How may we help you?

Bugun erta tongda viloyat oliy ta’lim muassasalari rektorlari, professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari va talabalar an’anaviy tashkil etib kelinayotgan “Ziyorat Velomarafoni” doirasida Chor Bakr me’moriy majmuasiga tashrif buyurishdi.

Har juma kunda tashkil etilgan ushbu velomarafon bahamjihatlik, birdamlik va sog‘lik yo‘lida qilinayotgan ezgu ish sifatida har hafta o‘z safini kengaytirmoqda.
Ushbu tadbir nafaqat sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, balki vatanimiz tarixiy va muqaddas maskanlariga bo‘lgan hurmatni oshirishga ham xizmat qiladi.

Har bir inson o‘z salomatligiga e’tibor qaratishi lozim. Shu maqsadda barcha institut xodimlarini salomatlik targ‘ibotiga qo‘shilishga va doimiy ravishda “Ziyorat Velomarafoni”da ishtirok etishga chorlaymiz. Har bir qatnashchi sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotiga o‘z hissasini qo‘shgan bo‘ladi.

Keling, birgalikda sog‘lom va faol hayot tarzini tanlaylik!

Bugun viloyatimizda yoshlarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish, atoqli adib va mutafakkirlarimizning ijodiy merosini keng targ‘ib qilish maqsadida “Ma’rifat maydoni” Respublika tanlovining hududiy saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli bellashuvda viloyatimizning 5 ta oliy ta’lim muassasasi jamoalari ishtirok etishdi.

Tadbirni institut rektori Sh.J. Teshayev ochib berib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi. Tanlov “Adib hayoti”, “Tezkor savol-javob”, “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozisiya” kabi uch bosqichdan iborat bo‘lib, har bir ishtirokchi o‘z bilim va mahoratini namoyon etdi. Hakamlar hay’ati tomonidan jamoalarning chiqishlari yuzasidan fikr va tavsiyalar berildi.

🏆 Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin: Buxoro davlat tibbiyot instituti – “Avitsena” jamoasi
🥈 2-o‘rin: Buxoro davlat pedagogika instituti – “Irfon” jamoasi
🥉 3-o‘rin: Buxoro davlat universiteti – “Irfon” jamoasi

Endi “Avitsena” jamoasi viloyat sharafini Respublika bosqichida himoya qiladi! 🇺🇿 Keyingi bosqichda ularga omad tilaymiz!

Joriy yilning 10 mart kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida “Umid-Medical-centre” ko‘p tarmoqli stomatologiya klinikasi vakillari va Stomatologiya yo‘nalishi bitiruvchi kurs talabalari va stomatologiya yo‘nalishi 3-4-kurs talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “Umid-Medical-centre” ko‘p tarmoqli stomatologiya klinikasi rahbari U.X.Yoriyev, klinika bosh shifokori U.R.Tursunova, klinika akademiya rahbari E.Xoshimov, klinika HR direktori Sh. Muxammedov va klinika marketing bo‘limi rahbari N.Atamuradova va bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida bitiruvchilarga “Umid-Medical-centre” ko‘p tarmoqli stomatologiya klinikasi rahbari U.X.Yoriyev va HR direktori Sh. Muxammedov so‘zga chiqib bugungi kunda stomatologiya sohasida malakali va zamonaviy standartlar asosida ishlaydigan yangiliklarga intiluvchan stomatolog shifokorlarga ish o‘rgatish va ularni ish bilan ta’minlash orqali jamiyatimizga sifatli va zamonaviy xizmat ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish haqida ma’lumotlar berilib, bitiruvchilarni ishga taklif etdilar.

Bosh prokuratura korrupsiyaviy jinoyatlar haqida “1161” raqamli “Ishonch telefoni” yoki @bpantikoruz_bot telegram boti orqali xabar berishga chaqirmoqda.

“Murojaatingiz tezkorlik bilan ko‘rib chiqiladi, unga qonuniy munosabat bildiriladi. Sizning xavfsizligingiz esa to‘liq kafolatlanadi”, deyiladi xabarda.

Buxoro davlat tibbiyot instituti “Zakovat klubi” doirasida Bahorgi mavsum o’yinlariga start berildi.

Tibbiyot instituti talabalari o’rtasida shiddatli savol-javoblar davom etdi.

Bahor faslining ilk kunlari Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi uchun quvonchli yangilik bilan boshlandi. Prezident qaroriga binoan Pediatriya fakulteti 6-kurs talabasi Dilshoda Bahronova Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Bu yutuq nafaqat institut, balki butun Buxoro ilm-fan jamoasi uchun g’ururli voqea bo’ldi.

Bugun institut rektori Shuhrat Teshayev boshchiligida professor-o’qituvchilar va talabalar ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda Dilshoda Bahronovaning yutuqlari e’tirof etildi. Uchrashuv davomida talabaning bilimga chanqoqligi, izlanuvchanligi, ilmiy izlanishlar va ijtimoiy faollikdagi o‘rni alohida ta’kidlandi. Institut jamoasi ushbu mukofot yoshlar uchun katta ilhom manbai ekanligini qayd etib, barcha talabalarni shunday ulkan yutuqlarga intilishga chorladi.

Ustozlari Dilshodani samimiy tabriklab, uning tinimsiz mehnati va fidoyiligini yuksak baholadilar. Ayniqsa, pedagoglar uning bilimdonligi, tashabbuskorligi hamda insonparvarlik fazilatlari bilan ajralib turishini ta’kidlashdi. Shuningdek, uchrashuv davomida yurtimiz ravnaqi yo‘lida ilm-ma’rifat va ezgulik yo‘lida birlashish, har bir talaba kelajakda o‘z kasbining fidoyisi bo‘lishi kerakligi haqida iliq fikrlar bildirildi.

Dilshoda Bahronova o‘zining izlanishlari, ilmga bo‘lgan ishtiyoqi va mehnatsevarligi bilan barchaga o‘rnak bo‘ldi. Uning yutuqlari yosh avlodni ham shijoat bilan ishlashga, o‘z oldiga ulkan marralarni qo‘yishga undaydi. Institut jamoasi bu kabi muvaffaqiyatlar bilan faxrlanadi va yosh avlodning ilm-fan yo‘lidagi intilishlarini qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi.

Bunday e’tirof va rag‘bat, albatta, yoshlarni yanada intiluvchan va izlanishlarga chanqoq bo‘lishga undaydi. Dilshoda Bahronovaning ushbu mukofot bilan taqdirlanishi esa butun institut jamoasining yutug‘i sifatida tarixda qoladi.