How may we help you?

Kuni kecha, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga Ahmad Yasaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universitetining Xalqaro hamkorlik departamenti direktori, Umumiy akademik ingliz tili kafedrasi katta o‘qituvchisi – Furqat Abdujapparovich Dadajanov hamda Klinik diagnostika markazi rahbari – Mehmet Ziyo Gencer tashrif buyurdi.

🔗Tashrifdan asosiy maqsad: ikki tomonlama hamkorlikni yanada kuchaytirish, akademik mobillik doirasida talabalarga dars berish, ikki tomonlama klinikalarning faoliyatini yo’lga qo’yish, operatsiyalarni birgalikda amalga oshirish, birgalikda ilmiy tadqiqotlar o’tkazish hamda kelajakda klinikalar o’rtasida hamkorlik aloqalarini o’rnatish to’g’risida memorandum imzolashga kelishildi. Shu bilan birga mehmonlar akademik mobillik doirasida talabalarga darslar o’tishdi.

🏆10-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini, shuningdek umumiy jadvalning qolgan qismini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

Bugun 5-mart kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti faollar zalida MISS BSMI – 2025 tanlovining final bosqichi bo’lib bo’lib o’tdi. Ishtirokchilar mazkur 4 ta shart yuzasidan o’zaro bellashdilar.

1️⃣Tanishtiruv;
2️⃣Go’zallik va muvozanatli tashqi ko’rinish-sahna madaniyati va yurish;
3️⃣Qizlar mehmon kutib olish sharti;
4️⃣Ijodiy loyiham;
5️⃣Erkin mavzu;

Natijalar:

🥇Qurbonova Shabnam
🥈Akhilla
🥈Muhiddinova Shahnoza
🥉Shamsutdinova Nodirabegim
🥉Rayimova Rayhona
🥉Sultonova Kamola

🏆G’oliblikni qo’lga kiritgan talabalarga institut ma’muriyati tomonidan Diplom va estalik sovg’alari topshirildi.

Registrator ofislarining tashkil etilishidan asosiy maqsad maʼmuriy hamda akademik taʼlim xizmatlarini bir joydan ko‘rsatish orqali taʼlim xizmatlarining sifatini oshirish, qolaversa taʼlim ochiqlik va shaffoflikni taʼminlashdan iborat.

Joriy yilning 5-mart kuni “8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan “Sog’lom oila – sog’lom jamiyat” tamoyili asosida xotin-qizlar o’rtasida velomarafon tashkil etildi.

🫥Velomarafon Buxoro shahridagi “Buxoro xalqaro aeroporti”dan Bahouddin Naqshband yo’li kesishmasiga qadar bo’lib o’tdi.

💠Velomarafonda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti ayol xodimlari, tyutorlari hamda talaba-qizlari faol ishtirok etishdi.

Tanlovda ishtirok etish uchun tadqiqot mavzusi quyidagi yo’nalishlardan biri bo’yicha bo’lishi kerak:
1.Ijtimoiy himoya siyosati;
2.Kambag’allikni baholash va qisqartirish;
3.Nogironligi bo’lgan shaxslaring ijtimoiylashuvi;
4.Faol va sog’lom keksayish;
5.Parvarishlash iqtisodiyoti;
6.Ayollar va bolalarga nisbatan zo’ravonlik;
7.Ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalaring ijtimoiy himoyasi;
8.Migrantlar va ularning oilalarini ijtimoiy himoya qilish;
9.Ijtimoiy himoyada xulq-atvor iqtisodiyoti;
10.Adolatli o’tish davrida aholining muhtoj qatlamlarini himoya qilish;
11.Rasmiy va norasmiy sektor ishchilarini ijtimoiy himoya qilish;
12.Ijtimoiy himoya tizimini raqamlashtirish.

Ishtirok etish va batafsil ma’lumot uchun……(Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’limi: @xaknazarova_s)