How may we help you?

Bugungi kunda xalqaro hamkorlik har bir oliy ta’lim muassasasining strategik rivojida muhim o‘rin tutadi. Ana shunday samarali hamkorlik namunasi Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti bilan Turkiya Respublikasining yetakchi ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari o‘rtasidagi aloqalarda ham yaqqol ko‘rish mumkin.

Joriy yilning may oyida mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Turkiya Respublikasi mehnat va ijtimoiy himoya vaziri Vedat Ishikhan boshchiligidagi delegatsiyaning Buxoroga safari mazkur hamkorlikni yana-da mustahkamlashda yangi sahifa ochdi. Delegatsiya tarkibida Turkiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ufuk Ulutash hamda Sog‘liq bilimlari universiteti rektori Khemaliddin Aydin ham ishtirok etdi.

Buxoro davlat tibbiyot institutida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik, ayniqsa, tibbiyot va sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama etildi. Mehnat muhofazasi, tibbiyot xodimlari uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ilmiy va amaliy tajriba almashinuvini kengaytirish, shuningdek, Buxoroda faoliyat yuritayotgan Sog‘liq bilimlari universiteti filiali imkoniyatlarini yanada kengaytirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Ahamiyatlisi, 2019 yildan buyon Buxoro davlat tibbiyot instituti negizida Turkiyaning Sog‘liq bilimlari universiteti hamkorligida to‘rtta yo‘nalishda kadrlar tayyorlanmoqda. Mazkur dasturlar asosida ta’lim olgan mutaxassislar bugungi kunda yuritimiz sog‘liqni saqlash tizimining turli bo‘g‘inlarida samarali mehnat qilmoqda.

Uchrashuv davomida institut rektori, professor Shuhrat Teshayev o‘z so‘zida bu hamkorlikdan mamnun ekanini ta’kidlar ekan, istiqbolda yana-da keng ko‘lamli loyihalar amalga oshirilishini ma’lum qildi. Shu bilan birga, mehmonlarga o‘zbek xalqining mehmondo‘stligi ramzi sifatida milliy tön tuhfa etildi.

Xulosa qilib aytganda, Buxoro davlat tibbiyot instituti va Turkiya o‘rtasidagi ta’lim va tibbiyot sohasidagi hamkorlik nafaqat ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlamoqda, balki yuritimizda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga ham munosib hissa qo‘shmoqda.

Kuni kecha, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga Turkiya Respublikasi mehnat va ijtimoiy himoya vaziri Vedat Ishikxan, Turkiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ufuk Ulutash hamda Sog‘liq bilimlari universiteti rektori Kemaliddin Aydin tashrif buyurdi.

Buxoro davlat tibbiyot institutida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik, ayniqsa, tibbiyot va sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama etildi. Mehnat muhofazasi, tibbiyot xodimlari uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ilmiy va amaliy tajriba almashinuvini kengaytirish, shuningdek, Buxoroda faoliyat yuritayotgan Sog‘liq bilimlari universiteti filiali imkoniyatlarini yanada kengaytirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

📝 Mavzu:
Tizza bo‘g‘imi deformatsiyalovchi osteoartritini 2-tip qandli diabet fonida davolashning klinik-morfologik asoslari

👨‍⚕️ Ma’ruzachi:
Ziyadullayev Abdusalom Xabibulla o‘g‘li

📅 Sana: 14-may
🕧 Vaqti: 12:30
📍 Manzil: Simulyatsiya markazi, 3-qavat

Mazkur ma’ruza doirasida kasallikning zamonaviy davolash usullari, morfologik o‘zgarishlar va klinik ko‘rsatkichlar tahlil qilinadi. Tadbir ilmiy izlanish olib borayotgan talaba va mutaxassislar uchun katta ahamiyat kasb etadi.

Tashrifingizdan mamnun bo‘lamiz!

Joriy yilning   8 may kuni Tibbiy kimyo kafedrasi  o`qituvchilari taklifiga binoan   Yurtimizning eng nufuzli universitetlaridan biri  Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti  Analitik kimyo kafedrasi mudiri professor  Smanova Zulayxo Asanaliyevna , shu kafedra professori Qutlimurotova Nigora Hakimovna va  Universiti Putra Malaysiya  (UPM)  universiteti  professori  Nazmi Mat Navi  institutimizga  tashrif buyurdilar.

Bu tashrif  Tibbiy kimyo kafedrasi o`qituvchilari va institutimiz talabalarining qiziqishiga sabab bo`ldi . Tashrif davomida o`qituvchilar  va talabalar uchun  ilmiy seminar tashkil etilib ,  hozirda yaratilgan shart sharoitlar , erishilayotgan  yutuqlar haqida suhbat olib borildi.

Malayziyalik  professor Nazmi Mat Navi  bilan  kelajakda oliygohlarimiz  o`rtasida  xalqaro hamkorlik aloqalari o`rnatish , o`zaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Tashrif yakunida oliygohlarimiz ortasida ozaro hamkorlik , tajriba almashish va birgalikda ilmiy izlanishlar olib borishga kelishib olindi .

Mehmonlarimizga kafedramiz ilmiy laboratoriyasi va institutimizda tashkil etilgan yangi qoshma laboratoriya tanishtirildi.

Ozarbayjon Tibb Universitetining 95 yillik yubileyi va Ozarbayjon xalqining Umummilliy yetakchisi Haydar Aliyev tavalludining 102 yilligiga bag‘ishlangan Tibb festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli tadbirda Turkiya, O‘zbekiston, Belarus kabi mamlakatlardan taniqli olimlar, yetakchi tibbiy oliygohlar vakillari ishtirok etdi. Festival zamonaviy tibbiyot fanining dolzarb yo‘nalishlari, ilmiy yutuqlari va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash masalalariga bag‘ishlandi.

Tadbir ishtirokchilari avvalo Haydar Aliyev xotirasiga hurmat bajo keltirib, uning yodgorligi poyiga gulchambarlar qo‘yishdi. Festival doirasida tashkil etilgan ko‘rgazma va startap burchaklari mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Tadbirda O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida ishtirok etgan Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori, professor Shuxrat Toshayev o‘zining tabrik so‘zida Ozarbayjon Tibb Universitetini Yevrosiyo mintaqasida tan olingan nufuzli ilm maskani sifatida e’tirof etdi. U, shuningdek, mazkur xalqaro ilmiy-platforma doirasida olib borilayotgan faoliyatni yuksak baholab, Buxoro davlat tibbiyot instituti va Ozarbayjon Tibb Universiteti o‘rtasida har tomonlama ilmiy-akademik hamkorlikni kengaytirish istagini bildirdi. Jumladan, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ilmiy loyihalar va konferensiyalar tashkil etish orqali ikki tomonlama aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha aniq takliflar ilgari surildi.

Festival doirasidagi tantanali marosimda Ozarbayjon Tibb Universitetining rektori, professor Garay Garaybəyli universitet tarixida erishilgan yutuqlar, xalqaro reytinglardagi o‘sish sur’atlari, ilm-fan va ta’limdagi zamonaviy yondashuvlar haqida so‘z yuritdi. U universitetda hozirda 1500 dan ortiq xodim, 7500 dan ziyod talaba tahsil olayotganini, ulardan 3000 nafardan ortig‘i xorijiy talaba ekanini qayd etdi.

Qayd etish kerakki, mazkur festival doirasida bir necha kun davomida tibbiyotning turli yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ilmiy panel sessiyalar, “ATUREK 13” konferensiyasi hamda ATU Talabalar ilmiy jamiyatining yakuniy konferensiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Buxoro davlat tibbiyot instituti ushbu xalqaro ilmiy-ma’rifiy platformada faol ishtirok etib, o‘zining ilmiy salohiyatini namoyish etdi va hamkorlik aloqalarini mustahkamlash yo‘lida muhim qadamlar tashladi.

Ozarboyjonda oliy ta’lim yo‘nalishida o‘tkazilayotgan qator nufuzli tadbirlarda ishtirok etayotgan Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti delegatsiyasi Boku Davlat Universitetida bo‘lib, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzoladi.

Mazkur memorandumga Buxoro davlat tibbiyotinstituti rektori, professor Shuhrat Teshayev hamda Boku davlat universiteti rektori Elchin Babayev imzo chekdi.

Uchrashuv davomida tomonlar ilmiy-ta’limiy aloqalarni kengaytirish, tibbiyot va unga yaqin sohalarda qo‘shma tadqiqotlar olib borish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvi, ilmiy nashrlar va akademik dasturlarni birgalikda ishlab chiqish masalalarini muhokama qilishdi.

Tadbirda BDU rektori Elchin Babayev universitet tarixi, tibbiyot sohasi bilan bog‘liq yo‘nalishlarda olib borilayotgan ilmiy ishlanmalar, ICESCO’ga ixtisoslashgan Biotibbiy materiallar kafedrasining faoliyati haqida ma’lumot berdi. U BDTI bilan ilmiy hamkorlikni mustahkamlash keng istiqbollarga ega ekanini ta’kidladi.

BDTI rektori professor Shuhrat Teshayev ushbu memorandum ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi do‘stona aloqalarning yana bir muhim qadami bo‘lib xizmat qilishiga ishonch bildirdi. U institutning 35 yillik tarixi, 10 mingdan ortiq talabaga ega ekani, zamonaviy klinikalari faoliyat yuritayotgani haqida ma’lumot berdi hamda BDTI bugun xalqaro maydonda faol hamkorlik olib borayotgan yetakchi tibbiyot oliygohlaridan biri sifatida faoliyatini davom ettirayotganini alohida ta’kidladi.

Imzolangan memorandum doirasida qo‘shma ilmiy konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, qisqa muddatli kurslar, treninglar, ilmiy tadqiqotlar, hamkorlikdagi nashrlar, shuningdek, professor-o‘qituvchilar, talabalar, magistrantlar, doktorantlar va tadqiqotchilar almashinuvi ko‘zda tutilgan.

BDTI rahbariyati ushbu hamkorlik ikki oliy ta’lim muassasasi uchun katta imkoniyatlar yaratishi, ilm-fan va ta’lim integratsiyasiga yangi bosqich olib kirishini ta’kidlaydi.

Bugun, 5-may kuni, Respublika oliy ta’lim muassasalarida “Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostida sport oyligiga start berish marosimi BuxDU Universal sport majmuasida o‘tkazildi. Bu marosimda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Yoshlar masalalari, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor Z.S Baxranova faol ishtirok etdi.

Sport oyligining ochilish marosimi davlat madhiyasi bilan boshlandi. Mazkur oylik bugundan futbol, basketbol, voleybol, kurash, stol tennisi, boks va boshqa sport turlari doirasida start oldi.

“Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostida o‘tkazilayotgan mazkur tashabbus yoshlarda jismoniy faollikni oshirish, ularni sog‘lom hayot tarziga jalb qilish, sportga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda Vatanga sadoqat, iroda va bardamlik ruhida tarbiyalash maqsadida yo‘lga qo‘yilgan.