How may we help you?

Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Anvar Alimov institutga tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Elyor Oltiyev ham ishtirok etdi. Institut rektori, professor Shuhrat Teshayev mehmonlarni samimiy kutib oldi.

Tashrif davomida Janubiy Koreya bilan hamkorlikda tashkil etilgan smart issiqxona qurish jarayonlari hamda institut hovlisida tashkil etilgan xotira xiyoboni bilan tanishuv bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, mehmonlar institutning Simulyasiya markazida yaratilgan sharoit va imkoniyatlarga yuqori baho berishdi.

Shu bilan birga, mehmonlar Institut Axborot resurs markazi va kutubxonasi faoliyati bilan ham tanishishdi. Ular mazkur maskanlarda talabalar va tadqiqotchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kitob fondi va axborot texnologiyalari imkoniyatlarini yuqori baholashdi.

Professor A.Alimov kelgusida markaz hamda institut o‘rtasida samarali hamkorlik olib borilishiga ishonch bildirdi.

Tashrif chog‘ida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Elyor Oltiyev ham ishtirok etdi. Institut rektori, professor Shuhrat Teshayev mehmonlarni samimiy kutib oldi.

Buxoro shahrida “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tizimida endokrin kasalliklar profilaktikasi, ularni erta aniqlash va davolashda multidissiplinar yondashuv” mavzusida kengaytirilgan seminar tashkil etildi.

🔸Seminarda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti professor o’qituvchilari, talabalari, tibbiyot sohasining yetakchi mutaxassislari, olimlar va endokrinologlar ishtirok etdi.

✅Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi rahbari Anvar Alimov mamlakatimizda tibbiy sug‘urta tizimini joriy qilish borasida ma’ruza qildi. Unda tibbiy sug‘urtaning ahamiyati, uning tibbiy xizmat sifatini oshirishdagi o‘rni va amaliy natijalari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

🔹Seminarda Boshqarma boshlig‘i Elyor Oltiyev hamda Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev ham so‘zga chiqib, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tizimida endokrin kasalliklarni erta aniqlash, ularni profilaktika qilish va davolashda zamonaviy yondashuvlar muhimligi haqida fikr bildirdi.

➡️Seminar doirasida quyidagi asosiy mavzular muhokama qilindi:

➡️Endokrin kasalliklarning epidemiologiyasi va profilaktikasi.
➡️Endokrin kasalliklarni erta aniqlash usullari.
➡️Endokrin kasalliklarni davolashda zamonaviy yondashuvlar.
➡️Multidissiplinar yondashuvning endokrin kasalliklarni davolashdagi roli.

Seminar yakunida tibbiyot xodimlari va mutaxassislar o‘zlarining taklif va mulohazalarini bildirib, kelgusida endokrin kasalliklarni erta aniqlash hamda samarali davolash borasida tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish muhimligini ta’kidlashdi.

🔹Tanlovning maqsadi: yoshlarning ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga ko’maklashish, yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg’usi, bag’rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo’lgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash.

🏆Tanlov g’oliblari “Navro’z” umumxalq bayrami arafasida diplom, esdalik sovg’alari hamda quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

🥇-o’rin: jamoaning har bir a’zosi bazaviy hisoblash miqdorining 3️⃣ baravari;

🥈-o’rin: jamoaning har bir a’zosi bazaviy hisoblash miqdorining 2️⃣ baravari;

🥉-o’rin: jamoaning har bir a’zosi bazaviy hisoblash miqdorining 1️⃣ baravari;

🔹Kelajakdagi O’zbekistonni yoshlar nigohida shakllantiring, o’z orzularingizni ulug’lab, yangi yuksalishlarga olib chiqing!

🔍Tanlov haqida batafsil maʼlumot bilan Nizom orqali tanishib chiqishingiz soʻraladi: https://t.me/BDTI_Yoshlari/434

🔻Murojaat uchun: @Murodjon_Nurmurotov

🔹Tanlovning maqsadi: talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, O’zbekistonimizning qadimiy va boy tarixi, madaniyati, ma’naviy-ma’rifiy ildizlarini o’rganish, yoshlarimizni mardlik, jasorat va matonat ruhida tarbiyalash, ularni o’z iqtidorlarini namoyish etish uchun shart-sharoitlar yaratish hamda mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli talabalarni qo’llab-quvvatlashdan iborat.

🏆Tanlovning birinchi bosqichida yuqori 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan har bir ishtirokchi yoki jamoa a’zolari faxriy yorliqlar hamda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 0.5 barobari miqdorida bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi.

🔝Tanlovning final bosqichida 1-,2-,3-,4- va 5-o’rinni egallagan ishtirokchi yoki jamoalar quyidagi tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlanishadi:

1️⃣-o’rin: 15 mln so’m;
2️⃣-o’rin: 12 mln so’m;
3️⃣-o’rin: 10 mln so’m;
4️⃣-o’rin: 8 mln so’m;
5️⃣-o’rin: 5 mln so’m;

🔹O’z yurtingizni sevgi, faxr va orzu bilan tasvirlab, uning yorqin kelajagini birgalikda yaratish uchun shoshiling!”

🔍Tanlov haqida batafsil maʼlumot bilan Nizom orqali tanishib chiqishingiz soʻraladi: https://t.me/BDTI_Yoshlari/433

🔻Murojaat uchun: @Murodjon_Nurmurotov

✅Buxoroda bo’lib o’tgan Xalqaro talabalar va yosh olimlar “Morfologiya va jarrohlik” forumining g’oliblarni taqdirlash marosimidan videorolik!!!

⏳Buxoroda bo’lib o’tgan “Morfologiya va jarrohlik” mavzusida xalqaro talabalar va yosh olimlar forumi telekanallarda yoritilmoqda.

😝Buxoroda bo’lib o’tgan Xalqaro talabalar va yosh olimlar “Morfologiya va jarrohlik” forumidan lavhalar!!!

Oila tinch, mustahkam, halol-pok bo‘lsa, jamiyat ham osoyishta va farovon bo‘ladi. Zero, har bir inson uchun oila-bu umrning boshlanishi, barcha narsalarning  muqaddimasidir.

Qolaversa har bir inson o‘z baxti va saodatini eng avvalo oilasi bilan bog‘laydi, ya’ni o‘z uyi, oilasida baxtli bo‘lgan insongina o‘zini to‘laqonli baxtli his qiladi.

Romitan tumani 1-sektorga qarashli Mug‘oncha mahalla fuqarolar yig‘inida Xotin-qizlar o‘rtasida nosog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni oldini olish, oilaviy ajrimlar va yoshlarni oilaga tayyorlash, o‘z joniga qasd va suiqasd qilishni oldini olish, qizlar tarbiyasi  borasida tuman hokimligi hamda Buxoro tibbiyot instituti psixologi Nargiza Toshova bilan hamkorlikda mahalladagi ajrim yoqasidagi notinch oila vakillari bilan “Oila mustahkamligi” mavzusida psixologik trening o‘tkazildi.

Mahallada ajrimlarni oldini olish, muammolali oilalarga berilgan tavsiyalar,maslaxatlar, psixologik yordamlar o‘zing ijobiy natijasini ko‘rsatadi.