Giyohvandlikka qarshi kurashish yo‘nalishidagi videoroliklar tanlovi e’lon qilindi
25.03.2025 2025-03-26 9:38Ishtirokchilar o‘z anketalari va videoroliklarini 2025 yil 1 fevraldan 1 maygacha tanlov@ncdc.uz elektron pochtasi orqali, shuningdek, elektron vositalarda shaxsan taqdim etishlari mumkin.
Tanlovning g‘olib va sovrindorlari quyidagilar bilan taqdirlanadi:
🥇 1-o‘rin uchun notebook;
🥈 2-o‘rin uchun planshet;
🥉 3-o‘rin uchun smartfon;
🎁 «Eng yaxshi g‘oya», «Eng yaxshi operator» va «Eng yaxshi aktyor (aktrisa)» nominatsiyalari g‘oliblari uchun Milliy markazning esdalik sovg‘asi.
G‘olib va sovrindorlar «26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni» arafasida e’lon qilinadi va tantanali ravishda taqdirlanadi.
Bepul tibbiy ko‘rik tashkil etiladi
25.03.2025 2025-03-25 13:222025-yil 27-mart kuni Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Jumayevich Teshayev tashabbusi bilan Peshko‘ tumani Quchoq MFY hududidagi oilaviy poliklinikada bepul tibbiy ko‘rik tashkil etiladi.
⏰ Boshlanish vaqti: 09:00
📍 Manzil: Quchoq MFY oilaviy poliklinikasi
👥 Kimlar uchun: Quchoq, Mang‘itlar, Sariob va Nabiraxo‘ja qishloqlari aholisi
Mazkur tibbiy ko‘rik aholining sog‘lig‘ini saqlash, kasalliklarni erta aniqlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida o‘tkaziladi.
Shuningdek, soat 10:00 da deputatning sayyor qabuli bo‘lib o‘tadi. Unda fuqarolar o‘zining ijtimoiy muammolari, taklif va fikr-mulohazalari bilan murojaat qilishlari mumkin.
Hurmatli fuqarolar! Ushbu imkoniyatdan foydalanib, o‘z salomatligingizni tekshirtirish va muammolaringiz yuzasidan murojaat qilish uchun tadbirda faol ishtirok eting!
Korrupsiya — halokatga yo‘l!
25.03.2025 2025-03-25 15:49Viloyat hokimi Botir Zaripov Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi.
24.03.2025 2025-03-25 12:32Tashrif davomida institutiga keltirilgan ekzoskelet-davolovchi robot funksiyasi, takomillashtirilayotgan faoliyat, qabul qilinayotgan inventarlar, yuqori samarador vositalar bilan yaqindan tanishdi.


Ekzoskelet-zamonaviy davolovchi robot individual foydalanuvchilar uchun muljallangan, ilgʻor mashq—davolash texnologiyasini oʻzida mujassam etgan, bosh miya va orqa miya neyroplastiklik konsepsiyasidan foydalangan holda oyoq va qoʻllarning disfunksiyasi boʻlgan bemorlar uchun davolovchi, xavfsiz va samarali reabilitatsiya chora-tadbiri boʻlib, miyadagi sensomotor funksiyasini tiklashga yordam beradi.


Shuningdek, Institut prorektori Kamol Boltayev hamrohligida Janubiy Koreya texnologiyalari asosida institutda smart issiqxona binosiga ham tashrif buyurdi. Bu issiqxona Jenshen o’simligini yetishtirishga ixtisoslashgan bo’lib, unda talabalar Koreya texnologiyalaridan foydalangan holda tadqiqot olib borishadi.


“Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusi yuzasidan targ’ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
24.03.2025 2025-03-25 16:49Joriy yilning 24-mart kuni Buxoro davlat tibbiyot institutida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusi yuzasidan targ’ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Institutning davolanish yo‘nalishidagi 211 va 212 gruxlarga korrupsiya tushunchasi, shuningdek korrupsiya bo‘yicha xolatlar respublika,mintaqa va dunyodagi vaziyatlar tushuntirib berildi.


Hindistonda O’zbekiston madaniyati kunlari
21.03.2025 2025-03-24 11:19Shu kunlarda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev boshchiligidagi delegatsiya Hindistonda bo’lib turibdi.
Vakillarimiz tomonidan bir qator manfaatli uchrashuvlar, muloqot va tadbirlar amalga oshirmoqda.
Buxoro davlat tibbiyot institutining o‘tgan o‘quv yilida muvaffaqiyatli tamomlagan 230 nafar hindistonlik bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Haydarobod shahrida bo‘lib o‘tgan tadbirda mamlakatimizning Hindistondagi elchixonasi hamda diplomatik korpus vakillari, institut ma’muriyati, bitiruvchilar va ularning yaqinlari, OAV vakillari ishtirok etishdi.
Oliygoh yana bir Hindiston universiteti bilan hamkorlikni boshlamoqda.
Ayni paytda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev boshchiligidagi bir guruh professor-o’qituvchilar Hindistonning Haydarobod shahrida joylashgan Javoharlal Neru nomidagi Texnologiyalar Universiteti (JNTU)da bo’lib, universitet rahbariyati bilan muloqot qildi.
Ta’kidlash joizki, mazkur universitet, 1965-yilda Nagarjuna Sagar muhandislik kolleji sifatida tashkil etilgan boʻlib, 1972-yilda universitet maqomini olgan.
Ayni paytda 427 ming nafar talabasi mavjud.