How may we help you?

http://news.cnwest.com/lianbo/a/2025/04/28/23089919.html

2025 yil 25–26 aprel kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida “Buyuk Ipak Yo‘li” tashabbusi doirasida urologiya va nefrologiya sohalarida an’anaviy va zamonaviy tibbiyot integratsiyasiga bag‘ishlangan xalqaro sammit-forum bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur nufuzli anjumanda Buxoro davlat tibbiyot institutining vakillari – Ahmedova Nilufar, Naimova Shohida va Sulaymonova Gulnoz hamda Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (BVKTTM) nefrologiya bo‘limi mudiri Khatabov Muzaffar ilmiy ma’ruzalar bilan faol ishtirok etmoqda.

Forum davomida urologiya va nefrologiya yo‘nalishlarida an’anaviy va zamonaviy tibbiyotning integratsiyasi, tashxis va davolashning innovatsion usullari, ilg‘or ilmiy yutuqlar muhokama qilinmoqda. Buxorolik olimlar o‘z ma’ruzalari orqali O‘zbekistonda olib borilayotgan tibbiy islohotlar va yutuqlar haqida ham ma’lumot berdi.

Tadbir ishtirokchilari kasbiy malakani oshirish, xalqaro tajriba almashish va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlaridan keng foydalanyapti.

Xitoyning Xi’an Jiatong universiteti vitse-prezidenti Hong Jun bilan tibbiyot sohasida hamkorlikni rivojlantirish, OTMlar shifoxonalari va shifokorlaring tajriba almashinuvi, ilmiy-tadqiqot va akademik mobillikni qo’llab quvvatlash borasida fikr almashildi.

Bugun, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti faollar zalida “JADIDLAR G’OYASI-YANGI O’ZBEKISTON VA UCHINCHI RENESSANSNI BUNYOD ETISHNING MUSTAHKAM POYDEVORI” nomli kitob targ’iboti bo’lib o’tdi.

Ushbu maqolalar to’plami, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi fuqarolik jamiyati institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat fondining davlat granti, Buxoro viloyati “Shashmaqom” va nomoddiy madaniy merosni o’rganish markazining “Jadidlar g’oyasi-Yangi O’zbekiston va uchuinchi renessansni bunyod etishning mustahkam poydevori” loyihasi asosida nashr etilgan.

2025-yil 24-aprel kuni Toshkent tibbiyot akademiyasida “Talabalar tibbiy ilmining zamonaviy yutuqlari” nomli V-Talabalar xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi.

Ushbu anjumanda Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari ham faol ishtirok etdilar. Institutimizning ikki nafar talabasi turli seksiyalarda ilmiy ma’ruzalar bilan qatnashib, har biri oʻz seksiyasi boʻyicha faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Konferensiyada zamonaviy tibbiyot, fundamental fanlar va innovatsion tadqiqotlar yo‘nalishlaridagi ilmiy ishlanmalar taqdim etildi. Bizning talabalarning taqdimotlari ilmiy yangilik, amaliy ahamiyat va dolzarbligi jihatidan yuqori baholandi.

Bunday natijalar institutimizda talabalar ilmiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilayotgan uzluksiz e’tibor va qo‘llab-quvvatlash samarasidir.

Buxoro davlat tibbiyot instituti Tibbiyot fakulteti Davolash yo’nalishi 1-kurs talabalari bilan korrupsiya bo’limi boshlig’i Xurshid Burxanovich Fayziyev ishtirokida suhbat tashkil qilindi.