How may we help you?

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida talabalar va yosh olimlar uchun muhim voqea bo‘lgan “Morfologiya va jarrohlik” mavzusidagi xalqaro forum bo‘lib o‘tdi. Ushbu forum talabalar va yosh olimlar uchun nafaqat bilim va tajriba almashish maydoni, balki tibbiyot sohasidagi so‘nggi yangiliklar bilan tanishish imkoniyatini ham yaratdi.

Ochilish marosimida yurtimizning 10 dan ziyod oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan bir qatorda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan kelgan nufuzli universitet jamoalari qatnashdi. Xalqaro ishtirok forumning nufuzini yanada oshirib, talabalar va yosh olimlar uchun turli davlatlar tajribalari bilan tanishish imkoniyatini yaratdi.

Tadbir doirasida bo‘lajak tibbiyot xodimlarining amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida xalqaro olimpiada va ilmiy-amaliy seminarlar tashkil etildi. Konferensiyalarda jarrohlik sohasidagi eng so‘nggi yutuqlar, zamonaviy innovasion usullar hamda ilmiy tadqiqotlar keng muhokama qilindi.

Forum jarayonida talabalar va yosh shifokorlar cho‘chqa va boshqa hayvonlarda yurak, jigar va buyrak kabi organlarni ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etishdi. Bu jarayon yosh shifokorlarga jarrohlikdagi muhim mahoratlarini sinovdan o‘tkazish imkonini berdi. Shu bilan birga, talabalar o‘zlarining xorijiy tillarni qanchalik yaxshi bilishlarini ham namoyon etishdi, bu esa ularning xalqaro miqyosda ishlash salohiyatini ko‘rsatib berdi.

Forum davomida qo‘shni davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan talabalar o‘zaro yaqin do‘stlashish imkoniga ega bo‘lishdi. Turli mamlakatdan kelgan yoshlar tajriba almashish jarayonida yangicha g‘oyalar bilan o‘rtoqlashishdi va kelgusidagi hamkorlik uchun mustahkam poydevor yaratishdi. Bu kabi samimiy aloqalar talabalarning kelajakda hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borishlari va tibbiyot sohasida mintaqaviy integratsiyani rivojlantirishga xizmat qilishi shubhasiz.

Forum yakunida o‘tkazilgan taqdirlash marosimida talabalar va yosh olimlar 44 ta nominatsiya bo‘yicha institut rektori Shuhrat Teshayev tomonidan taqdirlandi. Gʻoliblarga sertifikatlar va esdalik sovg‘alar topshirildi. Bu mukofotlar yoshlarning kelgusi faoliyatida katta rag‘bat manbai bo‘lishi shubhasiz.

Bunday xalqaro forumlar talabalar va yosh olimlarning tibbiyot sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, o‘z sohacida yuqori natijalarga erishishlari uchun katta imkoniyatlar yaratishi bilan ahamiyatlidir. Shuningdek, bu kabi tadbirlar tibbiyot sohasidagi ilmiy tadqiqotlar rivojiga hissa qo‘shib, kelgusida yurtimiz shifokorlarining malakasini yanada oshirishga xizmat qiladi. Eng muhimi, talabalar o‘rtasidagi yaqin do‘stlik va hamkorlik munosabatlari kelajakda xalqlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlashga o‘z hissasini qo‘shadi.

Professor-o‘qituvchilar tarkibining akademik mobilligi – S.D. Asfendiyarov nomidagi QozNMUning xalqaro va ta’limiy faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

An’anaga ko‘ra, 2025-yil 17-fevraldan 27-fevralgacha Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti professor-o‘qituvchilari akademik mobillik dasturi doirasida prof. N.A. Barlibayeva nomidagi bolalar kasalliklari kafedrasida bo‘lishdi.

2025-yil 19-fevral kuni akademik mobillik doirasida Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti 1-Pediatriya kafedrasi dotsenti, PhD, neonatolog-shifokor, oliy toifali pediatr Yuldasheva Gulnoz G‘iyozovna “Pediatriyaning dolzarb muammolari” mavzusida xalqaro ishtirok bilan 8 akademik soat (norasmiy ta’lim doirasida) mahorat darsi o‘tkazdi.

2025-yil 17-fevraldan 27-fevralgacha Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti 1-Pediatriya kafedrasi assistentlari Nabieva Zumrad Tuhtaevna, Emgurova Ozoda Rajabturdiyevna va Bahodirov Behruz Shavkatug‘li prof. N.A. Barlibayeva nomidagi bolalar kasalliklari kafedrasida “Bolalar kasalliklari” fanidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishdi. Mashg‘ulotlar jami 60 soat davom etib, “Pediatriya” va “Umumiy tibbiyot” yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr talabalari uchun tashkil qilindi.

Prof. N.A. Barlibayeva nomidagi bolalar kasalliklari kafedrasi assistenti Albakova A.A. tomonidan reja asosida 4-kurs OM-21-043r guruhi talabalari bilan “Bolalarda o‘tkir revmatik isitma” mavzusida TBL (jamoaviy o‘qitish) usuli bo‘yicha ochiq dars o‘tkazildi.

Shuningdek, akademik mobillik dasturi doirasida Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti 1-Pediatriya kafedrasi dotsenti, PhD, neonatolog-shifokor, oliy toifali pediatr Yuldasheva Gulnoz G‘iyozovna neyroxirurgiya va kardio-revmatologiya bo‘limlarida 25 nafar bemorga konsultatsiya o‘tkazdi. Shuningdek, u nefrologiya va reanimatsiya bo‘limlarida klinik vizitlar o‘tkazdi (DGTK №2 klinik bazasi).

Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti professor-o‘qituvchilari “S.D. Asfendiyarov nomidagi QozNMU Tibbiyot tarixi muzeyi” va QozNMU Simulyatsion Tibbiyot Markaziga tashrif buyurishdi. Prof. N.A. Barlibayeva nomidagi bolalar kasalliklari kafedrasi xodimlari tomonidan M. Auezov nomidagi Qozoq Milliy Drama Teatrida “Möldir Muxabbat” (“Pok Muhabbat”) spektakliga tashrif uyushtirildi.

Bunday do‘stona tashriflar xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga, o‘qituvchilarning global ilmiy va ta’limiy tendensiyalarni yaxshiroq tushunishiga yordam beradi hamda o‘zaro tajriba almashishni boyitadi.

O’zbekiston Respublikasining qonuni ma’muriy islohotlar doirasida ta’lim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti huquqshunosi H.Abdulloyev institut xodimlariga targ’ibot tashviqot ishlari olib bordi.

✅Keying yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar, maktabgacha va maktab ta’limi sohasida davlat boshqaruvi tizimi takomillashtirilganligi, ushbu sohadagi bir qator Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining ustuvor yo’nalishlari belgilab berilganligini ta’kidlab o’tdi. Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 2-aprelda qabul qilingan. Senat tomonidan 2024-yil 10-iyulda ma’qullangan.

🟣MESCA tibbiy va klinik tadqiqotlar va boshqa tashabbuslarga xayriya homiyligi bilan shug’ullanadi. Ushbu qo’llab-quvvatlangan loyiha va tashabbuslar aholi salomatligini rivojlantirish va yaxshilash hamda Markaziy Osiyo mintaqalaridagi barcha fuqarolarning tibbiy xizmatdan foydalanishini ta’minlashga qaratilgan.

➡️Jamg’arma Shveytsariyada 2021-yil oxirida tashkil etilgan va O’zbekistonda 2022-yilda ish boshlagan. Baxtiyor Fazilov direktorlar kengashi raisi hisoblanadi.

❗️To’rtta yo’nalish bo’yicha masalalar ko’rib chiqildi.

1️⃣Oftalmologik kasalliklarga tashxis qo’yish;
2️⃣Kasallikni oldini olish maqsadida aholiga tushuntirish ishlari olib borish;
3️⃣Professor-o’qituvchilar, olimlar hamda talaba-yoshlarni oftalmologiya yo’nalishiga jalb qilish;
4️⃣Hamkorlikda tadqiqot ishlari o’tkazish;

🎓 Ochilish marosimida yurtimizning 10 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari vakillari hamda qo‘shni davlatlar – Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan nufuzli universitet jamoalari ishtirok etdi.

📌 Tadbir doirasida bo‘lajak tibbiyot xodimlarining amaliy bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish maqsadida xalqaro olimpiada, sohadagi so‘nggi yutuqlar muhokamasiga bag‘ishlangan konferensiya va ilmiy-amaliy seminarlar tashkil etilmoqda.

🔬 Shuningdek, jarrohlik sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar va talabalar uchun o‘zaro bilim va tajriba almashish imkoniyati yaratilib, amaliyotda qo‘llanilayotgan innovatsion usullar, jarrohlikning ilmiy rivojlanish yo‘nalishlari va ilg‘or tadqiqotlar taqdim etiladi.

🏆 Yosh olimlarning tanlovlardagi ishtiroki va ko‘rsatayotgan bilimlari tibbiyot sohasidagi yangi avlodning salohiyatini aks ettiradi. Bugungi kunda tibbiyot sohasining rivojlanishida innovatsiyalar, ilmiy tadqiqotlar va amaliy tajribalar ulkan ahamiyatga ega. Shu sababli, olimpiadada ishtirok etayotgan barcha talabalar uchun bu tajriba kelgusidagi kasbiy faoliyatlarida muhim qadam bo‘lishi, ularni yangi marralar sari ilhomlantirishi shubhasiz.

🩺 Olimpiada davomida anesteziya va reanimatsiya, kardiokirurgiya, endoskopiya, akusherlik va ginekologiya, neyroxirurgiya yo‘nalishlaridagi test savollari orqali ishtirokchilarning nazariy bilimlari baholandi. Bu esa ularning mutaxassislik sohasidagi bilim darajasini aniqlash va kelgusi faoliyatlarida samarali foydalanish imkonini beradi. Ushbu tadbir talabalar uchun nafaqat bilimlarini sinovdan o‘tkazish, balki kasbiy tajribalarini boyitishga ham katta hissa qo‘shadi.

Forum doirasida ishtirokchilar nazariy imtihonlar va amaliy jarayonlarda jarrohlik operatsiyalarini amalga oshirmoqda.