Kelajakga Qadam: Buxoro tibbiyot institutida bitiruvchilar uchun moliyaviy imkoniyatlar va tadbirkorlik treningi
22.04.2025 2025-04-23 16:32Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida 2025‑yil 19‑aprel kuni “Kelajakga qadam” dasturi doirasida bitiruvchi talabalar uchun seminar‑trening hamda “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “O‘zmilliybank” AJ Buxoro viloyat filiali kredit bo‘limi xodimi Lazizbek Oblokulov ishtirok etib, yosh mutaxassislarga bank tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy xizmatlar va imtiyozli kredit liniyalari haqida batafsil ma’lumot berdi.


Mehnat yarmarkasida bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura bitiruvchilariga 30 dan ortiq tibbiyot muassasasi hamda moliya‑bank tuzilmalari tomonidan vakansiyalar taklif etildi, o‘qishni yakunlayotgan talabalar esa o‘rindoshlik va rezidentura imkoniyatlari bo‘yicha maslahat oldilar.

Seminarda Prezidentning 2025‑yil 18‑fevraldagi bitiruvchilarni ishga joylashtirishga ko‘maklashish haqidagi qaroriga tayangan holda, “Kelajakga qadam” dasturining mazmun‑mohiyati keng yoritildi. Oblokulov talabalar uchun yillik 4 foizgacha imtiyozli stavkada 300 million so‘mgacha kredit olish tartibi, “StartMed” deb nomlangan bepul hisob‑varaqi va arzonlashtirilgan POS‑terminal kabi maxsus mahsulotlar, shuningdek biznes‑reja tuzish, smeta ishlab chiqish va qarz kafolati shakllarini tayyorlash bo‘yicha qo‘llab‑quvvatlash mexanizmlarini tushuntirdi. Uchrashuv savol‑javob ruhida o‘tib, klinika ochish, mobil diagnostik xizmatlar va dori‑darmon logistikasiga oid g‘oyalarning tijoriy salohiyati muhokama qilindi.

Buxoro davlat universitetida yaqinda ochilgan “Kelajakga qadam” markazi talabalar uchun koverking, mentorlik dasturlari, biznes‑inkubatsiya va grant loyihalarida qatnashish imkoniyatlari, shuningdek bank, soliq va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy maslahatlar taqdim etishi haqida ham ma’lumot berildi. Tadbir yakunida 120 dan ortiq bitiruvchi ish va stajirovka bo‘yicha dastlabki shartnomalarni imzoladi, 15 ta innovatsion biznes‑loyiha dasturning birinchi saralash bosqichiga topshirildi. Seminar‑trening orqali yoshlar moliyaviy savodxonlikni oshirish, mutaxassisligida tadbirkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish va viloyatda raqobatbardosh tibbiyot startaplarini yaratish uchun zarur amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.

Giyohvandlikka qarshi kurash
22.04.2025 2025-04-22 15:22Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida giyohvandlikning zararli oqibatlari haqida talabalar va professor-o’qituvchilarga muntazam ravishda treninglar, seminarlar va ma’ruzalar o’tkazilib kelinmoqda.
Bu, ularning giyohvandlikka qarshi bilim va tushunchalarini oshirishga xizmat qiladi. Giyohvand moddalar turli jismoniy kasalliklarga olib kelishi mumkin, jumladan, jigar, buyrak kasalliklari, yurak va nafas olish tizimi buzilishlari. Giyohvandlik turli infeksion kasalliklarga, ayniqsa giyohvand moddalarni infeksiya qilish orqali HIV va gepatit kabi kasalliklar tarqalishi kabi salbiy oqibatga ham olib keladi. Bundan tashqari, u ko’pincha depressiya, xavotir va psixoz kabi ruhiy kasalliklar rivojlanishiga turtki bo’ladi.


Institut psixologlari tomonidan psixologik yordam va giyohvandlikni oldini olish dasturlari tashkil etilgan bo’lib, bu talabalarning psixologik va emotsional holatini yaxshilashga yordam bermoqda. Institut mas’ullari sport, madaniyat va san’at tadbirlari orqali talabalarning bo’sh vaqtlarini samarali o’tkazishlariga yordam berib kelishmoqda va bu usul giyohvandlikka qarshi kurashishning eng samarali usullaridan biri hisoblanadi. Giyohvandlikni oldini olish dasturlari va jismoniy tarbiya mashg’ulotlari orqali yoshlarni salomatlikka zararli bo’lgan illatlardan himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI JAMOASI YURTIMIZ BO’YLAB SAYOHATDA
22.04.2025 2025-04-22 10:34Prezidentimizning “Ichki turizmni rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga asosan mamlakatimizdagi ko’plab tashkilot , korxona ta’lim muassasalari qatorida Abu ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi ham o’z hissasini qo’shib kelmoqda.

Jumladan, institut xodim hamda talabalari qadimiy va hamisha navqiron Samarqandning diqqatga sazovor joylariga sayohat qilishdi.

Sayohat davomida yurtimizning o’tmishi hamda muqaddas qadamjolari haqida batafsil ma’lumotga ega bo’lishdi.

Toshkent simfonik orkestri konsertiga tashrif buyurishdi.
22.04.2025 2025-04-22 10:51Joriy yilning 18-aprel kuni Buxoro davlat tibbiyot instituti talaba-yoshlari hamda xodim-xodimalari Buxoro shahridagi musiqali drama teatrida bo’lib o’tgan Toshkent simfonik orkestri konsertiga tashrif buyurishdi.



Institut jamoasi orkestrdan ma’naviy xordiq olishdi.



«REKTOR KUBOGI»
22.04.2025 2025-04-22 11:42BDTI TALABALARI O‘RTASIDA MINI-FUTBOL BO‘YICHA «REKTOR KUBOGI» SPORT MUSOBAQALARINING 21-APREL KUNI O‘TKAZILGAN O‘YINLAR NATIJASI
1️⃣-tur
1️⃣-maydon
16:00 Shadow 3-0 Aligarx 122
16:45 India 2 1-3 Tez yordam TP
17:30 Pediator631 1-5 Yaguars
2️⃣-tur
2️⃣-maydon
16:00 Atlanta 3-4 Mercury
16:45 Davolash 302 3-2 Pediatorlar
17:30 Pulse doctors 9-0 Tornado united
18:15 Xalqaro Sop 5-2 Gardo United







Institut talabasi “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi
21.04.2025 2025-04-22 9:15Buxoro davlat tibbiyot instituti Tibbiyot fakulteti Davolash yo‘nalishi 307-guruh talabasi Rayimova Rayhona iste’dodli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Ulug‘bek” jamg‘armasi hamda Buxoro viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining Buxoro tuman va viloyat bosqichlarida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Mazkur tanlovda Rayhona o‘zining ilmiy bilimlari, innovatsion g‘oyalari va faolligi bilan ajralib turdi. Natijada, u viloyat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, tanlovning Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Rayimova Rayhonaning bu yutug‘i — nafaqat institut, balki Buxoro viloyatidagi faol, iqtidorli yoshlarning salohiyatini yana bir bor namoyon etadi. Yoshlar o‘rtasida ilmga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi bunday tanlovlar iqtidor egalari uchun katta maydon yaratmoqda.
Talabamizga Respublika bosqichida ham omad tilaymiz!