🛑 🚲 Ertaga yurtimiz bo’ylab “Avtomobilsiz kun” bo‘ladi
28.03.2025 2025-09-09 10:1229-mart, juma kuni “Avtomobilsiz kun” bo‘lib o‘tadi.
Prezidentning fevral oyidagi farmonida shu kuni rahbarlar va boshqa davlat xizmatchilari ishga jamoat transportida yetib kelishi belgilab qo‘yilgan edi.
Aksiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga jamoatchilik e’tiborini jalb qilish, shaharlarda avtomobillar harakatini kamaytirish va jamoat transportini rivojlantirishdan iborat.
Institut ma’muriyati barchani shu kuni bo‘lib o‘tadigan aksiyaga “befarq qolmaslikka, shaxsiy avtomobillar o‘rniga jamoat transporti, metro, velosiped kabi atmosferaga kamroq zarar yetkazadigan transport vositalaridan foydalanishga” chaqiradi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti professori nufuzli xalqaro konferensiyada
28.03.2025 2025-03-28 10:51Joriy yilning 26-30 mart kunlari Xitoy Xalq Respublikasi poytaxti Pekin shahrida Osiyo-Tinch okeani jigar o‘rganish assotsiatsiyasi (APASL) tomonidan tashkil etilgan 34-xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Ushbu nufuzli ilmiy anjumanda Buxoro davlat tibbiyot instituti yuqumli kasalliklar kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor Oblokulov Abdurashid Rahimovich ham ishtirok etmoqda.
APASL 2025 Beijing konferensiyasi gepatologiya sohasidagi eng dolzarb muammolarni muhokama qilish, yangi ilmiy tadqiqotlar natijalarini taqdim etish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan. Bunday yirik tadbirda institutimiz vakili ishtirok etishi milliy tibbiyot ilm-fani taraqqiyoti uchun katta ahamiyatga ega.

Konferensiya doirasida xalqaro ekspertlar bilan fikr almashish, tajriba o‘rganish va ilmiy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyati yaratiladi. Bu esa, o‘z navbatida, institutimiz professor-o‘qituvchilari va talabalariga yangi ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarini rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati boshchiligida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti talablari bilan uchrashuv o‘tkazildi
27.03.2025 2025-03-28 10:33O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Oliy taʼlim vazirligining 2025-yil 8-mart kunidagi qo‘shma Qarori ijrosini taʼminlash hamda payshanba “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining talablari bilan Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati boshchiligida uchrashuv o‘tkazildi.




Uchrashuvda talabalarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanish, jinoyat va huquqbuzarlik yo‘liga kirmaslik bo‘yicha tushuntirishlar berildi.



Joriy yilning 27-mart kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida Ramazon oyi munosabati bilan Klinik famakologiya kafedrasi mudiri tomonidan 1-TTJ da istiqomat qiluvchi talabalar uchun osh tarqatishdi.
27.03.2025 2025-03-28 10:42Tadbir davomida ustozlar talabalar bilan samimiy suhbat qurib, ularning holidan xabar oldilar. Ushbu xayrli tashabbus davomida mehmondo‘stlik va mehr-oqibat ramzi sifatida talabalar uchun osh tortildi. Institut jamoasi Ramazon hayiti kabi qutlug‘ kunlarda mehr-muruvvat va saxovat ko‘rsatish an’analarini davom ettirish muhimligini ta’kidlashdi.






Peshko‘ tumanida bepul tibbiy ko‘rik va deputatning sayyor qabuli o‘tkazildi
27.03.2025 2025-03-28 10:26Bugun xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev tashabbusi bilan Peshko‘ tumani Quchoq MFY hududida joylashgan oilaviy poliklinikada bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Tadbirda Quchoq, Mang‘itlar, Sariob va Nabiraxo‘ja qishloqlari aholisi uchun keng ko‘lamli tibbiy xizmat ko‘rsatildi. Ushbu tashabbus fuqarolar salomatligini nazorat qilish, kasalliklarni erta aniqlash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida yo‘lga qo‘yildi.
Tibbiy ko‘rik doirasida malakali shifokorlar tomonidan turli tibbiy tekshiruvlar o‘tkazilib, zarur maslahatlar berildi. Aholi orasida surunkali kasalliklarga chalingan bemorlar va maxsus parvarishga ehtiyojmand fuqarolarga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, tadbir doirasida deputat Shuhrat Teshayev ishtirokida sayyor qabul ham tashkil etildi. Unda fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan ijtimoiy masalalar, turmush sharoitini yaxshilashga oid taklif va fikr-mulohazalari bilan murojaat qilishdi.
Ushbu tadbir aholining ijtimoiy va sog‘liqni saqlash masalalariga qaratilgan muhim tashabbus bo‘lib, sog‘lom jamiyat barpo etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Fuqarolar ushbu imkoniyatdan foydalanib, o‘z salomatligini tekshirtirish va muammolariga yechim topish imkoniga ega bo‘lishdi.
Bu kabi tibbiy va ijtimoiy loyihalar kelgusida ham davom ettirilishi rejalashtirilgan.
BuxDTIda Ramazon Hayiti arafasida talabalarga mehmondo‘stlik ko‘rsatildi
27.03.2025 2025-03-28 10:17Buxoro davlat tibbiyot instituti (BuxDTI)da Ramazon hayiti munosabati bilan ezgu tashabbuslar amalga oshirilmoqda. 2025-yil 27-mart kuni institutning 1-Pediatriya, 2-Pediatriya, Bolalar kasalliklari propedevtikasi va Nevrologiya kafedralari jamoasi talabalar turar joyida bo‘lib, hayit arafasida talabalar uchun bayram dasturxoni yozdi.


Tadbir davomida ustozlar talabalar bilan samimiy suhbat qurib, ularning holidan xabar oldilar. Ushbu xayrli tashabbus davomida mehmondo‘stlik va mehr-oqibat ramzi sifatida talabalar uchun osh tortildi. Institut jamoasi Ramazon hayiti kabi qutlug‘ kunlarda mehr-muruvvat va saxovat ko‘rsatish an’analarini davom ettirish muhimligini ta’kidlashdi.
Bunday tadbirlar talabalar o‘rtasida iliq muhit yaratish, ustoz va shogird o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlash, shuningdek, milliy va diniy qadriyatlarni ulug‘lashga xizmat qiladi.

