How may we help you?

Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalari uchun xalqaro hamkorlik katta ahamiyat kasb etadi. Dunyodagi ilg‘or universitetlar bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Bu nafaqat ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, balki innovasion ta’lim dasturlarini joriy etish hamda xalqaro standartlarga mos malakali mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.
Shu nuqtai nazardan, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti xalqaro hamkorlikni kengaytirish va jahonning yetakchi ta’lim muassasalari bilan aloqalarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratmoqda.

Litva bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Yaqinda BuxDTI xalqaro hamkorlik borasida yana bir muhim qadam tashladi. Institut Litvaning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri – Vilnyus Gediminas texnika universiteti (VILNIUS TECH) bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi. Bu universitet Litvadagi eng nufuzli ta’lim dargohlaridan biri bo‘lib, hajmi va ilmiy darajasi bo‘yicha Vilnyus universitetidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.

Ushbu hamkorlik doirasida Vilnyus Gediminas texnika universiteti rektori, texnika fanlari doktori Romuald Klyukas boshchiligidagi delegatsiya Buxoroga tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida tomonlar “Biotibbiyot muhandisligi” yo‘nalishida qo‘shma ta’lim dasturlarini yaratish masalasini muhokama qilishdi. Jumladan, 1+1 tizimi bo‘yicha magistratura dasturi ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.
O‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Ushbu hamkorlikni rasmiylashtirish maqsadida Vilnyus Gediminas Texnika Universiteti va BuxDTI o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Memorandum xalqaro ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlikni rivojlantirishni nazarda tutadi. Uning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

  • Qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish;
  • O‘quv, ilmiy va tadqiqot materiallari almashinuvi;
  • O‘qituvchilar va tadqiqotchilar almashinuvi;
  • Talabalar almashinuvi.
    Ushbu kelishuv BuxDTI talabalariga xalqaro miqyosda tan olingan ta’lim olish imkonini beradi, shuningdek, professor-o‘qituvchilar uchun ilmiy izlanishlar va tajriba almashish imkoniyatlarini oshiradi.
    Buxoro davlat tibbiyot instituti xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga faol ish olib borishni davom ettirmoqda. Litva universiteti bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik kelgusida yanada mustahkamlanib, talabalar va o‘qituvchilar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishi shubhasiz.

🏛🫥Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti faollar zalida O’zbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova tavlludiga bag’ishlangan “Baxtim shul-o’zbekning Zulfiyasiman” nomli tadbir bo’lib o’tdi.

✅Tadbirni institut rektori Sh.Teshayev ochib berib, Zulfiya o’z davrining yangicha tafakkurini va istiqlol g’oyalarini o’z ijodida namoyon etganligini hamda uning she’rlari nafaqat go’zalligi bilan, balki chuqur ma’no va hissiyotlar bilan boyitilganligini eslatib o’tdi.

✅Tadbir davomida institut talabalari shoiraning ajoyib she’rlaridan namunalar, milliy raqslar hamda sahna ko’rinishi ijro etishdi.

Buxoro davlat tibbiyot institutiida dorivor o‘simliklarni madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va tibbiyot amaliyotida tadbiq etish masalalariga bag‘ishlangan muhim seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 maydagi “Dorivor o‘simliklarni madaniy holda yetishtirish va qayta ishlash hamda davolashda ulardan keng foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etildi.

Seminar institut va viloyat qishloq xo‘jalik boshqarmasi tashabbusi bilan o‘tkazildi. Unda farmasevtik kompaniyalar vakillari, talabalar, olimlar, qishloq xo‘jaligi mutaxassislari hamda sohaga aloqador tashkilotlar ishtirok etdi.
Mamlakatimizda xalq tabobatini rivojlantirish, dorivor o‘simliklarni ilmiy asosda yetishtirish va ulardan samarali foydalanishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Mazkur qarorning asosiy maqsadi – dorivor o‘simliklarning ilmiy tadqiqotlar negizida sanoat miqyosida yetishtirilishini yo‘lga qo‘yish, iqtisodiyotda ularning qo‘llanishini kengaytirish hamda dorivor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirishdan iborat.
BuxDTIda so‘nggi besh yil davomida xalq tabobati yo‘nalishida bakalavr darajasida kadrlar tayyorlab kelinmoqda. Bugungi kunga kelib, institut qoshida 50 dan ortiq dorivor o‘simlik turi yetishtirilib, ular tibbiyot amaliyotida qo‘llanilmoqda. Bu esa soha mutaxassislari uchun amaliyotda tajriba orttirish va ilmiy tadqiqotlar olib borish imkoniyatini yaratadi.
Tadbirda ishtirokchilar xalq tabobatini rivojlantirish, dorivor o‘simliklardan tibbiy preparatlar ishlab chiqarish va ularni tibbiyotda samarali qo‘llash yo‘nalishlarida fikr almashdilar.

Institut rektori Shuhrat Teshayev va viloyat qishloq xo‘jalik boshqarmasi boshlig‘i Askar Javodov yig‘ilganlarga mazkur qaror ijrosi hamda an’anaviy tabobatni taraqqiy ettirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdilar. Seminar doirasida farmasevtika sohasi vakillari o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, kelgusida dorivor o‘simliklarning iqtisodiyotdagi o‘rnini yanada oshirish borasida amaliy takliflar bildirdilar.

Bu kabi tadbirlar dorivor o‘simliklardan samarali foydalanish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalq tabobatini yanada ommalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

2025-yilgi “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovida ishtirok etish maqsadida ro’yxatdan o’tib, IQ testdan muvaffaqiyatli o’tgan yoshlar 2025-yilning 3-20-mart kunlari tuman (shahar)lar kesimida o’z loyihalarini taqdimot qiladilar.

Tanlovning 1-bosqich grafigi bilan tanishing.

Eslatma: Tanlovning 1-bosqichida har bir tuman (shahar)lardan 5 nafardan eng yaxshi loyiha mualliflari g’olib deb topiladi hamda mahalliy budjet mablag’lari hisobidan BHMning 5 baravari miqdorida rag’batlantiriladi.

🫥”8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan joriy yilning 28-fevral kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti sport sog’lomlashtirish markazida institut xotin-qizlari o’rtasida voleybol, tennis hamda shaxmat sport turlaridan bellashuv bo’lib o’tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Oliy ta’lim tashkilotlarining devonxona mudirlari, yuridik xodimlari hamda murojaatlar bilan ishlash bo‘limi boshliqlari uchun tashkil etilgan qisqa muddatli o‘quv kursida institut xodimlari muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

2025-yil 25-27 fevral kunlari devonxona va arxiv mudiri Nurullayeva Olima hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, ichki nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i Yuldasheva Manzura ijro intizomi bo‘yicha malaka oshirish kurslarida faol qatnashdi. Ularning sa’y-harakatlari vazir Q. Sharipov tomonidan yuqori baholanib, sertifikat bilan taqdirlandilar.