How may we help you?

Shu kunlarda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev boshchiligidagi delegatsiya Hindistonda bo’lib turibdi.

Vakillarimiz tomonidan bir qator manfaatli uchrashuvlar, muloqot va tadbirlar amalga oshirmoqda.

Buxoro davlat tibbiyot institutining o‘tgan o‘quv yilida muvaffaqiyatli tamomlagan 230 nafar hindistonlik bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Haydarobod shahrida bo‘lib o‘tgan tadbirda mamlakatimizning Hindistondagi elchixonasi hamda diplomatik korpus vakillari, institut ma’muriyati, bitiruvchilar va ularning yaqinlari, OAV vakillari ishtirok etishdi.

Oliygoh yana bir Hindiston universiteti bilan hamkorlikni boshlamoqda.

Ayni paytda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev boshchiligidagi bir guruh professor-o’qituvchilar Hindistonning Haydarobod shahrida joylashgan Javoharlal Neru nomidagi Texnologiyalar Universiteti (JNTU)da bo’lib, universitet rahbariyati bilan muloqot qildi.

Ta’kidlash joizki, mazkur universitet, 1965-yilda Nagarjuna Sagar muhandislik kolleji sifatida tashkil etilgan boʻlib, 1972-yilda universitet maqomini olgan.

Ayni paytda 427 ming nafar talabasi mavjud.

⚡️Bugun Buxoro davlat universitetida Yoshlar akademiyasi hudud lideri va oliy ta’lim muassasalarining 4 nafar yetakchi liderlari ishtirokida yoshlar akademiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan yig’ilish bo’lib o’tdi.
Unda quyidagi muhim masalalar muhokama qilindi:

❇️ Fakultet liderlarini saylash – yoshlar akademiyasi tarkibidagi oliy ta’lim muassasalarida qobilyatli yoshlarni jalb etish.
❇️ Start-up loyihalarni tashkil etish – ijodiy va innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash.
❇️ Guruh sardorlarini Yoshlar akademiyasiga jalb qilish – iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash.
❇️ Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan assambleyada faol ishtirok etish yuzasidan reja grafik ishlab chiqildi.

📌 Uchrashuv qatnashchilari kelgusi faoliyat yo‘nalishlarini aniqlab, yoshlar uchun yangi istiqbolli rejalarni belgilab oldilar.

📌 Mavzu: Eksperimental pnevmosklerozda yurakdagi morfologik o‘zgarishlar va uning anor donagi moyi bilan davolash samaradorligi
👨‍🏫 Ma’ruzachi: Radjabov Nurbek G‘ofurovich
📅 Sana: 26-mart
Vaqt: 12:30
📍 Manzil: Simulyatsiya markazi, 3-qavat

Shahrimizning “Ko‘hna va boqiy Buxoro” majmuasida bugun, 19-mart kuni soat 11.00dan boshlab,  o‘tkaziladigan bayram tadbirida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi milliy kiyimlarda ham faol ishtirok etmoqda.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti xodim va talabalari shahrimizning “Ko‘hna va boqiy Buxoro” majmuasida institut rektori Sh.Teshayev hamrohligida o’zbekona milliy raqslari bilan barchaning ko’nglini xushnud etgan holda bayram tantanalari davom etmoqda.

Shahrimizning “Ko‘hna va boqiy Buxoro” majmuasida bo’lib o’tgan Navro’z shodiyonalarida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi sifatida  turli millat vakillari ham faol ishtirok etishdi.

Bugun Buxoro davlat universiteti huzuridagi Universal sport majmuasida Buxoro viloyati sport boshqarmasi hamda Buxoro viloyati oliy ta’lim muassasalari o’rtasida talaba-yoshlarni sportga keng jalb etish, ular o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish, zarur sharoitlar yaratish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida qo‘shma qaror hamda hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Ushbu qo‘shma qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev boshchiligida joriy yilning 13-fevral kuni olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilangan vazifalar asosida Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida ommaviy sport tadbirlarini muntazam o‘tkazish orqali sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash, ularni zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo‘lgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega shaxs sifatida tarbiyalashga ko‘maklashish maqsadida imzolandi.

Mazkur tadbirda Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev ham ishtirok etib, hujjatlarni imzoladi.

Bugun, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasiga Buxoro viloyati hokimi o’rinbosari Baxtiyor Odilov tashrif buyurdi.

✅Tashrif davomida klinika imkoniyatlari bilan tanishib, xalq tabobati, navrologiya boʻlimlari bilan tanishib chiqdi.