Navro’z bayrami munosabati bilan milliy sport o’yinlari tadbiri bo’lib o’tdi.
11.03.2025 2025-03-12 11:15






2025-yilgi Navro’z bayrami O’zbekistonda “Qadriyatlaring boqiy bo’lsin, Navro’z!” shiori ostida keng nishonlanmoqda.
11.03.2025 2025-03-12 11:02Ushbu shior xalqimizning boy madaniy merosi va an’analarini e’zozlash, ularni kelajak avlodlarga yetkazish maqsadini ifodalaydi.
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida ham Navro’z bayrami munosabati bilan ko’tarinki ruhda tadbirlar boshlandi. Talabalar va professor-o’qituvchilar tomonidan sumalak sayli tashkil etilib, milliy o’yinlar, qo’shiqlar va raqslar ijro etildi. Bu kabi tadbirlar milliy qadriyatlarimizni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.


Mamlakatimiz bo’ylab Navro’z bayrami doirasida hunarmandchilik ko’rgazmalari, milliy sport musobaqalari, kitob yarmarkalari va bahoriy taomlar tanlovlari o’tkazilmoqda. Shuningdek, obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilib, umumxalq hasharlari uyushtirilmoqda.
Navro’z va Ramazon oyining bir vaqtda nishonlanishi munosabati bilan, keksa avlod vakillarini e’zozlash, xayriya tadbirlarini o’tkazish va ehtiyojmand insonlarga ko’mak berishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa jamiyatimizda mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada mustahkamlaydi.


“Qadriyatlaring boqiy bo’lsin, Navro’z!” shiori ostida o’tayotgan bu yilgi bayram tadbirlari xalqimizning boy madaniy merosini asrab-avaylash va kelajak avlodlarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🏢SEMINAR : «YOSHLAR TARBIYASI: MILLIY QADRIYAT VA OMMAVIY MADANIYAT»
10.03.2025 2025-03-10 11:02🔗Joriy yilning 3-5 mart kunlari institut Xotin qizlar maslahat kengashi raisi, D.Sh.Fozilova va institut psixologi N.U.Toshevalar O’zbekiston Xalqaro Islom akademiyasida «YOSHLAR TARBIYASI: MILLIY QADRIYAT VA OMMAVIY MADANIYAT» mavzusidagi seminarda ishtirok etdi.



📃Ushbu Seminardan ko‘zlangan maqsad-yurtimizda Xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlarni targ‘ib etish, Xotin qizlar maslahat kengashi raisi va Psixologlarning malakasini oshirishdan iboratdir.



♻️Tadbir yakunida ko‘p yillik samarali mehnati hamda o‘z xizmat vazifasiga bo‘lgan sadoqati uchun Xotin qizlar maslahat kengashi raisi, rektor maslahatchisi D. Fozilova hamda institut psixologi N.Toshevani Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirining FAXRIY YORLIG‘I va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib , SERTIFIKATlar taqdim etildi.


“Mehribon ayollar – oilaning yuragi, jamiyatning ko‘zgusi!”
07.03.2025 2025-03-10 13:37Buxoro viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan 8-Mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Mehribon ayollar – oilaning yuragi, jamiyatning ko‘zgusi!” nomli bayram tadbiri tashkil etildi. Tantanali tadbir Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti (BuxDTI)ning katta majlislar zalida bo‘lib o‘tdi.




Ushbu bayramda institutning faol professor-o‘qituvchi ayollari, tibbiyot muassasalarida fidokorona mehnat qilayotgan vrachlar, doyalar, hamshiralar hamda soha rahbarlari ishtirok etdilar.
Tadbirni ochib berish uchun so‘z BuxDTI rektori Shuhrat Teshaev va Buxoro viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Elyor Oltiyevga berildi. Ular o‘z nutqlarida ayollarning jamiyatdagi beqiyos o‘rni, tibbiyot sohasidagi fidoyi mehnati va mehribonligi haqida to‘xtalib, ularga samimiy minnatdorchilik izhor etdilar.




Shuningdek, RSHTYOIM rahbari Muxsin Rajabov ham so‘zga chiqib, tibbiyot sohasida o‘z mehnati va bilimi bilan yuksak e’tirofga sazovor bo‘lgan ayollar haqida to‘xtaldi. U Sog‘liq bilimlari universitetining Buxorodagi vakili Aynur Feyzu o‘g‘liga alohida ehtirom bildirdi.
Tadbir davomida Vrachlar assotsiatsiyasi, Hamshiralar assotsiatsiyasi va kasaba uyushmalari tomonidan tibbiyot sohasida uzoq yillar samarali mehnat qilib kelayotgan, bemorlarga sidqidildan xizmat qilayotgan fidoyi ayollar taqdirlandi. Ularga tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.




Tadbir bayramona ruhda, iliq va samimiy muhitda o‘tdi. Estrada xonandalarining dilbar qo‘shiqlari yig‘ilganlarga xush kayfiyat ulashdi. Bayramga yig‘ilgan mehmonlar uchun sho‘x va rang-barang kontsert dasturi taqdim etildi.
Shu tariqa, “Mehribon ayollar – oilaning yuragi, jamiyatning ko‘zgusi!” nomli tadbir mehr-muhabbat va e’tirofga boy holda o‘tdi. Bu kabi tadbirlar nafaqat ayollarga nisbatan ehtirom, balki ularning jamiyatdagi o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.


















Tibbiy ta’lim va amaliyot uyg‘unligi: Buxoroda hamkorlik memorandumi imzolandi
07.03.2025 2025-03-10 10:45Buxoro viloyatida tibbiy ta’lim va amaliyotni uyg‘unlashtirish, tibbiyot sohasini yangi bosqichga olib chiqish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni takomillashtirish maqsadida muhim kelishuvga erishildi. Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi va Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.


Mazkur hujjat tibbiyot sohasidagi ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish, tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish hamda viloyatdagi tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan.
Memorandum doirasida qator muhim yo‘nalishlarda hamkorlik olib boriladi:
✅ Tibbiy ta’limni rivojlantirish va amaliyotga asoslangan o‘quv dasturlarini takomillashtirish;
✅ Ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, zamonaviy diagnostika va davolash usullarini joriy etish;
✅ Muassasalarda faoliyat yuritayotgan vrachlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
✅ Xalq tabobati usullarini zamonaviy tibbiyot bilan uyg‘unlashtirish va tadqiq etish;
✅ Viloyatda kasalliklar profilaktikasini kuchaytirish, aholi salomatligini yaxshilash;
✅ Telemeditsina imkoniyatlaridan foydalanish, og‘ir bemorlarga malakali maslahatlar tashkil etish.


Shuningdek, Buxoro davlat tibbiyot instituti qoshidagi “Simulyatsion klinik markazi” bazasida tibbiyot xodimlari uchun amaliy o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etiladi. Bu shifokorlarning malakasini oshirish va ularni zamonaviy tibbiyot usullari bilan tanishtirishga xizmat qiladi.
Mazkur memorandum 5 yil muddatga imzolanishi bilan birga, zarur holatlarda tomonlarning kelishuvi asosida uzaytirilishi mumkin. Hujjat Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori, professor Shuxrat Teshaev hamda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Elyor Oltiyev tomonidan imzolandi.
Ushbu hamkorlik viloyat tibbiyotida ta’lim va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, tibbiy xizmat sifatini yaxshilash va aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Asab Kasalliklari Kafedrasida Akademik Mobillik
07.03.2025 2025-03-12 10:52S.D. Asfendiyarov nomidagi Qozogʻiston Milliy Tibbiyot Universiteti (KazNMU), Olmaota, Qozogʻiston Respublikasi va Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti, Buxoro, Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi asosida 2025-yil 24-fevraldan 1-martgacha asab kasalliklari kafedrasida professor-oʻqituvchilarning akademik mobillik dasturi amalga oshirildi.
Ushbu dastur doirasida KazNMU asab kasalliklari kafedrasiga bolalar nevrologiyasi kafedrasi professori M.A. Artykova va dotsent N.A. Nabiyeva tashrif buyurdi. Mehmon shifokorlar universitet klinikasi “Aksay”da asab kasalliklari kafedrasining 2-bosqich rezidentlari uchun seminar va ma’ruzalar oʻtkazdi, shuningdek, 1-sonli shahar klinik shifoxonasi va 7-sonli shahar klinik shifoxonasi klinik bazalariga tashrif buyurdi. Oʻzbekistonlik hamkasblarimizning ta’lim dasturi juda mazmunli va turlicha boʻlib, bolalar nevrologiyasining eng dolzarb muammolarini hamda bolalarda uchraydigan miya va uning pardalarining infeksion shikastlanishlarini qamrab oldi.

Professor M.A. Artykova meningit kasalligiga katta e’tibor qaratdi va uning simptomlari bolaning yoshiga qarab farq qilishini ta’kidladi – u yangi tug‘ilgan chaqaloqmi yoki katta yoshdagi go‘dakmi. Meningit juda tez ogʻirlashishi mumkin va ba’zi bolalar bakterial meningit tufayli butunlay hushidan ketishi mumkin. Bakterial meningit bilan kasallangan yangi tugʻilgan chaqaloqlarning taxminan uchdan bir qismida tutqanoqlar kuzatiladi. Bundan tashqari, bakterial meningit bilan kasallangan har beshinchi chaqaloq va kichik yoshdagi bolada tutqanoq sodir boʻladi. Miya va uning pardalarining infeksion shikastlanishlariga bunday e’tibor qaratish ushbu kasalliklarning qish-bahor mavsumida ko‘p uchrashi bilan bog‘liq edi.
Professor-oʻqituvchilarning akademik mobilligi zamonaviy ta’lim jarayonida katta amaliy ahamiyatga ega. Ushbu tajriba professor-o‘qituvchilar tarkibi uchun ham foydalidir, chunki hamkasblar o‘rtasidagi kompetensiyalar almashinuvi pedagogik faoliyatga yangi yondashuvlar va qo‘shimchalar kiritadi, bu esa, shubhasiz, ularning kasbiy mahoratini boyitadi.
