How may we help you?

2025-yil 10-mart kuni Vazirlar Mahkamasining 149-sonli qarori bilan “Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” tasdiqlandi. Unga muvofiq, oliy ta’lim muassasalarida davlat granti asosida ta’lim olish imkoniyatlari yanada adolatli va rag‘batlantiruvchi mezonlar asosida taqsimlanadi.

Endilikda ikkinchi va undan yuqori kurslarda tahsil olayotgan, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan, ijtimoiy jihatdan faol talabalar uchun ta’lim grantlari to‘liq yoki to‘liq bo‘lmagan shaklda ajratiladi. Bu esa, nafaqat bilimli, balki ijtimoiy hayotda faol bo‘lgan yoshlarni ham rag‘batlantirishga xizmat qiladi.

Qarorga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarida davlat granti kvotalarini tabaqalashtirilgan tarzda qayta taqsimlash amaliyoti joriy etildi. Bunda talabalar orasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ta’lim sifatini oshirish va ijtimoiy adolat tamoyillarini ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Mazkur tartib talabalarning doimiy ravishda bilimga intilishi, universitet hayotida faol ishtirok etishini kuchaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti ta’lim sifati, ilmiy izlanishlar va xalqaro hamkorlik borasidagi islohotlari bilan nafaqat mamlakat miqyosida, balki xalqaro miqyosda ham o‘z nufuzini mustahkamlab bormoqda.

Yaqinda institutning Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi nufuzli tashkilotlardan biri — ECFMG (Educational Commission for Foreign Medical Graduates) ro’yxatidan o’tishi bu boradagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

ECFMG — AQSHda amaliyot o‘tash yoki tibbiy rezidentura dasturlarida ishtirok etishni istagan xorijiy shifokorlar uchun tan olingan tashkilot hisoblanadi. U xalqaro tibbiyot bitiruvchilarining bilim va malakasini baholaydi, USMLE (United States Medical Licensing Examination) — Amerika tibbiy lisenziyalash imtihonlarida qatnashish huquqini beradi.

Bu ro‘yxatga kiritilishning BuxDTI talabalari uchun ahamiyati beqiyos. Endi institut bitiruvchilari AQSHda tibbiy amaliyot o‘tash, rezidentura dasturlariga ariza topshirish, ta’lim va ish faoliyatini xalqaro maydonda davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Shubhasiz, bu nafaqat talabalarning shaxsiy muvaffaqiyati, balki institutning global maqomini belgilaydigan muhim ko‘rsatkichdir.

Mazkur tan olish Buxoro davlat tibbiyot instituti uchun qator istiqbolli yo‘llarni ochadi:

  • Institutning xalqaro nufuzi oshib boradi. Bunday akkreditatsiya muassasaga jahon miqyosida ishonchli va tan olingan ta’lim maskani sifatida qaralishini ta’minlaydi.
  • Bitiruvchilarning diplomlari keng qamrovli tan olinadi. Faqat AQSH emas, balki qator boshqa davlatlar ham ECFMG ro‘yxatidagi muassasalar diplomiga ishonadi.
  • Xalqaro talabalarni jalb etish imkoniyati kengayadi. Ta’lim sifatini izlayotgan chet ellik yoshlar bunday institusional obro‘ga ega OTMni tanlaydi.
  • Olim va o‘qituvchilar uchun ham yangi imkoniyatlar. Xalqaro loyihalarda ishtirok etish, xorijda konferensiya va seminarlarda faol ishtirok etish imkoniyatlari kengayadi.

Shu jihatdan olib qaralganda, Buxoro davlat tibbiyot institutining ECFMG ro‘yxatiga kiritilishi — nafaqat bitiruvchilar uchun, balki butun ta’lim jamoasi uchun ham yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

Bu — institutning xalqaro maydondagi mavqeini yanada mustahkamlab, mamlakatimiz tibbiyot ta’lim tizimining jahon andozalariga moslashuvi yo‘lidagi muhim qadamdir.

Bugungi kunda mamlakatimizda tibbiyot sohasini yanada rivojlantirish, aholini sifatli tibbiy xizmatlar bilan ta’minlash, shu jumladan, yosh mutaxassislarni ish bilan ta’minlash masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan bu borada bir qator muhim tashabbus va qarorlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, tibbiyot oliy ta’lim muassasalarini tamomlayotgan yosh mutaxassislarni chekka va olis hududlarga jalb etish, ular uchun munosib mehnat va yashash sharoitlarini yaratishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Bugun bitiruvchilarni o‘z sohasi bo‘yicha ish bilan ta’minlashni samarali tashkil etish maqsadida Buxoro davlat tibbiyot institutida tashkil etilgan “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘ldi.

Mazkur yarmarkada Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarining sog‘liqni saqlash boshqarmalari, hududiy tibbiyot birlashmalari, markazlar, shuningdek, IIV huzuridagi Jazoni ijro etish muassasalari hamda Toshkent viloyatidan soha rahbarlari ishtirok etdi. Tadbirda institut rektori Shuhrat Teshaev so‘zga chiqib, bitiruvchi talabalarga muvaffaqiyatlar tiladi va tadbirni ochiq deb e’lon qildi. Qashqadaryo SSB boshlig‘i Alisher Boboev va Buxoro SSB boshlig‘i Elyor Oltiyev ham o‘z so‘zida oliy ta’lim muassasaini bitirayotgan yoshlarga imkoniyatlar haqida fikr bildirishdi.

Buxoro davlat tibbiyot institutida 2024–2025 o‘quv yilida 857 nafar bitiruvchi, jumladan, 19 nafar magistratura, 222 nafar klinik ordinatura bitiruvchilari bor. Tadbir davomida ular uchun ish beruvchilar tomonidan ish takliflari berildi, mehnat shartnomalari tuzildi, vakant ish o‘rinlari haqida to‘liq ma’lumotlar taqdim etildi.

Mahalliy va boshqa viloyatlardan tashrif buyurgan ish beruvchilarning bevosita talabalar bilan muloqoti orqali yosh mutaxassislar o‘z kelajak faoliyatini rejalashtirish, birinchi ish joyini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Bu kabi tadbirlar nafaqat bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, balki soha uchun malakali kadrlar yetishtirish, olis va chekka hududlarda tibbiy xizmat sifatini oshirishga ham xizmat qiladi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, har bir fuqaro, qaerda yashashidan qat’i nazar, sifatli tibbiy xizmatga ega bo‘lishi kerak. Bu maqsadda, olis hududlarga yo‘llanayotgan yosh kadrlarga uy-joy, qo‘shimcha moddiy yordam, malaka oshirish imkoniyatlari kabi qulayliklar yaratilmoqda.

Bunday islohotlar mamlakatimizda tibbiyot tizimini tubdan takomillashtirishga va yosh mutaxassislarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga xizmat qiladi. Kelajakda bugungi bitiruvchilar — fidoiy shifokorlar sifatida xalq salomatligini muhofaza qilishda o‘z hissasini qo‘shishi shubhasiz.

Joriy yilning 2-3-4 may kunlari “Yangi O‘zbekiston” universitetida “Anti-Corruption Hackathon 2025″ xakatoni bo‘lib o‘tadi.

Unda ishtirokchilar ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda korrupsiyaga qarshi innovatsion yechimlar ishlab chiqish imkoniga ega bo’ladi.

G‘oliblar Gonkongda bo‘lib o‘tadigan Osiyo yoshlar korrupsiyaga qarshi kurashish xakatoni (“Coding4Integrity”)da O‘zbekiston nomidan ishtirok etish imkoniyatini qo’lga kiritadi.

Yo‘nalishlar:

  • davlat xaridlari, sport, qurilish, moliya va sug’urta tizimlarida korrupsiyaning oldini olish;
  • korrupsiyaga qarshi kurashishga aholi va yoshlarni jalb etish;
  • ochiq ma’lumotlar orqali korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan boshqa yondashuvlar.

Xakatonda ingliz tilini yaxshi biladigan 18-35 yoshdagi turli soha vakillari yakka yoki (3 kishilik) jamoaviy holda ishtirok etishi mumkin.

Tayyorlov vebinari: 21-aprel

Xakatonda ishtirok etish uchun 28-aprelga qadar ushbu havola orqali ro’yxatdan o’tish so’raladi.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Bugun institutimiz katta majlislar zalida Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari madhiyasi tanlovi uchun Hayʼat muhokamasi boʻlib oʻtdi. Tadbirni Institut rektori Teshayev Shuhrat Jumayevich ochib berib, institut madhiyasi uchun eng munosib ish tanlab olinishini taʼkidlab, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.

Hayʼat komissiyasi tarkibiga Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi aʼzolari va Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi oʻqituvchilari taklif etildi.

Institut madhiyasi uchun nomzod sifatida kelib tushgan 50 dan ortiq ishlar orasidan eng munosibi deb 433-guruh talabasi Obidova Barchinoy tomonidan yozilgan ish topildi. Gʻolibga 5 mln soʻmlik vaucherni Rektor maslahatchisi Maʼruf Mahmudov topshirdi.

Shuningdek, Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi aʼzosi tomonidan keltirilgan sheʼriy toʻplamlar Institut mushoira klubi koordinatori Tohirov Umidjon tomonidan qabul qilib olindi.

Joriy yilning 17-aprel kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida Tibbiyot fakulteti 1-2 kurs talabalariga “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” maxsus kurs darslari tashkil etildi.  

Bunda institut psixologlari N.Tosheva va D.Qaxxorovalar tomonidan Oila institutining dolzarbligi va O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan maqomi sifatida nimalarni oʻz ichiga olishi: Konstitutsiya kafolatlari, Oila tushunchasi,an’analari va qadriyatlari, hamda huquqiy himoyada ekanligi haqida,shu bilan birgalikda Oilada bolalarga milliy qadriyatlar, oilaviy an’analar va odobni singdirish muhimligi, Oila muhitida bolalardagi burch, mas’uliyat, mehnatsevarlik kabi sifatlarni rivojlantirish kerakligi, Oilada farzandlar jamiyatga moslashishi, ijtimoiy munosabatlarda to’g’ri qaror qabul qilishi uchun tarbiya olishlari kerakligi tushuntirib otildi. O`quv-seminar davomida talabalar qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.