How may we help you?

Buxoro davlat tibbiyot instituti (BuxDTI)da Ramazon hayiti munosabati bilan ezgu tashabbuslar amalga oshirilmoqda. 2025-yil 27-mart kuni institutning 1-Pediatriya, 2-Pediatriya, Bolalar kasalliklari propedevtikasi va Nevrologiya kafedralari jamoasi talabalar turar joyida bo‘lib, hayit arafasida talabalar uchun bayram dasturxoni yozdi.

Tadbir davomida ustozlar talabalar bilan samimiy suhbat qurib, ularning holidan xabar oldilar. Ushbu xayrli tashabbus davomida mehmondo‘stlik va mehr-oqibat ramzi sifatida talabalar uchun osh tortildi. Institut jamoasi Ramazon hayiti kabi qutlug‘ kunlarda mehr-muruvvat va saxovat ko‘rsatish an’analarini davom ettirish muhimligini ta’kidlashdi.

Bunday tadbirlar talabalar o‘rtasida iliq muhit yaratish, ustoz va shogird o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlash, shuningdek, milliy va diniy qadriyatlarni ulug‘lashga xizmat qiladi.

Bugun, 26-mart kuni, Buxoro davlat tibbiyot instituti Yuqumli kasalliklar, Tibbiy radiologiya va Oftalmologiya kafedralari tomonidan institut 1-TTJ binosida iftorlik dasturxoni tashkil etilib, milliy taom osh tayyorlandi.

Dotsent lavozimiga talabgorlar

Yadro tibbiyoti va tibbiy radiologiya kafedrasi- 1 o‘rin

Anatomiya, klinik anatomiya (OXTA) kafedrasi- 1 o‘rin

Yuqumli kasalliklar va bolalar yuqumli kasalliklar kafedrasi – 1 o‘rin

Oilaviy shifokorlarni qayta tayyorlash va malkasini oshirish kafedrasi-1 o‘rin,

Ichki kasalliklar propidevtikasi kafedrasi – 1 o‘rin

Oilaviy tibbiyotda ichki kasalliklar kafedrasi – 2 o‘rin

Professor lavozimini egallash uchun tanlovda fan doktori (DSc) ilmiy darajasi hamda dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan shaxslar qatnashishi mumkin.

Dotsent lavozimini egallash uchun tanlovda fan doktori, fan nomzodi (PhD) ilmiy darajasiga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan shaxslar qatnashishi mumkin.

Katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent) lavozimini egallash uchun tanlovda fan nomzodi ilmiy darajasiga, tegishli mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar (magistr diplomli mutaxassis) qatnashishi mumkin.

————————————————————————————————————-

Hujjatlar e’lon chiqqan kundan boshlab bir oy davomida qabul qilinadi.

Manzil: Buxoro shahri, G‘ijduvon ko‘chasi, 23 uy, BuxDTI ilmiy kotibi.

Joriy yilning 26-mart kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Davolash yo’nalishi talaba hamda tyutorlari Muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan Yangiobod va A.Fitrat MFYlariga borib yakka-yolg’iz qariyalar holidan xabar oldilar.

Buxoro davlat tibbiyot instituti nufuzli Higher Education–2025 xalqaro reytingida jami 422 ta universitet orasida faxrli 49-o‘ringa ko‘tarildi. Bu natija institut reytingi o‘tgan yilga nisbatan 20 pog‘onaga yuqorilaganini anglatadi. Ta’kidlash joizki, 2024-yilda institut 303 universitet orasida 69-o‘rinni egallagan edi.

HE Higher Education Ranking loyihasi butun dunyo bo‘ylab oliy ta’lim muassasalarini baholashga mo‘ljallangan ilmiy asoslangan, akademik jihatdan aniq va tadqiqotga yo‘naltirilgan reyting tizimidir. An’anaviy reyting tizimlari asosan universitetlarning tarixiy nufuzi va obro‘siga e’tibor qaratgan bo‘lsa, ushbu reyting ta’lim muassasalarining rivojlanish dinamikasi va ta’sirchan natijalariga asoslanadi.

HE Higher Education Ranking nafaqat universitetlarning o‘rnini aniqlaydi, balki ularning o‘sishiga ham ko‘maklashadi. Reyting ta’lim sifati, ilmiy tadqiqotlar, boshqaruv samaradorligi, barqarorlik, ijtimoiy mas’uliyat va innovatsiyalar kabi yo‘nalishlar bo‘yicha universitetlar faoliyatini baholaydi. Bu esa ta’lim muassasalariga o‘z kuchli tomonlarini aniqlash hamda takomillashtirish zarur bo‘lgan yo‘nalishlarni tushunish imkonini beradi.

Ishtirokchilar o‘z anketalari va videoroliklarini 2025 yil 1 fevraldan 1 maygacha tanlov@ncdc.uz elektron pochtasi orqali, shuningdek, elektron vositalarda shaxsan taqdim etishlari mumkin.

Tanlovning g‘olib va sovrindorlari quyidagilar bilan taqdirlanadi:

🥇 1-o‘rin uchun notebook;

🥈 2-o‘rin uchun planshet;

🥉 3-o‘rin uchun smartfon;

🎁 «Eng yaxshi g‘oya», «Eng yaxshi operator» va «Eng yaxshi aktyor (aktrisa)» nominatsiyalari g‘oliblari uchun Milliy markazning esdalik sovg‘asi.

G‘olib va sovrindorlar «26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni» arafasida e’lon qilinadi va tantanali ravishda taqdirlanadi.

Batafsil ma’lumot ->