Korrupsiyani to‘xtatishning 10 ta usuli
02.05.2025 2025-05-03 8:33Oliy attestatsiya komissiyasi raisi ishtirokida O‘zDSMI doktorantlari va tadqiqotchilari bilan davra suhbati o‘tkazildi
02.05.2025 2025-05-03 8:49Doktorantlar va tadqiqotchilar ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni rivojlantirishda muhim rol o’ynaydi. Ular tomonidan olib borilayotgan izlanishlar hamda erishilayotgan natijalar jamiyatni yangi bilimlar bilan boyitadi, fan va texnologiya taraqqiyotini tezlashtiradi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Ahmadbek Yusupovning Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida doktorantlar va tadqiqotchilar hamda yetakchi professor-o’qituvchilar bilan muloqoti o’tkazildi.
Ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan ushbu uchrashuv davomida uzluksiz ta’lim tizimining oliy ta’limdan keyingi bosqichida dissertatsiya himoyalarini qanday shakllantirish kerakligi haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, bu jarayonda duch kelinadigan to‘siqlar va muammolar, OAK nizomi bo‘yicha tadqiqotchilarga taqdim etilayotgan yengilliklar va imkoniyatlar haqida ham batafsil ma’lumot berildi.
Davra suhbatida institut rektori, professor Shuhrat Teshayev ham ishtirok etib, doktorantlar va tadqiqotchilarning ilmiy faoliyati uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishini ta’kidladi.
Yig‘ilishda ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashda tibbiyot sohasida ilmiy daraja berish tartibi hamda tadqiqotchilarning xorijiy mamlakatlarda amaliyot o‘tashi masalalari ham muhokama qilindi.
Bundan tashqari, ilmiy yangiliklarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish, shuningdek, ilmiy loyihalarni tijoratlashtirish, plagiat materiallarga qarshi kurashish masalalari yuzasidan yo‘llangan savollarga atroflicha javob berildi.
Uchrashuvda doktorantlar va tadqiqotchilar ilmiy izlanishlarini samarali amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan yo‘l-yo‘riqlar va tavsiyalarga ega bo‘ldi. Mutaxassis tomonidan berilgan ma’lumotlar ularga duch keladigan muammolarni hal qilishda va izlanishlarni yanada samarali olib borishda yordam beradi.
Bu esa, o‘z navbatida, fan va ta’lim tizimining rivojlanishiga, ilmiy salohiyatning yuksalishiga xizmat qiladi.
Talabalar orasida profilaktik davra suhbati tashkil etildi.
01.05.2025 2025-05-03 8:24Buxoro davlat tibbiyot instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i X.B.Fayziyev, bo‘lim bosh mutaxassisi O.A.Rajabov hamda Tibbiyot fakulteti Pediatriya yo‘nalishi tyutori G.H.Ochilovalar bilan birgalikda joriy yilning 1-may kuni institutning Pediatriya yo‘nalishi 137-guruh talabalari orasida profilaktik davra suhbati tashkil etildi.


Tadbirni o‘tkazishdan maqsad OTMdagi talaba-yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, unga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlashdan iboratdir. Davra suhbati davomida talabalarga hozirgi kunda davom etayotgan oraliq hamda yozma imtihonlardagi mavjud muammolar va korrupsion holatlarni bartaraf etish bo‘yicha tushunchalar berildi.


Ertalabki sport tadbiri bo‘lib o‘tdi.
01.05.2025 2025-05-02 16:42Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari, tyutorlari, xodimlari hamda talaba-yoshlari ishtirokida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan ertalabki sport tadbiri bo‘lib o‘tdi.



Tadbir sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish va ishchi jamoa orasida sog‘lom muhitni shakllantirish maqsadida tashkil etildi.



Ushbu sport mashg‘ulotlari institut jamoasining sog‘lig‘ini mustahkamlash, ish unumdorligini oshirish va ijobiy kayfiyatda ish kunini boshlashga xizmat qildi.


Dubaydagi iqtidorli o‘quvchilar Buxoro tibbiyot institutiga tashrif buyurdi
30.04.2025 2025-05-01 9:47Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti xalqaro mehmonlarni qarshi oldi. Birlashgan Arab Amirliklaridagi Xalqaro maktabda tahsil olayotgan 47 nafar iqtidorli o‘quvchi va ularning 4 nafar ustozlari institutga tashrif buyurishdi.


Tashrifdan asosiy maqsad — tibbiyot yo‘nalishiga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari faoliyati bilan yaqindan tanishish, kelajakda maktabni tamomlagach o‘zlari uchun munosib OTMni tanlashdir. Mehmonlar orasida Misr, Saudiya Arabistoni, Suriya, Marokko, Hindiston, Fransiya kabi mamlakatlar fuqarolari bo‘lgan o‘quvchilar bor.


Tashrif davomida mehmonlar Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida yaratilgan sharoitlar, o‘quv jarayonlari, amaliy mashg‘ulotlar uchun mo‘ljallangan klinik baza, zamonaviy kutubxona (ARM) va Simulyatsiya markazi bilan yaqindan tanishishdi.


Ular institutning:
✅ zamonaviy ta’lim sifati,
✅ klinik imkoniyatlari,
✅ ARM va Simulyatsiya markazi,
✅ qulay o‘quv muhitini yuqori baholab, institut jamoasiga chuqur minnatdorlik izhor qilishdi.
Tashrif ishtirokchilari institutdagi ilmiy va amaliy salohiyat, xalqaro darajadagi imkoniyatlar ularning katta taassurotiga sabab bo‘lganini ta’kidlab, kelgusida hamkorlik va almashinuv dasturlarida qatnashishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.


O’zbekiston Respublikasi Xalq demokratik partiyasi viloyat kengashi raisi Z.To’yeva Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi.
30.04.2025 2025-05-01 13:09Joriy yilning 30-aprel kuni Viloyat ishchi guruhi rahbari, O’zbekiston Respublikasi Xalq demokratik partiyasi viloyat kengashi raisi Z.To’yeva Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurib, institut rahbariyati bilan suhbat olib bordi.



Viloyat ishchi guruhi rahbari, O’zbekiston Respublikasi Xalq demokratik partiyasi viloyat kengashi raisi Z.To’yeva tashrif davomida institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektorning 2024-2025-o’quv yili uchun tasdiqlangan ish rejasi ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar holati bilan tanishib chiqdi.



Buxoro davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurgan ishchi guruh institut kutubxonasiga tashrif buyurib, kutubxona faoliyati, unda talaba-yoshlar uchun tashkil qilingan shart-sharoitlar bilan tanishib chiqdi.






Viloyat ishchi guruhi rahbari, O’zbekiston Respublikasi Xalq demokratik partiyasi viloyat kengashi raisi Z.To’yeva institut talaba-yoshlari bilan ko’rishib, suhbat olib bordi. Suhbat davomida talabalarning savol va takliflari bilan tanishib chiqdi.








Buxoro davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurgan ishchi guruh institut yutuqlari bilan tanishib chiqdi. Viloyat ishchi guruhi rahbari, O’zbekiston Respublikasi Xalq demokratik partiyasi viloyat kengashi raisi Z.To’yeva institutda tashkil qilingan “KARAOKE CLUB” ga tashrif buyurib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishib, unda ishtirok etgan talabalar xordig’iga guvoh bo’ldi.









Ishchi guruh Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalar turarjoyiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar bilan suhbat olib borib, ularga yaratilgan shart-sharoitlardan samarali foydalanishlarini ta’kidlab o’tdi. Talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.









