“Frontal tishlarning badiiy restavratsiyasi”mavzusida ma’ruza va amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
24.04.2025 2025-04-24 15:52Institutning Simulyatsion markazida S.D. Asfandiyorov nomidagi Qozog‘iston Milliy Tibbiyot Universiteti ortopedik stomatologiya kafedrasi xodimi, vrach-stomatolog Jamashev Jenis Jaksılıkovich tomonidan “Frontal tishlarning badiiy restavratsiyasi” mavzusida ma’ruza va amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.


Mazkur tadbir stomatologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan boyitish, xorijiy tajribalarni o‘rganish hamda sohadagi ilg‘or yondashuvlar bilan tanishish imkoniyatini yaratdi.

Shuningdek, bu kabi tashabbuslar institut professor-o‘qituvchilari va talabalarining xalqaro ilmiy-akademik hamkorligini mustahkamlash, zamonaviy tibbiyot ta’limida integratsiyalashuv jarayonlarini jadallashtirishga xizmat qiladi.

Buxoro davlat tibbiyot instituti faollar zalida davra suhbati o’tkazildi.
23.04.2025 2025-04-24 16:31Joriy yilning 23-aprel kuni O’zbek xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludi munosabati bilan Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti faollar zalida davra suhbati o’tkazildi.




Tadbirni rektor maslahatchisi Ma’ruf G’oyibnazarovich Mahmudov ochib berib, Muhammad Yusuf hayoti va ijodi haqida so’zlab o’tdi. Intitut talaba-yoshlari shoir she’rlaridan namunalar aytishdi.



Narkotik moddalarning zarari va yoshlar orasida targ‘ibot ishlari
23.04.2025 2025-04-23 16:39Bugungi kunda jamiyatimizda narkotik moddalar tarqalishi va ularning yoshlarga yetkazayotgan zarari jiddiy muammolardan biri hisoblanadi. Bu muammoga qarshi kurashish va yosh avlodni undan himoya qilish maqsadida Buxoro davlat tibbiyot institutida muhim uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuxrat Teshayev hamda Ichki ishlar vazirligi tezkor qidiruv xizmati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Matlyubov Axmadbek ishtirok etishdi. Ular talabalar bilan uchrashib, narkotik vositalarning inson salomatligiga yetkazadigan zarari, ayniqsa, sintetik narkotiklarning halokatli oqibatlari haqida batafsil tushuntirish ishlarini olib bordilar.

Tadbir davomida mutaxassislar narkotik moddalar inson organizmiga qanday ta’sir ko‘rsatishi, ulardan foydalanish nafaqat jismoniy, balki ruhiy kasalliklarga ham olib kelishini ta’kidladilar. Shuningdek, bu moddalarning jinoyatchilikka olib boruvchi xavfi, ijtimoiy oqibatlari va ularga qarshi kurashish choralari haqida ham ma’lumot berildi. Shuningdek, uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Mutasaddilar narkotiklarga qarshi kurashishda yoshlarning ongli va faol bo‘lishi muhim ekanini qayd etdilar. Bundan tashqari, ushbu moddalarning tarqalishiga qarshi kurashishda huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qilishning ahamiyati ta’kidlandi.

Tadbir yakunida yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, zararli odatlarga qarshi ma’rifiy va profilaktik ishlarni kuchaytirish borasida qator taklif va tavsiyalar bildirildi. Bunday uchrashuvlar kelgusida ham davom ettirilishi va yoshlar orasida narkotik moddalarga qarshi immunitetni shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari yanada kuchaytirilishi kutilmoqda.

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbiri
23.04.2025 2025-04-24 11:35“Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbiri doirasida Buxoro davlat tibbiyot institutida “Davomat” va “Tig‘” nomli maxsus tadbirlar muvaffaqiyatli tashkil etildi.


Mazkur tadbirlar doirasida institut talabalari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularga shaxsiy xavfsizlik, ijtimoiy mas’uliyat, jamoat joylarida o‘zini tutish madaniyati, huquqbuzarliklarning oldini olish va fuqarolik burchini anglash borasida batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan suhbatlar davomida yoshlar o‘rtasida turli salbiy illatlarga qarshi kurashish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, axloqiy va huquqiy tarbiyani mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi, mas’ullar esa har bir savolga atroflicha javob berishdi. Bu kabi uchrashuvlar talabalarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish, shuningdek, sog‘lom va xavfsiz muhit yaratishda o‘z ulushlarini qo‘shishga undashga xizmat qiladi.

Buxoro davlat tibbiyot instituti quyidagi lavozimlarga tanlov e’lon qiladi
23.04.2025 2025-05-02 10:57Dotsent lavozimiga talabgorlar
- Gematologiya va klinik laborator diagnostika kafedrasi – 1 o‘rin
- Ichki kasalliklar propidevtikasi kafedrasi – 1 o‘rin
- Yadro tibbiyoti va tibbiy radiologiya kafedrasi- 1 o‘rin
- Xalq tabobati, kasb kasalliklari va allergologiya kafedrasi – 1 o‘rin
- Klinik farmakologiya kafedrasi – 2 o‘rin
Professor lavozimini egallash uchun tanlovda fan doktori (DSc) ilmiy darajasi hamda dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan shaxslar qatnashishi mumkin.
Dotsent lavozimini egallash uchun tanlovda fan doktori, fan nomzodi (PhD) ilmiy darajasiga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan shaxslar qatnashishi mumkin.
Katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent) lavozimini egallash uchun tanlovda fan nomzodi ilmiy darajasiga, tegishli mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar (magistr diplomli mutaxassis) qatnashishi mumkin.
————————————————————————————————————-
Hujjatlar e’lon chiqqan kundan boshlab bir oy davomida qabul qilinadi.
Manzil: Buxoro shahri, G‘ijduvon ko‘chasi, 23 uy, BuxDTI ilmiy kotibi.
Institutning hindistonlik hamkorlari Onkologiya markazida noyob jarrohlik amaliyoti o‘tkazishdi
22.04.2025 2025-04-23 12:57Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti xalqaro hamkorlik doirasida Hindistonning NEO tashkiloti bilan birgalikda onkologik bemorlar uchun bepul maslahat va murakkab jarrohlik amaliyotlarini tashkil etdi.

Respublika ixtisoslashtirilgan Onkologiya va radiologiya markazi Buxoro filialida o‘tkazilgan ushbu tadbirda NEO tashkiloti direktori dr. Divya Raj Reddy, GSL Saraton kasalliklari shifoxonasi shifokori Dr. Tarun hamda bosh onkologik jarroh Dr. Shree Ram ishtirok etishdi.

Tashrif davomida bemorlarga yuqori malakali maslahatlar berildi va noyob operatsiyalar muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Mutaxassislar bilan hamkorlik klinik faoliyat va ta’limiy almashinuvlar yo‘nalishida davom ettirilishi rejalashtirilmoqda.