How may we help you?

Bugungi globallashuv jarayonida tibbiy ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimi jadal rivojlanayotgan xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti dunyoning yetakchi tibbiy ta’lim tashkilotlari bilan o‘zaro aloqalarni kengaytirib bormoqda.

Institutda ilgariroq koreys tilini o‘rganishga yo‘naltirilgan Qirol Sejong markazining tashkil etilgani xalqaro hamkorlikning yaqqol ifodasi bo‘ldi. Endilikda ushbu an’anaviy yo‘nalish yana bir muhim qadamma oldinga siljidi – institutda Xitoy tili markazi ish boshladi.

Xitoy bilan hamkorlikda yangi imkoniyatlar eshigi ochildi

Kuni kecha institutda xalqaro hamkorlik doirasida navbatdagi muhim tashabbus amalga oshirildi. Xitoy Xalq Respublikasi vakillari Buxoro davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurib, yangi markazning ochilishida ishtirok etdilar. Mehmonlarni institut rektori, professor Shuhrat Teshayev samimiy kutib oldi va ularni o‘quv-amaliy jarayonlar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishtirdi.

Tadbirda Pekin Ipak yo‘li madaniyat markazi direktori Zang Hongyan hamda Xitoy tili o‘qituvchisi Chen Hao ishtirok etdi. Ular institut rahbariyati bilan o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, o‘quvchilar va talabalar uchun zamonaviy metodika asosida til o‘rganish sharoitlarini yaratish masalalarida fikr almashdilar.

Xitoy tilini o‘rganish – yangi avlod uchun yangi ufqlar

Tashkil etilgan Xitoy tili markazi nafaqat institut talabalari va professor-o‘qituvchilari, balki Buxoro viloyatidagi barcha til o‘rganishga qiziquvchilar uchun ham faoliyat yuritadi. Endilikda buxorolik yoshlar, tibbiyot sohasi vakillari va boshqa qiziqish bildirgan fuqarolar xitoy tilini bevosita malakali mutaxassislar rahbarligida o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Markazning faoliyati Xitoyning ilg‘or tibbiy tajribalari va texnologiyalarini o‘rganish, shuningdek, talabalar almashinuvi, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yishda ham muhim vosita bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.

Tibbiyotda Xitoy tajribasi – hamkorlik sari dadil qadam

Ma’lumki, Xitoy bugungi kunda faqat iqtisodiy-texnologik yutuqlari bilan emas, balki tibbiyot sohasidagi yuksak salohiyati bilan ham e’tirof etilmoqda.

An’anaviy Xitoy tibbiyoti bilan zamonaviy tibbiy yondashuvlarni uyg‘unlashtirgan holda, bu mamlakat jahon sog‘liqni saqlash tizimida o‘zining yetakchi o‘rniga ega.

Shunday bir paytda Buxoro davlat tibbiyot institutining Xitoy bilan barqaror va samarali hamkorlik yo‘lini tanlagani, nafaqat institut salohiyatini oshirishga, balki butun mintaqada tibbiy ta’lim sifatining yuksalishiga xizmat qilishi shubhasiz.

Xulosa o‘rnida

Yangi ochilgan Xitoy tili markazi – bu nafaqat bir tilni o‘rganish imkoniyati, balki madaniyatlararo muloqot, ilmiy-tadqiqot aloqalarini chuqurlashtirish va xalqaro tajribani o‘zlashtirish sari tashlangan muhim qadamlardan biridir. Bunday tashabbuslar Buxoro davlat tibbiyot institutini nafaqat mamlakat, balki xalqaro miqyosda ham tan olingan ilg‘or ilmiy markazlardan biriga aylantirishga xizmat qiladi.

Bu olimpiadada Buxoro davlat tibbiyot instituti Davolash fakulteti 327-guruh talabasi Azimjonova Sharofat Farmakologiya fanidan faol qatnashib, faxrli 1️⃣-o’rinni egalladi. Talaba rahbari Professor D.M.Musayeva.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Tibbiyot fakulteti talabalaridan iborat “AVITSENA” jamoasi Jizzax viloyatida o’tkazilgan “MA’RIFAT MAYDONI” Respublika ko’rik tanlovining yarim final bosqichida 1-o’rinni qo’lga kiritganligi munosabati bilan g’oliblarni kutib olish marosimi juda tantanali va esda qolarli bo’ldi.

G‘oliblar nafaqat o‘z muvaffaqiyatlari bilan, balki O‘zbekistonning milliy qadriyatlarini ham namoyish etib, barcha ishtirokchilarga ilhom berishdi. Milliy kiyimlarimizni kiyganlar, haqiqatan ham, nafaqat o‘zlarini, balki yurtimizni ham namoyish etgan haqiqatda o‘ziga xos qahramonlardir.

Milliy kiyimlar nafaqat tashqi go‘zallik, balki qadriyatlarimizni targ‘ib qilishning eng samarali vositasidir. G‘oliblarimiz, o‘z milliy kiyimlarida, O‘zbekistonning madaniy merosini boshqalarga tanitishda muhim rol o‘ynadilar. Ular har bir bosqichda nafaqat o‘z qobiliyatlarini, balki o‘zlikni ham ko‘rsatdilar, millat g‘ururini himoya qildilar.

Buxoro davlat tibbiyot instituti, Tibbiyot fakulteti, Davolash yo’nalishi 203-guruh va 1-kurs 126-guruh talabalari tomonidan “Biz korrupsiyaga qashimiz” mavzuida tayyorlangan havolada tomosha qilishi mumkin:

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
ABU ALI IBN SINO NOMIDAGI BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI STOMATOLOGLAR ASSOTSIATSIYASI

XALQARO ISHTIROKDA O‘TKAZILADIGAN ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA


STOMATOLOGIYANING DOLZARBL MUAMMOLARI KONFERENSIYA DASTURI
25–26-APREL

BUXORO 2025

Tashrifdan maqsad Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari Buxoro davlat tibbiyot instituti bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish. Bundan tashqari ozarbayjonlik abituriyentlar ta’lim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib chiqdi.

Eslatma sifatida hozirgi kunda Buxoro davlat tibbiyot institutida 3 nafar ozarbayjonlik talaba ta’lim olib kelmoqda.