How may we help you?

Oʻzbekistn yoshlar ittifoqi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtagan va oliy taʻlim muassasalariga toʻlov – kontrakt shakli asosida oʻqishga qabul qilingan talabalarga moddiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi qaroriga asosan 35 % kontrakt qismini toʻlab berish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

💻 Shu boisdan Buxoro davlat universitetida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan taqdim qilingan test savollari asosida qoʻllab-quvvatlanishga daʻvogar talabalar bilan test-sinovlari oʻtkazildi.

📊 Test sinovlariga Buxoro viloyatida joylashgan davlat Oliy taʻlim muassalaridan jami 40 nafar daʻvogar talabalar qatnashdi. Eʼtiborli tomoni ushbu talabgordan 33 nafari Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari boʻldi✅

🏛✅Bugun, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida “Milliy qadriyatlar kuni” o’tkazildi.

🟣Buxoro davlat tibbiyot instituti Tibbiyot fakulteti davolash yoʻnalishi talabalari hamda tyutorlari tomonidan milliylikni uyg’unlashtirish maqsadida milliy taomlar, milliy liboslar ko’rgazmalari tashkil etildi.

✅Bir so‘z bilan aytganda, milliy qadriyatlar ‒ milliy ma’naviy madaniyat ifodasi bo‘lib, har bir millatning insoniylik xazinasiga qo‘shgan munosib hissasining hosilasidir.

🏛✅Joriy yilning 24-fevral sanida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida “Talabalar ligasi 2024” ning badminton, basketbol, voleybol, gandbol, yengil atletika, kurash, stol tennisi, futbol (futzal), shaxmat-shashka sport turlari bo’yicha o’tkazilgan musobaqaning institut bosqichi g’oliblari rag’batlantirildi.

✅Jumladan, yakka tartibdagi sport turlari g’oliblari:

🥇-o’rin: 500 ming so’m
🥈-o’rin: 400 ming so’m
🥉-o’rin: 300 ming so’m

✔️Jamoaviy tartibdagi sport turlari g’oliblari:

🥇-o’rin: 800 ming so’m
🥈-o’rin: 600 ming so’m
🥉-o’rin: 400 ming so’m pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

🔝”Talabalar ligasi 2024″ tadbiridan fotolavhalar!!!

“Maʼnaviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak” mavzusidagi o‘quv kursi davom etadi

Uning navbatdagi tinglovchilari hududiy Oliy ta’lim muassasalarining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektorlari.

BuxDTI prorektori Zubayda Bahranova ham mazkur o’quv kursida ishtirok etmoqda.

➡️Tadbirda Buxoro davlat tibbiyot instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’limi boshlig’i X.B.Fayziyev, XPB profilaktika katta inspektori, mayor A.H.Nurov, texnikum psixologi X.N.Yuliyeva, YBIBDO’ S.K Aloydinova va boshqa xodimlar faol ishtirok etishdi.

🥹Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Korrupsiya bo’limi xodimi O.Rajabov va YBIBDO’ S.K.Aloydinova barcha sinf xonalariga kirib, Korrupsiya – nihoyatda ijtimoiy-siyosiy vayronkor kuch, uning oqibatida milliy iqtisodiyotga putur yetkazishini, ijtimoiy tengsizlik chuqurlashishini, xalqning davlat boshqaruvi hokimiyati organlariga ishonchi yo‘qolishini, uyushgan jinoyatchilik kuchayishini, jamiyatda ma’naviyat izdan chiqishini ta’kidlab o’tdilar.

✅Osiyoda o’zaro hamkorlik va ishonchni mustahkamlash choralari bo’yicha konferentsiya (CICA – The Conference on Interaction and Confidence Building Measures in Asia) Osiyoda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash yo’lidagi hamkorlikni kengaytirish uchun ko’p millatli forumdir. Bu tashkilotga hozirda 28 ta davlat a’zo bo’lgan.

🫠2025-yil 21-fevral kuni Osiyoda o’zaro hamkorlik va ishonchni mustahkamlash choralari bo’yicha konferentsiya Bosh kotibi (CICA) elchi Qayrat Sarybay CICA yetakchi universitetlar hamkorlik tarmog’i (PNLU – Partnership Network of Leading Universities) Muvofiqlashtiruvchi Kengashining birinchi yig’ilishida so’zga chiqdi va CICA ning akademik mukammallikni rivojlantirish, ilmiy hamkorlik va hamkorlikni rivojlantirish to’g’risida fikr bildirdi.

✅Ozarbayjon tashqi ishlar vazirligi vakili, mintaqaviy xavfsizlik departamenti direktori Azer Musayev, ta’lim va fan Ozarbayjonning CICADAgi Raisligining ustuvor yo’nalishlari ekanligini ta’kidladi. U PNLU hamkorlikni kuchaytirish, o’zaro ishonchni mustahkamlash va Cicaga A’zo davlatlar o’rtasida ishonchni mustahkamlash uchun muhim platforma bo’lib xizmat qilishini ta’kidladi.

✅Ozarbayjon Respublikasi parlamenti a’zosi, ADA universiteti prorektori Fariz Ismoilzoda ADA universitetining PNLU Muvofiqlashtiruvchi Kengashiga rahbarlik qilishdagi faoliyati va rejalashtirilgan faoliyati to’g’risida ma’lumot taqdim etdi.

🔴PNLU Muvofiqlashtiruvchi Kengashiga a’zo oliy o’quv yurtlari vakillari: Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti (O’zbekiston), Lanchjou universiteti (Xitoy), Dehli universiteti (Hindiston), L. Gumilyov nomidagi Yevroosiyo Milliy universiteti (Qozog’iston), Jusup Balasagin nomidagi Qirg’iziston Milliy universiteti (Qirg’iziston), ilm-fan va ta’limni rivojlantirish uchun aniq natijalarga erishish uchun PNLU ishida faol qatnashish to’g’risida fikr bildirishdi.

🫡Ma’lumot uchun: Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti PNLU muvofiqlashtirish Kengashi a’zosi sifatida O’zbekistondan koordinator OTM sifatida faoliyatni boshladi.