tashkil etish, tadqiqot ishlari o‘tkazish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalarning akademik almashinuvi masalalari ham muhokama qilindi.
Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi shartnoma asosida akademik mobillik
12.05.2025 2025-05-23 11:09Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro Qozog‘iston-Turkiya universitetining yuqumli kasalliklar va ftiziatriya kafedrasi xodimi – kafedra mudiri, tibbiyot fanlari doktori Utepbergenova G.A., o‘qituvchilar Kudabay A.U. va Baymbetova S.B. 2025-yil 12-maydan boshlab oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi shartnoma asosida akademik mobillik doirasida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot universitetining epidemiologiya kafedrasiga (kafedra mudiri – t.f.d., professor Mirzoyeva M.R.) va yuqumli kasalliklar kafedrasiga (kafedra mudiri – t.f.d., professor Oblokulov A.R.) tashrif buyurishdi.





Tashrif davomida mehmon o‘qituvchilar “O‘ta xavfli yuqumli kasalliklar” mavzusida ma’ruzalar o‘qishdi, “Umumiy tibbiyot” yo‘nalishi talabalariga amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishdi. Shuningdek, Buxoro viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya bo‘limida sariqlik va virusli pnevmoniya bilan og‘rigan bemorlarni birgalikda ko‘rikdan o‘tkazishdi.



