How may we help you?

Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish nafaqat davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri, balki har bir fuqaroning fuqarolik pozitsiyasi, ijtimoiy mas’uliyat darajasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, ta’lim muassasalarida, ayniqsa, yoshlar ishtirokida bu boradagi targʻibot va tashviqot ishlarini tashkil etish dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Buxoro davlat tibbiyot universitetida o‘tkazilgan navbatdagi targ‘ibot tadbiri ham aynan korrupsiyaga qarshi kurashning samarali yo‘llari, bu illatga qarshi jamoatchilik ongini shakllantirishga qaratildi. Tadbirda O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi raisi Maqsud Hamidov, oliygoh prorektori, xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashi deputati Gauhar Jarilkasinova, partiyaning viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” raisi Shaxnoza Po‘latova hamda O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi advokati Anvar Rahmatov ishtirok etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga yetkazayotgan salbiy oqibatlari, yoshlar orasida huquqiy savodxonlikni oshirish zarurati, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Maqsud Hamidov oʻz chiqishida korrupsiyaga qarshi kurash faqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning emas, balki keng jamoatchilikning, xususan, siyosiy partiyalar, ta’lim tizimi va yosh avlodning ham faol ishtirokini talab qilishini ta’kidladi.

Tadbirda talabalar va professor-o‘qituvchilar tomonidan bildirilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi. Muloqot erkin va ochiq muhitda o‘tdi, unda korrupsiyaviy holatlarga qarshi kurashishda har bir fuqaroning mas’uliyati, axloqiy pozitsiyasi muhim ekani qayta-qayta e’tirof etildi.

Shuningdek, Anvar Rahmatov o‘z ma’ruzasida korrupsiyani faqat jinoyat sifatida emas, balki ijtimoiy muammo sifatida ham chuqur tahlil qildi. U korrupsiya davlat boshqaruvi, iqtisodiy barqarorlik va jamiyat taraqqiyotiga yetkazadigan zararlar haqida atroflicha to‘xtaldi. “Korrupsiyaga qarshi kurash – bu faqat tergov va jazo bilan cheklanadigan jarayon emas. Bu – jamiyatda halollik, mas’uliyat va qonun ustuvorligi tamoyillarini shakllantirish jarayonidir,” — dedi u.

Tajribali advokat talaba-yoshlar orasida huquqiy madaniyatni oshirish zarurati haqida so‘z yuritar ekan, ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirishda nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy yondashuvlar, real misollar va ochiq muloqotlar muhim ekanini ta’kidladi.

Tadbir yakunida korrupsiyaga qarshi kurashish faqat qonun bilan emas, balki odob-axloq, madaniyat va halollik bilan olib borilishi kerak degan xulosa bildirildi.

Bu kabi uchrashuvlar yoshlar ongida ijtimoiy adolat va huquqiy madaniyatni mustahkamlash, ularda korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

2025-yil 16–17-aprel kunlari Buxoro shahridagi Windham mehmonxonasida “Turkiy dunyo plastik, rekonstruktiv va estetik jarrohligi bo‘yicha birinchi xalqaro kongress” bo‘lib o‘tdi. Mazkur muhim ilmiy-amaliy tadbir O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan plastik va estetika jarrohlik markazi, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, qator yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda xalqaro tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi.

Kongressda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar — Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va boshqa davlatlardan taniqli jarrohlar, olimlar, soha mutaxassislari ishtirok etdilar. Ular plastik, rekonstruktiv va estetik jarrohlik sohasidagi eng so‘nggi ilmiy izlanishlar, innovatsion texnologiyalar, zamonaviy diagnostika va davolash uslublari yuzasidan o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Ikki kun davom etgan kongress doirasida 15 dan ortiq seksiyalar, ma’ruzalar va ustaxonalar (master-klasslar) tashkil etildi. Unda yuzlab ishtirokchilar plastik va rekonstruktiv jarrohlik, dermatoestetik tibbiyot, yuz va tana shakllarini tiklash, kuyishlardan keyingi rekonstruksiya, mikrojarrohlik va boshqa dolzarb yo‘nalishlarda muhokamalar olib bordilar.

Kongress nafaqat ilmiy almashinuv balki amaliy tajriba va hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, Turkiy davlatlar o‘rtasida tibbiyot sohasida integratsiyani chuqurlashtirish yo‘lida muhim platforma bo‘ldi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar kongress qarorlarini qabul qilib, hamkorlikni rivojlantirishga doir qator tashabbuslarni ilgari surdilar.

Kongressda eng faol qatnashgan mutaxassislar va innovatsion ishlanmalar mualliflari maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Ko‘krak nishoni bilan innovatsion g‘oya va texnologiyalarni rivojlantirish hamda ularni amaliyotga tatbiq etishga munosib hissa qo‘shgan yosh olimlar va talabalar hamda tashabbuskor fuqarolar taqdirlanadilar.

Tanlovda ikki xil tartibda hujjat topshirish amalga oshiriladi:

  • Talabalar oliy ta’lim muassasalarida tuzilgan komissiyalariga ;
    -Yosh olim va tashabbuskor fuqarolar esa yashab turgan tuman/shahar hokimliklarida tuzilgan komissiyalarga topshiradilar.

❗️Yuqorida ko‘rsatilgan komissiyalarda hujjatlar 1-apreldan 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun yosh chegarasi belgilanmagan.

✔️Barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli o’tgan g’oliblar “InnoWeek.Uz” — Innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida tantanali ravishda taqdirlanadilar.

Ko‘krak nishoni sohiblariga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.

Joriy yilning 14 aprel kuni Buxoro davlat tibbiyot institutining korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i X.B.Fayziyev, mazkur bo‘lim bosh mutaxassisi O.A.Rajabov, hamda institut Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i S.S.Davlatovlar bilan birgalikda Tibbiyot fakultetiga qarashli “Fakultativ va gospital terapiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari orasida “Korrupsiyasiz-ta’lim” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘tkazilgan profilaktik tadbirda 22 nafar kafedra professor-o‘qituvchilari qatnashdilar. Tadbirni o‘tkazishdan maqsad OTMdagi professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar hamda talaba-yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, unga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlashdan iboratdir.

Joriy yilning 14-aprel sanasida Buxoro davlat tibbiyot instituti Tibbiyot fakulteti “Davolash ishi” ta’lim yo’nalishi 5-bosqich bo‘yicha yakuniy nazorat test imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

Shaffoflikni ta’minlash maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans nazorat bo’limi xodimlari tomonidan nazorat jarayoni ostida bo’lib o’tdi.

☄️🏛Joriy yilning 28-mart kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida Ramazon oyi munosabati bilan  tomonidan Biofizika, Tibbiyotda axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri Farxod Karimovich hamda  Ftiziatriya va Pulmonologiya kafedrasi mudiri Muxtor Jumayev tomonidan  1-TTJ da istiqomat qiluvchi  talabalar uchun ehson tarqatildi.